Gorillalar 

2 945

Tog‘da yashaydigan gorillalar to‘g‘risida olimlarga 1903-yilgacha hech narsa ma’lum bo`lmagan. Havaskor nemis tabiatshunosi V.Vaumgertel g‘orda yashaydigan gorillalarni Ruvenzorida uzoq vaqt kuzatadi. U gorillalarga yuzma-yuz kela­di. Bu tabiatshunosning aytishicha, tog‘ gorillalari odamsimon maymun bo‘lib, ko‘pincha uchtadan oltitagacha guruh-guruh bo‘lib yashaydi. Ayrim hollarda ularning guruhida o‘n sakkiz- tagacha maymun bo‘ladi. Har bir guruhga katta yoshdagi kuchli erkak maymun «sardorlik» qiladi; «sardor» yo‘д bosh­laydi, dam oladigan, tunab qolinadigan joyni tayinlaydi. Erkak gorillalar urg‘ochi gorillalarga hukmdorlik qiladi. Urg‘ochilar yosh avlodni nazorat qilib boradi. V. Vaumgertel shunday deydi: «Kunlardan birida kichikroq soy bo‘yidagi so‘qmoqdan gaplashib ketayotgan edik, shox-shabbalaming shitirlashi eshi- tilib qoldi. Yo‘lboshlovchi Roybenning so‘zi og‘zida qolib, menga: «To‘xtang!» — deb ishora qildi. Royben bilan oramizda kattakon bir gorilla paydo bo‘ldi. Changalzordan uning ketidan bolasi bilan urg‘ochi gorilla ham chiqib keldi. Ular to‘xtashdi. Erkak gorillaga nimadir yoqmadi, shekilli, shubhalanib, u yoq bu yoqqa qarab bizni ko‘rib qoldi. Keyin ehtiyotkorlik bilan so‘qmoq yo‘lning boshqa tomonidan yana changalzorga kirib ketdi. Urg‘ochi gorilla ham unga ergashdi, ammo bolasi to‘xtab qoldi. Balki u bolalarga xos qiziquvchanlik bilan bizni yaqinroqdan ko‘rmoqchi bo‘lgandir; balki biz uning qisqa hayotida uchragan dastlabki odamlardirmiz. U dovdirab atrofga qaray boshladi. Shu payt onasi qaytib kelib, uning qo‘lidan ushlab oldi-da, yaxshigina tarsaki tushirib, o‘rmonga olib kirib ketdi.

Gorillalar odam borligini sezishsa, darhol ko‘zdan g‘oyib bo‘lishadi. Xavfni sezib qolishsa, oila boshlig‘i oldinroq jo‘nab, dushmanini vahimaga solish uchun uning yaqinroq kelishini poylab turadi. Bizning uchrashuvda ham xuddi shunday bo‘ldi. Qalin changalzordan qisqa hurish, keyin kishini vahimaga soladigan o‘kirish ovozi eshitildi. Gorillaning qattiq bo‘kirganini bir milya naridan ham eshitish mumkin edi. Shox-shabbalarning, novdalaming shitirlashi anchagacha eshitilib turdi. Yana bir bo‘kirishdan so‘ng barabanning do‘pir-do‘piriga o‘xshash ovoz keldi. 0‘kirish va do‘pir-do‘pirlar takrorlanaverdi. Shunday vaqtda jo‘nab qolmasang, gorilla changalzordan chiqib odamga tashlanishi ham mumkin. Lekin bizdagi qiziquvchanlik ustun chiqdi. Biz barglar orasini sekin-asta ochib qarasak, gorilla g‘azablanib biz tomonga tikilib turibdi. Uning ko‘zlariga qon to‘lgan. Royben yerda sudralib gorillaga yaqin­roq bordi va ishora bilan meni ham chaqirdi. Men boshda ikkilanib turdim, keyin xuddi sehrlangandek, Roybenning ketidan sudralib bordim. Taqdirimni ko‘r-ko‘rona unga topshirdim.

Gorilla og‘zini katta ochib, quloqni batang qiladigan ovoz bilan yana bo‘kirdi. Roybenning sovuqqonligiga qoyil qoldim. Yana barabanning do‘pir-do‘pirini eslatuvchi ovoz eshitildi. Qarasam, gorilla o‘zining ko‘kragiga mushti bilan urayotgan ekan. Do‘pir-do‘pir shuning ovozi bo‘lib chiqdi. Gorilla oilasi xavfsizroq joyga yetib olguncha dushmanini alaxsitib turish uchun shunday qilar ekan.

Unga yanada yaqinroq bordik, shunda u o‘zining eng so‘nggi nayrangini ko‘rsatdi: ikki metrdan ham balandroq qaddini rostladi, beso‘naqay uzun qo‘llari bilan daraxtni shoxidan ushlab silkita boshladi. Uning bu qilig‘i ham dushmanini vahimaga solmagach, u daraxt shoxlarini sindirib, atrofga ota boshladi. Vaziyat jiddiylashdi, endi Roben orqasiga bekinmasam bo‘lmaydi, deb turganimda gorilla orqa-oldiga bir qarab oldi-da, sheriklari ketidan changalzorga kirib ketdi».

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.