G’aroyib urf-odat va an’analar 

9 040

  Birmaning shimoli-sharqidagi tog’larda yashovchi padaunlar qabilasida "ayollarning bo’yni qanchalik uzun bo’lsa, shuncha go’zal bo’ladi', degan tushuncha bor. Mahalliy afsonalarda aytilishicha, uzoq asrlar muqaddam qishloqlardan birida paydo bo’lgan odamxo’r yo’lbars faqat qizlarga hujum qilib, ulanring bo’ynidan g’ajib tashlayvergan ekan. O’shandan beri padaunlarning besh yoshga to’lgan qizlarining bo’yniga jezdan yasalgan halqa kiyidirib kelganlar. Bundan maqsad ularni yo’lbars tishidan saqlab qolish edi. Qizlarning yoshi kattalashgan sari halqalar soni ham ko’payib boravergan va bu bilan bo’yinning uzunligi 30 santimetrgacha yetgan. Kundalik turmushda ayollarning bo’ynidagi bu "qurol-yarog’i" ko’p noqulayliklarga sabab bo’lib keladi. Ularning og’irligi ba’zan 12 kilogacha bo’lib, bu "taqinchoq"ni olishning hech iloji yo’q. Chunki bo’yin suyaklari oralig’dagi bo’shliq kengayib ketishi natijasida halqa olinsa u kallaning og’irligini ko’tara olmasdan "shilq" etib tushaveradi.
  Hindularning Kvakuti qabilasida qarzga pul yoki buyum olish sharmandalik hisoblanadi. Chunki qarzdor garovga o’z ismini qoldiradi va qarzini to’lamagunicha ismsiz yuradi. Qarzdorni ko’rgan tanishlair uni qo’l siltab yoki istalgan narsaning nomini aytib chaqrishadi.
 Fuqarolik nikohi va ajralish jarayonining eng g’ayrioddiy ko’rinishi Yava orolida kuzatiladi. O’z taqdirlarini bog’lashga qaror qilgan yoshlar an’anaviy hujjatbozlikdan tashqari, mahalliy ma’muriyatga yigirma beshta kalamush dumini taqdim etishlari kerak. Ajralish jarayonida esa "boj" ning miqdori yanada ko’proq- qirqtadan dum! Yava oroli hukumati tomonidan joriy etilgan bunday g’ayrioddiy qaror sholi plantasiyalariga katta zarar yetkazuvchi kemiruvchilarni yo’q qilishga qaratilgan. Zararkunandalarga qarshi turli yo’llar bilan kurashishga, hatto mushuklardan "desant" tashlashgan. Biroq, bari befoyda ketgan, mushuklar esa "qahramonlarcha" halok bo’lishgan. Boshqa chora qolmagach, orol hukumati shunday antiqa qaror chiqargan.
 Gazeta teking tarqatiladi, mobado Amriqoning Sent-Pitersburg shahrida kun bo’yi havoni bulut qoplasa, "Mustaqil kechki yangiliklar" ning barcha 11 ming mushtariylari gazetani bepul oladilar. Shuniis qiziqki, gazeta 83 yildan beri chop etiladi. Bu davrda u atigi 312 marta tekinga tarqatildi. Axi Sent-Pitersburg Qo’shma Shtatlardagi "Eng quyoshli" shaharladan biridir.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.