21-sentabr Xalqaro tinchlik kuni 

8 563

Har yili 21-sentabr kuni xalqaro jamiyatchilik - Xalqaro tinchlik kunini nishonlaydi. Tinchlik bu juda ham tengsiz ne'matdir. Ammo, notinchliklar hukm surayotgan ba'zi joylarda bu ertak misolidir. Ular yerto’lalarda, nostabillik va qo’rquvda yashamoqda. Aynan o’shalar uchun ham bu kun juda muhimdir. 1981-yilda BMTning General Assambleyasining 36/37 rezolyutsiyasiga ko’ra Xalqaro tinchlik kunini e'lon qilingan (International Day of Peace) va uni sentyabr oyining uchinchi seshanba kunida nishonlanishini tayinlagan. Bu bayramni nishonlanishidan maqsad, davlat ichida va o’zaro tinchlikni saqlashdan iborat. 20 yildan so’ng, 2001-yilda, General Assambleya bir ovozdan 55/282 rezolyutsiyasida 2002-yildan Xalqaro tinchlik kuni har yili 21-sentyabr kuni ommaviy zo’rlikka va qon to’kilishga qarshi kun deb e'lon qilgan. Shundan so’ng bu bayram millionlab insonlarni, shuningdek, jamiyat va yoshlar tashkilotlari kuchi bilan o’tkazilayotgan turli aksiya va tadbirlar o’tkazishga  jalb qildi. Chunki bu kun - insonlarni tinchlik haqida o’ylashga emas, balki, uning uchun hissa qo’shishga undaydi. BMT hamma xalqlar va insoniyatni Bu kunda har qanday harbiy harakatlarni to’xtatib, ijtimoiy informatsion aksiyalar o’tkazishga chaqiradilar. Shuningdek, Xalqaro tinchlik kunini nishonlashdan maqsad, ayrim toifali insonlarni tinchlikni saqlab qolish yo’lidagi qilinayotgan ishlarga nazar solishlarini, hamda bu yo’lda qilinayotgan hatti-harakatlarga ularni jalb qilishga qilingan intilishdan iboratdir. Shunday qilib, har yili BMTning shu kunga bag’ishlangan tantanali ochilish marosimi  Nyu-Yorkdagi BMTning shtab-kvartirasida Tinchlik Qo’ng’irog’i yonida BMT Bosh sekretarining murojaatidan so’ng qo’ng’iroqni chaladi va bir daqiqalik sukutdan so’ng, BMTning havfsizlik yig’ini raisi  nutq so’zlaydi. Yana bu bayram har yili ma'lum bir mavzuga bag’ishlangan bo’ladi. Shuning uchun bayram har yili; "Inson huquqlari va tinchlikni qo’llab-quvvatlash”, "Qurolsizlanish va tarqatmaslik”, "Yoshlar tinchlik va rivojlanish uchun”, "Tinchlik va demokratiya: o’zingni fikringni bildir”, "Chidamli dunyo barqaror kelajak uchun”, "Tinchlik ruhidagi ta'lim”, "Jahon xalqlarining huquqlari” va boshqalar nomi bilan atalgan. Oxirgi yillar davomida sodir bo’layotgan urushlar, terrorizm, harbiy chiqimlar, chuqur kelishmovchiliklar insonlarni Xalqaro tinchlik kunini qadrlashga chorlamoqda. 

21-sentabr O'rmonchilar kuni
16-21-sentabr kunlari o'rmon ishchilari kuni. Ular o'z mehnatlari bilan o'rmon ishchilari kuni. Ular o'z mehnatlari bilan o'rmon boyliklariga hissalarini qo'shadilar.Qay vaqtda o'rmonga kirsangiz, o'rmon o'zining hushbo'y muattar dorivor o'simlik hidlariyu va salqin havosi bilan kishini va undagi sokinlik har qanday ko'ngillarga orom baxsh etishiyu sasna daraxtining xushbo'y hidlari yanada kishiga zavq ulashadi. Bu o'rmonlarga shunday dono, jon kuydirguvchi xo'jalik ishlarida oqillik bilan ish yurituvchi xo'jayin kerak bo'ladi. Sentyabr oyining uchinchi yakshanbasida insonlar bu kunni bayram sifatida nishonlashadi, va ularning har biri o'zlarining mashaqqatli mehnatlari orqali o'zimizning barcha tabiiy boyliklarimiz va ularni ko'z korachigimizdek asrab avaylash lozimligi haqida jon kuydirishadi. Bugungi kunda o'rmon ishchilari kunini Rossiya, Belorussiya va Ukrainalarda, "O'rmon – bizning eng katta tabiiy boyligimiz, sog'ligimiz garovi” birinchi darajadagi ahamiyatga ega bo'lgan xalq xo'jaligiga bog'liq va iqtisodiy barqarorlikni saqlab turadigan tabiiy boyligimizdir.
Tropik o'rmonlar, davlat mulkini saqlanishi, uning ko'paytirish ishlariga jonkuyarlik bilan qaraydigan, maqsadga muvofiq bebaho boyligimizdan, unumli va o'z burchlarini sidqi dildan ado etish taxsinga sazovardir. Statistik ma'lumotlarga ko'ra o'rmonlar sathi umumiy 38 million kv. km. Tashkil etadi. Bulardan yarim o'rmon zonalari tropik o'rmonlar bo'lib, to'rtdan bir qismi shimoliy yarim sharida joylashgan. Taxminan Rossiyadagi o'rmonlar hududini 8 million kv.km ni tashkil etadi.

21 sentabr – Malta Respublikasining Mustaqillik bayrami
Malta Respublikasi 1964-yilning 21-sentabrida mustaqillikka erishdi. Milliy bayramlari: 21-sentabr – Mustaqillik kuni, 13 dekabr – Respublika kuni, 8-sentabr – G’alaba kuni. Mal’ta Respublikasi, poytaxti – Valetta, hududi – 396 km.kv. Davlat tili – mal’ta va ingliz tili. Davlat dini – xristian dinining katolik mazhabi. Pul birligi yevro.

Joylashuvi va tabiati. Yevropaning janubida, O’rta Yer dengizidagi Sisiliyaning janubidagi orollar (Mal’ta, Goso, Kominotto, Komino, Filfla) da joylashgan davlat. Sohil bo’ylab chegara uzunligi – 140 km. Mamlakatning katta qismi ohaktosh yassitog’ligidan iborat. Qirg’oqlarida past qoyalar, ko’p sonli sohilbo’yi qiyaliklari mavjud. Mamlakat ko’p sonli ko’rfazlar va juda qulay bo’g’ozlarga ega. Tabiiy resurslarga boy emas (ohaktosh, osh tuzi). Ishlov beriladigan yerlar mamlakatning 38% hududini egallaydi. Iqlimi – O’rta Yer dengiziga xos: qishda namgarchilik, yozda issiq va quruq.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.