27-noyabr Nobel mukofoti asoschisi Alfred Nobel mashhur vasiyatnomasining oxirgi variantiga qo'l qo'ygan kun 

1 969

Alfred Bernxard Nobel 1833-yilning 21-oktyabr kuni Shvedsiya poytaxti Stokgolmda tavallud topgan. 1842-yilning kuz oylarida Nobellar oilasi Sankt-Peterburgga ko'chib kelishgan. 1849-yil Alfred o'qish uchun Yevropa va amerikaga yo'l oladi. U Daniya, Germaniya, Italiya, Fransiya va AQShda bo'ladi. Bu safar qariyb ikki yil davom etadi. Rossiyaga qaytgach, Alfred oilaga tegishli, Rossiya armiyasining harbiy buyurtmalarini amalga oshiradigan fabrikalarni boshqarish bilan shug'ullanadi. Bu ishlar inqirozga yuz tutgach, otasi bilan shvedsiyaga qaytishga majbur bo'lgan Alfred portlovchi moddalarni o'rganishga kirishadi, ayniqsa, nitroglesirinni xavfsiz ishlab chiqarish va undan foydalanish uni ko'proq qiqziqtirardi. 1968-yilda Nobel dinamitga patent oladi. O'z kashfiyotini targ'ib qilar ekan, u portlovchi moddaning imkoniyatlarini namoyish etar, uning qanday ishlashi haqida ma'ruzalar qilardi. Natijada Nobel kashfiyotiga kundan-kun ko'proq odamlar qiziqish bildira boshlaydilar. Alfred dinamit va boshqa portlovchi moddalar ishlab chiqarish, shuningdek, Bokudagi neft maydonlarini ochish ishlaridan katta mol-mulkka ega bo'lgan. 1988-yilda muxbirlar xatosi bilan Alfred Nobelning o'limi haqida xabar berilgan. Bu olim uchun juda og'ir taassurot qoldiradi. Uni jurnalistlar "qonga botgan millioner”, "dinamit qiroli” deya ta'riflashgan edi. Bundan ta'sirlangan olim tarixda "dunyoviy miqyosdagi jinoyatchi” sifatida qolmaslik uchun jiddiy o'ylab qoladi. Nobel 1889-yilda Butunjahon tinchlik kongressida qatnashadi. U 1896-yilning 10-dekabr kuni stenokardiya xurujidan vafot etadi. Olim Stokgolmdagi Norra qabristoniga dafn etiladi. Nobelning 1895-yilning 27-noyabr kuni yozilgan vasiyatnomasida shunday so'zlar bor: "mening barcha ko'chmas va ko'chirib bo'ladigan mol-mulkim vasiylarim tomonidan tez pulga aylanadigan qimmatliklarga yo'naltirilgan, shu yo'l bilan topilgan mablag'lar ishonchli bankka joylashtirilgan. Ushbu qo'yilmalardan keladigan daromadlar ularni har yili yil davomida insoniyatga eng katta foyda keltirgan kishilarga mukofotlar tarzida taqsimlaydigan fondga tegishli bo'lishi lozim.... Ko'zda tutilayotgan foizlar quyidagi besh yo'nalishga teng ravishda bo'linadi: birinchisi-fizika sohasida eng muhim kashfiyot yoki yangilik yaratganlar, ikkinchisi-kimyo yo'nalishida eng muhim kashfiyot yaratgan yoki bu fanni mukammallashtirishga hissa qo'shganlar, uchinchi bo'lak-fiziologiya yoki tibbiyot sohasida eng katta muvaffaqiyat qozonganlar, to'rtinchisi-g'oyaviy yo'nalishda eng nodir adabiy asar yaratgan va beshinchisi-millatlarni jipslashtirish, qullikni bartaraf etish hamda mavjud armiyalar sonini qisqartirish va tinchlik harakatlarini amalga oshirishga hissa qo'shganlar uchun... Mening alohida istagim shundan iboratki, mukofotlarni berishda nomzodlarning qaysi millatga mansub ekanligiga e'tibor berilmasin”. Barcha mukofotlar egalariga 10-dekabrda topshiriladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.