Yuklanmoqda...

Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat


XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘i lish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrof da va o‘sishi davom etmoqda.
 
Demak,  XIX  asrning  ikkinchi  yarmiga  kelib  jahon  aholi  sonining  ko‘payishi  keskin tezlashdi.  Bu  jarayon  fanda  demografik  portlash  deb  ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyoti  tufayli aholining  turmush darajasi yuksalishi, yashash  sharoiti yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rtacha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir.  Dastlab  demograf k  portlash  XIX  asrning  boshi  –  XX asrning birinchi yarmida  G‘arbiy  Yevropa  va  Shimoliy  Amerikada  ro‘y  bergan  bo‘lsa,  XX asrning ikkinchi  yarmida  esa  Osiyo,  Afrika,  Lotin  Amerikasi  va  Okeaniyadagi rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholi  sonining yuqori  sur’at- lar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.
 
Rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholisi  yuqori  tezlik  bilan  o‘sib  kelgan  bir  paytning o‘zida, Yevropa davlatlari  va  Yaponiyada  aholining  tabiiy  ko‘payishi keskin sekinlashdi. Hattoki,  ayrim hollarda tug‘ilish  o‘limdan  ham  pastroq  darajaga  tushib ketib,  aholining  tabiiy  kamayish (depopulyatsiya) jarayoni ham ro‘y berdi. 
 
Demografik portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib ketish jara yoni  sabablarini demografik o‘tish  nazariyasi yordamida izohlash mumkin.  Bu  nazariyaga  ko‘ra, jamiyatda  aholining  takror  barpo  bo‘lishi  4  ta  bosqichdan  o‘tib  o‘zgarib boradi. Dastlabki,  1-bosqichda  tug‘ilish bilan  o‘lim juda yuqori  bo‘lib,  orasidagi  tafovut, ya’ni aholi  tabiiy  ko‘payishi minimal  darajada  saqlanadi.  Bunday  demografik vaziyat "an’anaviy  turg‘unlik”  deb  ataladi.  Keyingi,  2-bosqich  davomida o‘lim darajasi keskin kamayib, yuqorida ta’riflangan demografik  portlash  hodisasi  ro‘y  beradi.  Demograf k o‘tishning 3-bosqichida  o‘limning pasayish  jarayoni o‘z poyoniga yetib, tug‘i lish darajasi kamayishni  boshlaydi.  Tug‘ilishning pasayib ketishi  aholining  yashash tarzi o‘zgarganligi  (shaharlashuv,  sanoatlashuv,  mehnat  unumdorligining yuksalishi, tibbi yotning rivojlanishi,  ayollarning  jamiyatdagi  o‘rni  o‘zgarishi  va  hokazo)  natijasida yuzaga  keladi.  Yakuniy,  4-bosqichda  esa  tug‘ilish  va  o‘lim  ko‘rsatkichlari ancha past  bo‘lib,  tabiiy  ko‘payish  minimal  darajada  kuzatiladi  va  "zamonaviy barqarorlik” deb  ataluv chi  demografik  vaziyat  vujudga  keladi.  Ba’zida  demograf  k o‘tish  jarayoni  bu  holat  bilan  chegaralanib  qolmasdan,  depopulyatsiya  bosqichiga ham o‘tib ketadi. 
 
Dunyoning  turli  mamlakatlari  demografik  o‘tishning  har  xil  bosqichini  boshdan kechirmoqda.  G‘arbiy  Yevropa  mamlakatlari,  Yaponiya,  Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya  kabi  rivojlangan  mamlakatlar  4-bosqichda bo‘lib, tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining pastligi bilan  ajralib turibdi. Osiyoda Janubiy va Shimoliy Koreya, Singapur, Tailand  va  hattoki  aholi  soni  jihatidan  dunyoda  yetakchilik  qilayotgan Xitoy  ham  demografik  o‘tishning  yakuniy  bosqichiga  kirdi.  Lotin  Amerikasi  va Okeaniyaning  ayrim  rivojlanayotgan  mamlakatlarida  ham  o‘xshash  demograf k vaziyat kuzatilmoqda. Tug‘ilish va aholining tabiiy ko‘payishining  eng past ko‘rsatkichlari esa  Vengriya, Bolgariya,  Serbiya,  Ruminiya, Latviya, Litva, Ukraina  kabi Yevropaning o‘tish iqtisodiyotidagi  davlatlariga  xos.  Bu  davlatlarda  bir  necha  yildan  buyon aholining  tabiiy kamayishi sodir bo‘lmoqda.
 
Rivojlanayotgan  mamlakatlarning  ko‘pchiligi  demografik  o‘tishning  3-bosqichini kechirmoqda,  ularda  tug‘ilish  ko‘rsatkichlari  asta-sekin  pasayib  bormoqda. Demografi k  o‘tish  jarayonining  eng  past sur’atlari  esa  Afrika davlatlari  uchun xos. Ayniqsa, G‘arbiy, Markaziy  va Sharqiy Afrika  mamlakatlarida  tug‘ilish  va  aholi  tabiiy ko‘payishining  yuqori  darajalari  saqlanib  qolmoqda.  Jumladan,  2016-yil  yakunlari bo‘yicha,  jahonning  aholi tabiiy  ko‘payish sur’atlari  bo‘yicha  10  ta  yetakchi davlat   ichida 9 tasi Afrika materigida  joylashgan, birinchi beshlikdan esa faqat  Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan. 
 
Demak,  dunyoning eng  rivojlangan  davlatlari hamda  o‘tish  iqtisodiyotidagi ko‘p davlatlar demografik o‘tishni yakunlab  qo‘ygan bo‘lsa lar,  Afrikaning  ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan  eng  sust  rivojlangan  mamlakatlari  2-bosqichdan  3-bosqichga  o‘tish arafasida  turibdi.  Shuning  uchun  hozirgi  sharoitda  dunyo  aholisi,  asosan, rivojlanayotgan  va  eng  qoloq  mamlakatlar  hisobiga  ko‘payib  bormoqda.  Hozirgi davrda  dunyo  aholisi  har  yili  o‘rtacha  70–80  mln  kishiga  ko‘paysa,  bu ko‘payishning  97% Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlariga to‘g‘ri  keladi.  Rivojlangan  va  rivojlanayotgan  mamlakatlarning demografik vaziyatidagi  tafovutlar  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  darajasi, shaharlashuv, aholining turmush tarzi va an’anaviy qadriyatlarning saqlanganlik darajasi kabi omillar bilan bog‘liq.
 
Dunyo va yirik regionlarning asosiy demografik ko‘rsatkichlari  
(2016-y.)
 
   Hududlar Tug`ilish (Har 1000 kishi)  O`lim (Har 1000 kishi) 
Aholi tabiiy ko`payishi
(Har 1000 kishi) 
% 
 1 Dunyo  20  12  1,2 
  2  Rivojlangan davlatlar  11  10  0,1
  3  Rivojlanayotgan davlatlar  22  15  1,5
  4  Yevropa  11  11 
 5 Osiyo  18  11   1,1 
  6  Afrika  36  10  26   2,6 
 7 Shimoliy Amerika (AQSh va Kanada)  12   0,4 
  8  Lotin Amerikasi  17  11  1,1 
  9  Avstraliya va Okeaniya  17  10  1,0 

Tabiiy  ko‘payishning  yuqori  sur’atlari  saqlanishi  yoki  o‘ta  past  darajaga  tushishi mamlakat  iqtisodiyoti  uchun  turli  muammolarni  keltirib  chiqaradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu muammolar ishsizlik, ta’lim  va sog‘liqni saqlash sohalaridagi kamchiliklar bo‘lsa, rivojlangan davlatlarda  ular mehnat resurslari yetishmasligi, nafaqa va soliq  tizimlarining  beqarorligida bilinadi. Ayrim davlatlar demografik vaziyatini o‘zgartirish  maqsadida  maxsus  moddiy,  ma’muriy  va  targ‘ibot  choralarini  qo‘llab kelmoqda.  Davlat  tomonidan  ishlab  chiqilgan  va  amalga  oshiriladigan  bunday choralar  tizimi  demografik  siyosat  deb  ataladi.  Demografik  siyosat,  asosan, ikki xil:  mamlakat  aholisi  tabiiy  o‘sishini  kamaytirishga  qaratilgan  yoki  uni  ko‘tarish maqsadini  ko‘zlaydigan  bo‘ladi.  Birinchi  yo‘nalishdagi  demografik  siyosat  tajribalari Xitoy,  Hindiston,  Pokiston,  Bangladesh, Eron va boshqa rivojlanayotgan davlatlarda mavjud bo‘lsa,  ikkinchisi Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilmoqda.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar