Geografik qobiq va uning umumiy qonuniyatlari
Yerning ichki va tashqi (koinot) omillari va
jarayonlari yer po‘stining yuza qismida to‘qnashib va o‘zaro ta’sirlashib sayyoramizning boshqa hech bir qismida uchramaydigan o‘ziga xos tabiiy tizim – geografik qobiqni vujudga keltirgan.
Geografik qobiqning mohiyati shundaki, faqat undagina suv
uch xil holatda uchraydi,
hayvonlar va o‘simliklar yashaydi, tuproq qoplami hosil bo‘ladi, turli tog‘
jinslari va relyef shakllari vujudga keladi, quyosh energiyasi to‘planadi va xususiyatlarini
o‘zgartiradi. Eng asosiysi, hayot
mavjud, kishilik jamiyati
faqat shu qobiqda
paydo bo‘lib yashamoqda va rivojlanmoqda.
Geografik qobiq
juda murakkab tuzilgan bo‘lib, unda 3 tarkibiy tuzilish darajalari
ajratiladi: geokomponentli, geosferali, geotizimli.
Geokomponentli eng sodda tuzilish darajasi. Geokomponentlar yer yuzidagi bir xil holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) moddalardir. Bular tog‘ jinslari, tuproq, suv, havo, o‘simlik va
hayvonlar.
Geosferali tuzilish bitta geokomponentdan tashkil
topgan geosferalardan iborat. Geosferalar
geografik qobiqning vertikal
tuzilishini belgilaydi, ular
solishtirma og‘irligi bo‘yicha
vertikal tabaqalanib joylashgan:
litosfera, gidrosfera, atmosfera
va biosfera. Litosfera, gidrosfera va atmosfera
deyarli bir xil
moddalardan tarkib topgan
va uzluksiz, yaxlit qobiqni hosil qiladi. Biosfera esa tirik moddalar tarqalgan qobiq bo‘lib, yaxlit qobiq hosil qilmaydi. U boshqa
qobiqlar tarkibiga kiradi va
yuqorida aytilgan qobiqlarning tutashgan joyida yupqa qatlamni hosil
qiladi.
Geotizimli tuzilish geografik
qobiqning gorizontal tuzilishini
ifodalaydi. Geotizimlar barcha
komponentlarni qamrab olib,
ularning o‘zaro ta’sir
va aloqalaridan hosil bo‘lgan murakkab tizimlardir.
Geografik
qobiqning chegaralari haqida
quyi sinfl ardan bilasiz.
Geografik qobiqning o‘lchamlari,
pastki va yuqori
chegaralari haqida turli
olimlarning fikrlari turlicha.
Uning chegarasini barcha geokomponentlar o‘zaro
ta’sirda bo‘ladigan va geografik qonuniyatlar
namoyon bo‘ladigan yuzadan, sathdan o‘tkaziladi. Bu chegara Yer yuzining turli qismlarida har xil qalinlikka ega.
Geografik qobiq
uni tashkil qiluvchi qobiqlardanko‘p xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi,
ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:
1. Geografik
qobiq moddiy tarkibi
va tuzilishining xilma-xilligi. Geografik
qobiqda moddalar uch xil, ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon
holatda uchraydi. Ularning fizik
va kimyoviy xususiyatlari
turlicha va o‘zgaruvchan. Moddalarning
tuzilishiga ko‘ra, organik,
noorganik va aralash turlari ajratiladi.
2. Geografik qobiqda
energiyaning turli xillari
uchraydi. Quyosh ener giyasi kimyoviy jarayonlar, issiqlik va
mexanik energiyaga aylanadi.
3. Geografik qobiqda issiqlikning o‘zgarishi va
to‘planishi. Geografik qobiqqa issiqlik
koinotdan va Yerning ichki qismidan keladi. Ushbu issiqlikning bir qismi
organik moddalarda va ularning qoldiqlarida to‘pla- nadi (ko‘mir, gaz, neft,
torf va h.k.)
4. Geografik
qobiqda uni tashkil etuvchi
komponentlar va geosferalarning o‘zaro
ta’siri va aloqalari
natijasida sifat jihatidan
yangi hosilalar – geotizimlar vujudga kelgan.
5. Geografik qobiqda
hayotning mavjudligi. Tirik organizmlar,
jumladan inson uchun faqat shu yerdagina qulay muhit mavjud.
6. Geografik
qobiq o‘ziga xos qonuniyatlar asosida rivojlanadi. Geografik
qobiqning bir nechta
qonuniyatlari mavjud bo‘lib,
eng asosiylari: bir butunlik, zonallik, azonallik, modda va
energiyaning aylanma harakati,
ritmiklik.
Geografik
qobiqning bir butunligi
qonuniyati muhim qonuniyatlardan biri
bo‘lib, barcha komponentlarning bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi
va ulardan birining
o‘zgarishi butun qobiqning
yaxlitligini buzilishiga olib
kelishida namoyon bo‘ladi. Chunki, geografik qobiq –
tabiat komponentlarining oddiygina
yig‘indisi bo‘lmasdan, balki
maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan va yaxlit, bir butun rivojlanuvchi
sifatiy yangi hosiladir.
Geografik qobiqning bir butunligi va komponentlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘rtlamchi davr muz bosishlari misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Muz bosish davrlarida katta hajmdagi
suv muzliklarda to‘planadi. Bu esa Dunyo okeani sathining sezilarli
pasayishiga (100–110 m) olib kelgan. Dunyo
okeani sathining pasayishi,
o‘z navbatida, Yerning butun
tabiatida aks etadi:
shelfning qurishi yuz
beradi, materiklar va
okeanlarning qirg‘oq chegaralari, qiyofasi o‘zgaradi, orollarning
ayrimlari materiklar bilan
tutashadi, ayrim bo‘g‘izlar (masalan,
Bering, Gibraltar) quruqlikka
aylanib materiklar tutashib
ketadi va "kontinental
ko‘priklar” vujudga keladi. Ushbu "ko‘priklar” orqali turlarning migratsiyasi ro‘y berib, o‘simliklar va
hayvonlar yangi yerlarni egallaydi. Yer yuzining barcha
daryo havzalarida eroziya
ba’zisining pasayishi natijasida
chuqurlatma eroziya faollashadi. Muz
bosish davrlari oralig‘idagi issiq
vaqtlarda materik muzliklari
erib, daryo suvlarining
okeanga quyilishi va okeanlardagi muzliklarning erishi natijasida
Dunyo okeani suv sathi
ko‘tarilgan. Eroziya ba’zisining ko‘tarilishi hisobiga daryolarda yonlama
eroziya faollashgan. "Kontinental
ko‘priklar” yo‘qolib, quruqlik
organizmlarining migratsiyasini chegaralab,
suv organizmlari mig ratsiyasini kuchaytirgan. Agar,
"kontinental ko‘priklar” so‘nggi muz
bosish davrlarida vujudga
kelmagan bo‘lsa, materik va
orollarda (masalan, Avstraliya,
Madagaskar) o‘ziga xos o‘simlik va hayvonot dunyosi shakllangan, ularda
endemiklar ko‘proq uchraydi.
Modda va energiyaning aylanma harakati. Geografik
qobiqda modda va energiyaning aylanma
harakati uning bir butunligini ta’minlaydi.
Aylanma harakatda litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadagi moddalar
ishtirok etadi. Litosferada, asosan,
gipergenez zonasigacha, ya’ni nuragan
g‘ovak jinslar tarqalgan chegaragacha bo‘lgan moddalar aylanma harakatda ishtirok etadi. Atmosferada aylanma harakat atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasida
namoyon bo‘ladi, sayyoraviy miqyosdagi
shamollar (havo oqimi)ning shakllanishi sodir bo‘ladi. Atmosferaning umumiy
sirkulyatsiyasiga mintaqaviy va mahalliy aylanma harakatlar qo‘shiladi. Gidrosferada suvning
katta va kichik aylanma harakati sodir bo‘ladi. Okeanda suv massalarining
gorizontal va vertikal
aylanma harakati, quruqlikda
suvning daryo o‘zanlari bo‘ylab oqishi, ko‘llarning, muzliklarning va yerosti suvlarining hosil bo‘lishi va boshqalar kuzatiladi. Katta
ahamiyatga ega biologik aylanma
harakat – organik moddalarning hosil bo‘lishi va
parchalanishida namoyon bo‘ladi.
Aylanma harakatlar murakkabligi bo‘yicha turlichadir.
Ayrim aylanma harakatlarda moddaning
mexanik aralashmasi
(masalan, atmosfe raning umumiy sirkulyatsiyasi, okean oqimlari) yuz
bersa, boshqalarida modda holatining
o‘zgarishi (masalan, suvning aylanma harakatida gaz, suyuq, qattiq holatga o‘tishi) kuzatiladi, uchinchi
xilida esa kimyoviy aylanish (fotosintez
reaksiyasi) kuzatiladi.
Bir
butunlik hamda modda
va energiyaning aylanma
harakati qonuniyatlarini o‘rganish
tabiatdan, uning boyliklaridan
to‘g‘ri foydalanishda juda muhim.
Ritmiklik
deb, bir yo‘nalishda
rivojlanuvchi tabiiy hodisa
va jarayonlarning muayyan
vaqt davomida takrorlanib
turishiga aytiladi. Ritmiklikning
ikki xil shakli
ajratiladi: davriylik –
bir xil davom
etadigan ritmiklik bo‘lib,
hodisa va jarayonlarning aniq bir
vaqt davomida takrorlanib turishi; sikllik –
vaqti-vaqti bilan davom etadigan ritmiklik
bo‘lib, hodisa va jarayonlarning turli muddatda takrorlanishi.
Ritmik hodisalar turlicha davomiylikda bo‘ladi: ko‘p
asrlik, asr ichidagi, yillik, sutkalik.
Yer tarixidagi eng katta ritmiklik
(sikllik) Quyosh sistemasining
galaktika markazi atrof da aylanishi bilan bog‘liq va 180–220 mln yilni o‘z ichiga oladi. Yer tarixida ular
tektonik davrlarda namoyon
bo‘lgan: kaledon (kembriy, ordovik, silur), gersin (devon,
tosh ko‘mir, perm), mezozoy
(trias, yura, bo‘r),
kaynozoy. Bu davrda
tektonik harakatlar, vulqon otilishlari faollashadi, materiklarning
qiyofasi, iqlim, oxir oqibatda Yer tabiati o‘zgarishini keltirib chiqaradi.
Ko‘p asrlik
ritmik hodisalardan 1800–2000
yil davom etadigan
rit- miklik yaxshi o‘rganilgan. Bu hodisa Yerda qalqish hodisasini hosil
qiluvchi kuchlarning o‘zgarishi
bilan bog‘liq. Taxminan,
1800-yilda bir marta Quyosh, Oy va Yer bitta tekislik va bitta to‘g‘ri chiziqda joylashadi,
Quyosh bilan Yer orasidagi masofa eng kichik bo‘ladi. Bu hodisada 3 faza –
transgressiv, regressiv, oraliq fazalari ajratiladi.
Asr ichidagi ritmik hodisalardan Quyosh faolligi bilan
bog‘liq bo‘lgan 11, 22 va 33
yillik siklliklar yaxshi o‘rganilgan.
Olimlarning fikricha, ushbu siklliklar bilan Yerdagi ko‘p
jarayonlar bog‘liq: epidemiyalarning
tarqalishi, vulqon faolligining
kuchayishi, siklonlar hosil
bo‘lishining ortishi, qurg‘oqchiliklar yoki
zararkunanda hasharotlarning (masalan,
chigirtkalar) ko‘payishi va h.k.
Yillik
(fasliy) ritmiklik Yerning
Quyosh atrof dagi
harakati va ayla- nish o‘qining 66,5° qiyaligi bilan
bog‘liq. Yil fasllarining
almashinishi bilan bog‘liq fasliy
ritmiklik barcha geosferalarda kuzatiladi: atmosferada namlik,
harorat, atmosfera
yog‘inlarining yillik o‘zgarishi,
mussonlar (mavsumiy shamollar)ning esishi
va h.k. Litosferada
yil davomida nurash va boshqa ekzogen jarayonlarning faolligi
o‘zgaradi. Gidrosferada suvning harorati, sho‘rligi, zichligining yillik
o‘zgarishi, baliqlarning mavsumiy migratsiyasi
kabilar kuzatiladi. Fasliy
ritmiklik tirik organizmlarda birmuncha aniq namoyon bo‘ladi.
Turli
kengliklarda har xil miqdordagi fasllar
ajratiladi. Ekvatorial kengliklarda yil bo‘yi issiq va nam, faqat
bitta fasl hukmron. Subekvatorial kengliklarda 2 ta fasl ajratiladi – quruq va
nam. Mo‘tadil kengliklarda yilning to‘rt
fasli aniq ifodalangan – bahor, yoz, kuz va qish.
Fasliy ritmiklikning sababi turli kengliklarda turlicha: quyi
kengliklarda namlik bilan, mo‘tadil kenglikda quyosh radiatsiyasi faolligining
o‘zgarishi bilan, qutbiy kengliklarda esa yorug‘lik bilan bog‘liq.
Sutkalik ritmiklik Yerning o‘z o‘qi atrofda aylanishi natijasida vujudga keladigan tun
va kunning almashinishi bilan bog‘liq. Sutkalik ritmiklik barcha meteoelementlarning sutka davomida
o‘zgarishida namoyon bo‘ladi; fotosintez faqat kunduzi, yorug‘da sodir bo‘ladi. Inson ham "quyosh
soati” bo‘yicha yashaydi: organizmning faolligi soat 2 dan
5 gacha va 12 dan 14 gacha
pasayadi; bu paytda yurak urishi chastotasi
sekinlashadi, xotira bo‘shashadi, tana harorati pasayadi.
Ritmiklik geografik qobiq rivojlanishining muhim qonuniyatlaridan biri bo‘lib, ularni o‘rganish tabiiy hodisa va jarayonlarni prognoz qilishda muhim ahamiyatga ega.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.