Shafqatsiz hayot qonuniyatlari. Urg‘ochi shimpanze uchun kurashda erkak shimpanze o‘ldirildi va go‘shti yeb qo‘yildi 

3 350

Fuduko laqabli to‘daboshi erkak shimpanze o‘z to‘dadoshlari tomonidan turli vositalar (qo‘l, tosh, tayoq) bilan urib o‘ldirilib, bir qismi yeb qo‘yildi. Bu olimlar kuzatayotgan maymunlar o‘rtasidagi birinchi qonli jinoyat ham shimpanzelar tomonidan amalga oshirilgan to‘da ichidagi birinchi qotillik ham emas. Biroq bu safargisi juda g‘aroyib bo‘lib, International Journal of Primatology’da nashr qilinganmaqolada primatologlar deyarli detektiv voqeani hikoya qilib berdi, debyozadi TJournal.

Ayova Universitetidagi Jil Pryuts va uning hamkasblari Senegalninig janubi-sharqida yashovchi shimpanzelar to‘dasini Fongoli Savanna Chimpanzee loyihasi doirasida 2001-yildan beri kuzatib keladi. Bu to‘da boshqa guruhlardan erkak shimpanzelarning jamoa ichida ko‘p ekanligi bilan farqalanadi. Odatda, shimpanze to‘dasida urg‘ochi maymunlar ko‘proq bo‘ladi. Olimlar bo‘lib o‘tgan voqeada mahalliy brakonyerlarni aybdor deb hisoblamoqda. Mahalliy brakonyerlar urg‘ochi shimpanzelarni ularning bolalarini sotish uchun ovlaydi. Natijada, to‘dada erkak shimpanzelar soni ko‘payib, ular o‘rtasida raqobat yuzaga keldi.

Fudukoning o‘ldirishida erkak va urg‘ochi shimpanzelar qatnashgan, u o‘lganidan keyin to‘dadagilar unga tosh uloqtirib, tayoq bilan savalab, qismlarga bo‘lib, ba’zi bo‘laklarini yeb qo‘ygan. Olimlarning aytishicha, o‘zining yagona ittifoqdoshidan ayrilgan Mamadu laqabli shimpanze ham tez orada to‘dadan quvilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.