Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari
Yer boshqa
osmon jismlari kabi koinotning bir qismidir. Koinot Yerni o‘rab turgan mavjud moddiy
borliq. Koinot makonda cheksiz-chegarasiz va zamonda
abadiydir. Koinotda osmon
jismlari tuzilishi turli
xil bo‘lgan tizimlarni hosil
qiladi. Shulardan biri
Quyosh sistemasidir. Quyosh atrof dagi
sayyoralar, yo‘ldoshlar, asteroidlar,
kometalar bilan bir
tizim bo‘lib galaktikamiz Somon yo‘li markazi atrof da
aylanma harakat qiladi. Somon
yo‘li galaktikasi haqidagi ma’lumotlar astronomi- ya darsligidan Sizga ma’lum.
Quyosh sistemasidan galaktika markazigacha bo‘lgan masofa 23–28 ming yorug‘lik yiliga teng. Quyosh galaktikaning chekkaroq qismida joylashgan. Bu
holat Yer uchun
juda qulay: u Galaktikaning nisbatan tinch
qismida joylashgan va
paydo bo‘lganidan buyon
fazoviy halokatlarga uchramasdan
rivojlanib kelmoqda. Quyosh
sistemasi Galaktika markazi
atrofida 200–220 km/s tezlik
bilan harakatlanib, 180–220
mln yilda bir
marta aylanib chiqadi. Yerdagi 200 mln yil – tektonik siklning davomiyligi
hisoblanadi. Bu Yer hayotida tektonik hodisalarning
ma’lum ketma-ketligi bilan
tavsifl anadigan muhim davr. Sikl boshida Yer po‘stining cho‘kishi, qalin cho‘kindi
qatlamning to‘planishi, suv osti vulqonlarining otilishi ro‘y beradi. Keyin, tektonik jarayonlar
kuchayadi, tog‘lar vujudga keladi,
materiklarning tashqi ko‘rinishi, qiyofasi o‘zgaradi. Bu esa, o‘z navbatida,
Yer tabiatining o‘zgarishiga olib keladi.
Quyosh – Yerga eng yaqin yulduz bo‘lib, diametri 1,39 mln km, o‘ta qizigan, yorug‘lik
va issiqlik taratib
turadigan, gazlardan iborat
sharsimon osmon jismidir. Unda Quyosh sistemasining 99 % dan ortiq massasi to‘plangan. Shuning uchun u atrof
dagi osmon jismlarini tortish kuchi
hisobiga ushlab turadi va sayyoralarning deyarli bir xil tekislikda harakatlanishini ta’minlaydi.
Quyosh
sistemasi – Quyosh, 8 ta sayyora, 160 dan ortiq yo‘ldosh, 40000 dan ortiq asteroid va 1 mln ga yaqin
kometadan iborat. Ushbu osmon jismlarining barchasi Yer tabiatiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ammo, eng kuchli ta’sir
Quyosh, so‘ngra Oy tomonidan bo‘ladi.
Quyoshdan
tarqaladigan issiqlikning milliarddan ikki qismi Yerga yetib keladi. Bu miqdor Yer uchun xos bo‘lgan
issiqlik sharoitini ta’minlaydi. Quyoshdan
keladigan radiatsiya Yer
yuzasidagi issiqlikning asosiy
manbayi bo‘lib, quruqlikda, Dunyo okeanida, atmosfera va tirik
organizmlarda ro‘y beradigan jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchdir.
Quyoshdan
Yerga yorug‘lik va issiqlikdan tashqari elektr zaryadli har xil
zarralar uzatiladi. Koinotning
uzoq qismidan Yer
atmosferasi ning yuqori qatlamlariga
ko‘rinmas va juda katta energiyaga ega bo‘lgan kosmik nurlar kelib
turadi. Bu zarralar va nurlar ta’sirida Yerdagi ko‘p hodisalar, jumladan, qutb yog‘dusi, magnit bo‘ronlari,
havoning ionlashishi, atmosferadagi ba’zi gazlarning molekula holatidan
atom holatiga o‘tishi kabilar vujudga
keladi.
Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi
va unga eng
yaqin osmon jismi.
Yerdan 384 ming
km masofada joylashgan.
Radiusi 1738 km,
o‘rtacha zichligi 3,34 g/sm/kub.
Massasi Yer massasidan 81 marta kichik. Yer atrof da ellips orbita bo‘ylab 27,32 sutkada
aylanib chiqadi. Oy sovuq osmon jismi, o‘zidan issiqlik va yorug‘lik
chiqarmaydi. Quyoshdan kelgan nurni qaytargani uchun bizga yorug‘ bo‘lib
ko‘rinadi.
Quyosh va
Oyning tortishi tufayli
Yerning shakli davriy
ravishda o‘zgarib turadi.
Natijada Dunyo okeani, atmosfera va Yer po‘stida
ritmli ravishda qalqish
hodisasi ro‘y beradi.
Dunyo okeanida ko‘tarilgan
qalqish hodisasi Yerning
o‘z o‘qi atrof da
aylanishiga teskari yo‘nalishda
harakat qilib, Yerning
aylanish tezligini kamayishiga
ma’lum miqdorda sabab
bo‘ladi. Oy, Quyosh
va boshqa osmon
jismlarining tortishi tufayli Yerning aylanishi
sekinlashadi, oqibatda
Yerning qutbiy siqiqligi kamayib, sharga yaqinlashib boradi. Natijada litosfera plitalari harakati va
Yer po‘stidagi yoriqlar,
tektonik harakatlar o‘zgaradi.
Shuningdek, Koriolis kuchi
kamayadi va, natijada
havo massalari, shamollar
va okean suvlari
harakati, iqlim o‘zgaradi.
Bularning bari Yer yuzida tabiiy
sharoit va resurslarning
o‘zgarishiga, o‘z navbatida,
inson xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Yer –
Quyosh sistemasidagi
sayyoralardan biri bo‘lib, uning
shakli, o‘lchamlari,
zichligi, moddalar tarkibi, tuzilishi
va harakatlari koinotda
joylashgan o‘rniga bog‘liq. Uning shaklini Siz quyi sinfl arda sharsimon deb o‘qigansiz. Bu to‘g‘ri, lekin, aslida, uning
shakli geoid. Yer
hech bir geometrik
shaklga yoki jismga
o‘xshamaydi. Yer yuzasida
geodezik-kartografik ishlarda
geoidni o‘lchash va
hisoblash qiyin bo‘lgani
uchun, o‘lchash, hisoblash
va tasvirlash oson bo‘lgan
shar yoki ellips
shaklida deb qabul qilinadi.
Quyidagi jadvalda keltirilgan
ma’lumotlardan Yerning shakli
va o‘lchamlari haqida aniq
tasavvur hosil qilish mumkin.
Yerning
shakli va o‘lchamlarining geografik
ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- Yerning sharsimon shakli quyosh nurlari tushish burchagining ekvatordan qutblarga tomon qonuniyatli o‘zgarib borishiga sabab bo‘ladi. Bu esa geografik zonallik qonuniyatini yuzaga keltirgan;
- Yerning sharsimon shakli moddalarni bir joyga to‘playdi va quyuqlashtiradi. Natijada moddalar siqiladi va zichlashadi, ichki qismida turli zichlikka ega qobiqlar hosil bo‘ladi. Yerning qobiqli tuzilishi uning asosiy xususiyatidir;
- Yer yuzasi, jumladan, geografik qobiqning dumaloq (sharsimon) shakldaligi makonning bir butun va cheksizligini ta’minlaydi;
- Yerning haqiqiy shakli – geoidning shardan og‘ishi Yer ichidagi moddalarining muvozanatga intilishi tufayli yer po‘stida ko‘tarilishlar va cho‘kishlar, yer yoriqlari yuzaga kelishiga, oqibatda relyefning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Relyef va tektonik harakatlar geografik qobiqda azonallik qonuniyatini yuzaga keltiruvchi omillardir. Zonallik va azonallik qo nuniyatlarining bir joyda va bir paytda namoyon bo‘lishi Yer yuzi tabiatining turli-tuman bo‘lishini keltirib chiqargan;
- Yer zichligi va massasining kattaligi uning tortish kuchi katta bo‘lishini, bu esa o‘z atrofida havo va suvni ushlab turishini ta’minlagan. Yer yuzasidagi atmosfera bosimining mavjudligi suvning suyuq holda bo‘lishiga imkon beradi, aks holda suv bug‘lanib ketgan bo‘lar edi. Yerda ma’lum bir doimiy issiqlik sharoitini ushlab turishda atmosfera va gidrosferaning ahamiyati katta. Atmosfera Quyoshdan kelayotgan zararli elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. Dunyo okeani esa juda katta issiqlik manbayidir.
Yer sayyorasi
bir vaqtning o‘zida
bir qancha harakatlarni amalga o shiradi.
Ulardan Yer tabiati va
odamlar hayoti uchun eng ko‘p
ta’sir ko‘rsatadiganlari
Yerning Quyosh atrof da, o‘z o‘qi atrof
da va Yer–Oy umumiy og‘irlik markazi atrof da aylanishidir.
Yer Quyosh
atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda o‘rtacha 29,8 km/sekund tezlik bilan
934 mln km bo‘lgan orbitani 365
sutka 6 soatda to‘la bir marta aylanib chiqadi. Yer
orbitasi (Quyosh atrof da ayla nish
yo‘li) ellips shaklda. Shuning uchun Quyosh bilan Yer orasidagi masofa
doim o‘zgarib turadi. Yer orbitasining Quyoshga eng
yaqin nuqtasi – perigeliy deyiladi. Bu nuqtada Yer va
Quyosh orasidagi masofa 147 mln km ga
teng. Yer orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasi esa afeliy deyilib, Yer bilan
Quyosh o‘rtasidagi masofa
152 mln km bo‘ladi.
Shuning uchun Yer
orbita bo‘ylab turli tezlikda harakat
qiladi, ya’ni perigeliyda eng tez (30,3 km/sekund),
afeliyda eng sekin (29,3 km/ sekund)
aylanadi. Buning oqibatida Quyosh
Shimoliy yarimsharga 186 kun, Janubiy
yarimsharga esa 179 kun nur sochadi. Lekin bu Yerga keladigan issiqlikning
miqdoriga ta’sir qilmaydi. Yer orbitasining aylanaga yaqin ellipsligi tufayli Yerga keladigan
issiqlikning miqdori o‘zgarmaydi, ya’ni doimiydir. Shu sababli Yer yuzida
doimiy issiq sharoit yuzaga kelgan.
Yerning
Quyosh atrofida aylanishining geografik
oqibatlari: yil fasllari hosil bo‘ladi, kun va tun davomiyligi
o‘zgaradi, Quyosh turishi
nuqtalari (22-iyun, 22-dekabr) hamda bahorgi va kuzgi
tengkunliklar (21-mart, 23-sentyabr) bo‘ladi,
Quyosh Shimoliy yarimsharga 1 hafta ko‘proq nur sochadi, yorug‘lik mintaqalari hosil
bo‘ladi, doimiy issiqlik
sharoit qaror topadi, musson shamollari paydo
bo‘ladi, umuman, geograf k qobiqda yillik ritmiklik qonuniyati
yuzaga keladi.
Yer
o‘z o‘qi atrof da aylanganda aylanish o‘qi orbita tekisligiga nisbatan 66,5°
burchak hosil qiladi. Yer aylanishi ning burchak
tezligi 1 soatda 15°,
ya’ni Yer yuzidagi har qanday nuqta (qutblardan tashqari) 1 soatda 15° ga
buriladi. Lekin sekundiga masofa hisobidagi tezlik har xil kenglikda turlicha. Ekvatordan qutblarga
tomon kamayib boradi. Ekvatorda eng katta bo‘lib, sekundiga 455 m, qutblarda
esa 0 m ga teng.
Yerning o‘z
o‘qi atrofida aylanishining geografik
oqibatlari: sutka qaror topadi, kun va tun almashinadi, geografik qobiqda
sutkalik ritmiklik ro‘y beradi, Koriolis
kuchi hosil bo‘ladi, geografik qutblar vujudga keladi, turli meridianlarda
mahalliy vaqt har xil bo‘ladi.
Koriolis
kuchi Yer aylanishining buruvchi kuchi bo‘lib, uning ta’sirida gorizontal harakat qilayotgan hamma jismlar o‘z yo‘nalishidan Shimoliy yarimsharda o‘ngga, Janubiy yarimsharda
chapga og‘adi. Uning ta’sirida havo massalari,
siklonlar va antisiklonlar, shamollar, dengiz oqimlari o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, daryo suvlari Shimoliy yarimsharda
ko‘proq o‘ng qirg‘og‘ini, Janubiy
yarimsharda chap qirg‘og‘ini yemiradi.
Yer Oy bilan birgalikda umumiy
og‘irlik markazi atrofida aylanadi. Yer–Oy umumiy
og‘irlik markazi Yerning
ichki qismida, uning
markazidan radiusining ѕ qismi
masofada joylashgan. Yerning Yer–Oy umumiy
og‘irlik markazi atrof da
aylanishi, Oyning tortishi oqibatida qalqish hodisasi,
ya’ni Yerdagi hamma
jismlar Oyga tomon tortilishi ro‘y beradi. Bu,
ayniqsa, Dunyo okeanida yaqqol seziladi. Shuningdek, Oyning
tortishi oqibatida Yerning
o‘z o‘qi atrof da
aylanishi sekinlashadi. Qalqish
hodisasi va Yer aylanishi sekinlashishining Yer tabiatiga ta’siri haqida yuqorida aytib o‘tilgan.
Umuman, yuqorida
aytilganidek, Yerning Koinotdagi
o‘rni, unga osmon
jismlarining ta’siri, uning
shakli va o‘lchamlari
Yerda hayotning paydo bo‘lishini, tirik organizmlar uchun qulay muhitni va eng
asosiysi, odamning paydo
bo‘lishi va jamiyatning
barqaror rivojlanishini ta’minlagan. Bugungi sivilizatsiyani saqlab
qolish esa insonning o‘z qo‘lidadir.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.