Yuklanmoqda...

27-oktyabr Butunjahon audiovizual merosi kuni


 Ajdodlarning butun jahon merosini saqlash – bu kelajak avlodga o’tmishdagi xotiralarni yetkazish demakdir. 2005-yilda YUNESKOning bosh ijrochi direktori yuneskoning 33-bosh sessiyasida 27-oktyabr kunini Butunjahon audiovizual merosi kuni rezolyutsiyasini tasdiqladilar ya’ni 1980-yilda qabul qilingan hamda harakatlanuvchi tasvirlarni saqlash va ularni muhofaza qilish ma’nosini bildiradi. Audiovizual merosiga – filmlar, radio-teledasturlar, audio hamda video yozuvlari kiradi. Ommaviy audiovizualni targ’ib qilish XX asrga to’g’ri keladi, hozirgi kunda esa boshlang’ich ma’lumot tarqatuvchi vositadir. Ular eshitish qobiliyati, o’tkirlik juda yuqori darajada bo’lgan insonlar va ularning aksi bo’lgan inson uchun muljallangandir. Boshqacha qilib aytganda, audiovizual hujjatlari, an’anaviy yozma tarqatuvchilarga qo’shimchalar kiritishi bo’ldi. YUNESKOning bosh direktori Irina Bokovaning so’zlariga ko’ra audiovizual manbalar xuddi inson kuzgusining ijodiy oynasi kabi hamda bizning madaniyatimizni tirik to’qima sifatida ko’rib chiqish lozimdir. Ushbu  merosni saqlash uning haqiqiy qiymati katta ahamiyatga ega. Biroq ko’pgina qismi tiklab bo’lmas darajada barbod bo’lgan, ya’ni uning qiymatini qadrini bilmaslik natijasida, barcha audiovizual boyliklar texnik qoloqligi sababli kamayib bormoqda – deydi. 1997-yilda tashkil etilgan Xalqaro resstri "Dunyoni eslash” (xotirlash) hozirgi kunda 200 nomdagi hujjatli meros, ya’ni ular tarkibiga audiovizual  meroslar, butun dunyoda ahamiyatga ega bo’lgan meroslar va audiovizual tarixi kiradi. Audiovizual tarixi Rossiya davlatida ham televizion audiodasturlar ko’rinishida saqlanib kelmoqda.

27-oktyabr Mikluxo-Maklay dengiz bo’ylab aylanma sayohatga chiqqan kun. Batafsil

27-oktyabr Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tgan kun
2006-yil 27-oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. Qarshi mustaqillik yillarida qayta tug'ildi. Shahar tarixida katta voqea bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil "Qarshi shahrining 2700 yilligiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Qarori shahrimiz hayotini, jamolini butunlay o'zgartirib yubordi. Nafaqat Qashqadaryo vohasi, balki butun O'zbekiston hayotida qutlug' sana bo'lib qolgan shaharning 2700 yillik to'yi Yurtboshimiz rahnamoligida keng miqyosda nishonlandi. Qarshining 2700 yillik to'yi shaharning ijtimoiy, madaniy hayotida yangi sahifalar ochdi. Shahar tarixi, bugungi hayoti haqida o'nlab tarixiy-ilmiy, badiiy, publitsistik, teatr va san'at asarlari yaratildi. Butunjahon shaharsozlik yutuqlari asosida shahar deyarli qayta qurildi. Shaharning bir necha asrlik tarixining ko'zgusi bo'lgan tarixiy me'morchilik yodgorliklari mukammal ta'mirlanib, ularga ikkinchi umr baxsh etildi. Tashkilot va muassasalarda, ta'lim-tarbiya maskanlarida, mahallalarda tashkil etilgan shaharning tarixi va bugungi hayoti haqidagi madaniy-ma'rifiy tadbirlar aholining shahar haqidagi taassurotlarini yanada boyitdi. Yoshlar ma'naviyatida shaharni avaylab-asrashga hissa qo'shish, uning boy va go'zal tarixidan, jahon taraqqiyotida tutgan o'rnidan, Nasafiy bobolar merosidan faxrlanish, g'ururlanish tuyg'ulari shakllantirildi. 2700 yoshli shaharda istiqomat qilish mas'uliyati, ahil, hamjihat, o'zaro hurmat ruhida yashash va mehnat qilish kabi an'analarni davom ettirish va yanada boyitish haqida ibratli tashabbuslar o'rtaga tashlandi. Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlanganiga ham sakkiz yil bo'ldi. O'tgan davrda tariximizga doir hamda ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy sohalarda amalga oshirilgan ishlar viloyatimiz xalqining moddiy va ma'naviy mulkiga aylanib qoldi. Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag'ishlangan kitob ham nashr etildi. Kitob ingliz tilida yozilgan bo'lib asosan yurtimiz tarixi bilan yaqindan tanishmoqchi bo'lgan xorijlik mehmon, sayyoh va turistlar uchun foydali malumot manbai bo'ladi. Bunda Qarshi shahrining tarixiy obidalari tasvirlanib ularning tarixi yozilgan. Qarshi (1926-37 yillarda Behbudiy) — Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943-yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo bo’yida, xalqaro temir yo’l va avtomobil yo’llari kesishgan joyda. Maydoni 7,5 ming ga. Aholisi 220 ming kishi (2005). Qashqadaryo O’zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, XIV-asrdan Qashqadaryo deb atala boshlagan. "Qarshi" nomining kelib chiqishi to’g’risida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V.Bartold shaharning nomi mo’g’ul xoni Kepakxon qurdirgan "Qarshi" (qadimgi turkiychada "saroy" ma’nosini anglatgan) bilan bog’liq deb ta’kidlaydi. "Qutadg’u bilig" ("Saodatga yo’llovchi bilim") dostonida "Qarshi" atamasi "saroy" va "qarama-qarshi turish" ma’nosida qo’llangan. "Boburnoma"da ham bu nom mo’g’ul tilidan olinganligi ta’kidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning "qarshi" — saroy, qasr ma’nolari ko’proq qo’llanadi. Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida "Naxshab" (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan miloddan avvalgi 7-asrda Yerqo’rg’on o’rnida vujudga kelib, uning atrofi qal’a devori bilan o’rab olingan (ushbu qal’a devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999 yilda o’rganilgan). Shaharning yana bir nomi Novtak — Navtaka — yangi bino deb ham talqin qilinadi. Miloddan avvalgi 6-asrda shahar kengayib, ichki devor bilan o’ralib (hozirgacha saqlangan), maydoni 35 ga ni tashkil etgan. Aleksandr Makedoniyalik bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Miloddan avvalgi III-II asrlarda shahar tashqi qal’a devori bilan o’ralgan (maydoni 150 ga bo’lgan). II-I asrlarda (hozirgi temir yo’l stansiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan Zahhoki Moron qal’asi bunyod etildi. Bu qal’a ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hozirgi Shulluktepa deb ataladi). Kidariylar o’z qarorgohini 468 yilda yangi Naxshabga ko’chirdilar. 710-yilda arablar shahar (Naxshab arabcha talaffuzda "Nasaf") va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. IX-XIII asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. X asrda Nasafda o’sha davr musulmon olamida ilmiy kongress — "majlisi tadris" o’tkazilgan. O’rta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bog’lagan muhim karvon yo’llari o’tgan, savdohunarmandchilik rivojlangan.

27-oktyabr Tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma berilgan kun
1873-yil 27-oktyabrda Tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma berilgan. Jozef Glidden Amerikaning Illinoys shtati fermeri 1873-yil 27-oktyabrda tikanli sim ishlab chiqarish uchun patentga talabnoma bergan va uning ko’rinishi xuddi shundayligicha qolgan. Tikanli sim- u uzun sim atrofi mayda tikanchalar bilan o’ralgan bo’lib, tikanlari juda o’tkirdir. Bu sim qimmat bo’lmagan to’siqlarni himoyalash, hamda mavjud bo’lgan to’siqlarni yanada mustahkamlash uchun mo’ljallangan edi. Inson yoki jonzod tikanli simdan oshib o’tayotganda juda ham noqulayliklarga uchraydi va undan tashqari jarohat ham olishi mumkin. Patent 1874-yil 24-noyabrda olingan. Bu ixtiro juda keng tarqalib ketti va 1880-yilda AQShning Buyuk tekisliklarining o’zgarishiga katta hissa qo’shdi. Tikanli simlardan to’qilgan to’siqlar fermerlarga ancha qulayliklar yaratdi, ular mollarini boqishda otli cho’ponlar (kovboy)lardan foydalanmay qo’yishdi, rancho sohiblariga esa o’z poliz ekinlarini adashib qolgan  hayvonlardan asrashga yordam beradi. Bunday ixtiro shtatlarda chorvachilikning rivojlanishiga ham ijobiy ta'sirini ko’rsatdi. Tikanli sim keyinchalik faqatgina mollarni asrashga emas, balki odamlardan asrashga ham yordam bergan.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar