23-avgust Xalqaro quldorlikka qarshi kurashish kuni 

143

23-avgust kuni Butun dunyo xalqaro quldorlikka qarshi kurash kuni nishonlanib keladi. Ushbu kun Yunesko tomonidan o’tkazilgan 150-yig’ilishda qabul qilingan. Bu kunning nishonlanishi sababi San-Damingo va Taiti shaharlarida 1791-yilda qullar qo’zg’oloni bo’lgan. Yunesko BXX a’zolarni bu kunni nishonlashga taklif etadi. AQSHning Ogayo shtatida XXI asr boshlarida qullikka qarshi tarixiy muzey ochilgan. Qullik bilan shug’ullanuvchi savdogarlar uchun asosiy to’xtab o’tish joyi bo’lgan Gori orolining Senigan qirg’oqlarida har yili qullik savdosining qurbonlarini xotirlash marosimi o’tkaziladi. Qulluk inson tarixnining qaro sahifalaridan birining fojiasidir.  Qullik xalqaro miqyosda belgilanib muhokama qilinganiga qaramay yangi shakllarda hukm surishni davom ettirmoqda  va  bugungi kunda  dunyodagi millionlab  kishilarni tashvishga solmoqda. BMTning  ma’lumotlariga  qaraganda, har yili  millionlab  kishilar asosan ayollar va bolalar aldov qurbonlariga aylanadilar, "tirik tovar” ga aylanib, eksplotatsiyaga duchor bo’ladilar. "Yangi qullik savdosi” zamonaviylikning eng muhim va keng qamrovli muammosiga aylandi.  

23-avgust Daniya poytaxtining ramzi bo‘lgan suv parisi haykalining ochilishi bo‘lib o‘tgan kun
Anderson asaridagi Suv parisining bronzadan yasalgan haykalini daniyalik haykaltarosh Edvard Eriksen yaratgan. Buyurtma yirik pivochi Karl Yakobsen tomonidan qilingan, va o‘zi buyurtmaga homiylik ham qilgan. Pivochi Kopengagen Qirollik teatrida bu baletni ko‘rib, ertak qahramoniga mahliyo bo‘lib qolgan. Suv parisi timsoli o‘rnida haykaltaroshning ayoli Eline Eriksen bo‘lgan, haykalning yuzi esa Qirollik opera va balet teatri balerinasi Ellen Praysnikinikidan nusha olgan. 1913-yil 23-avgust kuni Karl Yakobsen haykalni shahar aholisiga hadya qilgan, shu kundan e’tiboran Suv parisi Kopengagenning portida turadi vaDaniya poytaxtining ramzi bo‘lib qolgan. Haykalning balandligi 1,25 m, og‘irligi esa 175 kg ga yaqin. 1964-yil mudhish voqea bo‘lib o‘tgan – notanish bezorilar Suv parisining boshini sindirib ketishgan. Jinoyatchilar topilmagan, lekin eski haykalning gips shakli saqlanib qolgan va haykalning bosh qismi quyib qo‘yilgan.

23-avgust O'rta asrlar kuni
Chiroyi hamda tarixiyligi bilan o’ziga jalb qilgan Finalborgo bizni avgust o’rtalarida kutadi. O’rta asrlar  bayrami 6-asr oldingi an’analarini his qilish uchun o’ylab topilgan. Ushbu yilda bayram 21-24 avgustgacha unchalik katta bo’lmagan, tarixiy sharoitga ega bo’lgan Finalborgo shahrida bo’lib o’tadi. O’rta asrlar bayramida  shahar aholisi birlashadi va  yengillikni his qilishadi. Ko’chalarda xonimlar va askarlarni ko’rishimiz mumkin. Barcha shahar mehmonlarini teatrlashtirilgan shou, otlar bilan kutadi. Ushbu kunda shahar haqiqiy ertaknamo tusga kiradi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash