20-iyun Finlyandiyada yozgi eng uzun kun bayrami 

2 080

Finlyandiyada  yozgi eng uzun kun  bayrami (Yuxannus), uni  20- va 26-iyun orasidagi shanbada nishonlanadi.  Uylar va shahar ko’chalari qayin shoxchalari bilan bezatiladi, bostirmalardan esa milliy kostyumlar chiqariladi. Oqshomga yaqin o’yin-kulgu boshlanadi. Kechkihavoda xalqning  qo’shiqlari  yangraydi "kantele”  milliy asbobi hamrohligida, yig’ilganlar "tanhut”, polka va vals raqslariga tushishadi. Yarim tunda "kokko”  o’t oldirish marosimi   boshlanadi - g’oyat katta zig’ir poyasi,  tayyorlab qo’yilgan an'anaviy  suvga  juda yaqin joyda yig’iladi. Mash'alani yoshi ulug’ mahalliy kishi olib keladi. Shu bayram bilan bog’liq bo’lgan ko’p an'ana va marosimlar  majusiylik davriga xos (Yuxannus) bayramini Finlandiya aholisi hosildorlik va yorug’lik bayrami deb nishonlashgan, "kokko” esa ularning belgisi bo’lgan. Xristian cherkovi majusiylikdan  qutulishga ko’p urinishlar qildi va yozgi eng uzun kun bayramini Ioann Krestitel Rojdestvosi  bilan birlashtirdi, natijada Juhannus (Yuxannus) paydo bo’ldi. Hosildorlik g’oyasini mujassam qilgan bayram to’ylar uchun ommabop vaqt bo’ldi: marosimga talabnomalar bir yil oldin beriladi. Qizlar Yuxannus kechasida yostiqning  tagiga to’qqizta har xil gullardan  o’t bilan to’qqiz marta bog’lab tuzilgan guldastani qo’yishadi, tunda tushida bo’lajak turmush o’rtog’ini ko’rib qolish umidida bo’ladi. Yuxannus yana Finlyandiya milliy bayrog’i kuni ham hisoblanadi. 

20-iyun Argentina bayrog'i qabul qilingan kun
Argentinada milliy bayram,  bayrog‘ni dizayneri - Manuel Belgran vafot etgan kun (3-iyun 1770-yil-20-iyun 1820-yil)  20-iyunda rasmiy bayram sifatida nishonlanadi. Belgran tug‘ilgan Rozario shahrida bayroq haftaligi o‘tkaziladi. Shu kuni bayroq bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha tadbirlar o‘tkaziladi. Rozarioda Argentina bayrog‘ini xashamatli yodgorligi o‘rnatilgan. 1810-yilning mayida Argentina ozodlik harakatida ko‘k-oq kokardlardan (formali furajkalarga qadaladigan nishon) foydalanilgan. 1812-yil 18-evralda milliy kokard rasmiy ravishda tasdiqlandi. Bir necha kunlardan so‘ng shu ranglarda milliy bayroq tasdiqlangan. Bayroqdagi ko‘k va oq ranglar osmon bilan qorni ramziy ifodalaydi. 1818-yilda bayrog‘ga quyosh tasviri tushurilgan. Quyosh Argentinaning milliy ramzi hisoblanadi. Bu ramz 1810-yil 25-mayda mustaqillikni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilgan birinchi milliy-ommaviy namoyish o‘tkazilgan kundagi bulutlar ichidan charaqlab chiqqan quyoshni eslatadi.

20-iyun Butunjahon qochoqlar kuni
 Ko’p yillar mobaynida turli mamlakat va regionlar o’zlarining qochoqlarga bag’ishlangan xotira kunlarini nishonlaganlar. Ulardan eng mashhuri - 20-iyunda bir necha mamlakatlarda o’tkaziladigan Afrika qochoqlari kunidir. Qochoқlarning ko’p qismi Afrikada bo’lgani uchun ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida BMT Bosh Assambleyasi 2000-yil 4-dekabrda 55/76 sonli maxsus rezolyutsiyasini qabul qildi. Bu rezolyutsiyada Bosh Assambleya 2001-yilda qochoqlar huquqlari konvensiyasini 50 yilligi nishonlanadi deb belgiladi. Shu bilan birga afrika birdamlik tashkiloti xalqaro qochoqlar kuni bir vaqtning o’zida afrika qochoqlar kuni bilan birgalikda 20-iyun kuni o’tkazilishiga rozilik berdi.

20-iyun Butun dunyo hayvonot bog’lardagi fillarni himoya qilish kuni
Fillar hozirgi zamonning  eng ulug’vor hayvonlari.  Bugun himoyachilar diqqatni fillarning muammolariga o’girishga chaqirishmoqda.  Birinchi marta hayvonot  bog’lardagi fillarni himoya qilish butun dunyo kuni  (International Day of Action  for  Elephants  in  Zoos, IDAEZ) 2009-yilda o’utkazilgan edi, o’sha vaqtda harakat faollari o’zlarining asosiy vazifalarini belgilab olishdi, eng asosiysi - dunyodagi  hamma fillarni tutkunlikdan ozod qilish. Fillar - quruqlikda yashovchi juda yirik  sutemizuvchilar, ular ochiq kengliklarda yashash  uchun yaratilganlar. Bu yuksak rivojlangan hayvonlar  yaqin aloqali katta oilaga birlashadilar. Hatto katta masofada ham bir-birlari bilan aloqada bo’la oladilar. Bir kunda ular sahro, daryolar, o’rmon va savannalardan bardosh bilan bir necha kilometr o’tadi. Tutqunlikda ular bundan  mahrum qilingan bo’ladilar, va faqkatgina odamlar o’z ko’zlari bilan bu yirik hayvonlarni ko’rganidan mamnun bo’lishi  uchun  tutqunlikhayoti bilan  yashashyapti.  Bundan tashqari, fillar  urgatuvchilikning shafqatsiz uslublaridan ko’pincha azob chekayaptilar. Fillarni himoya qkilish butun dunyo kunida himoyachilar hayvonot bog’larida turli-tuman tushuntirish tadbirlari tashkil qiladilar - odamlarga fillar to’g’risida ma’lumot beradilar, ularning tabiatda odat bo’lib qolgan hayot tarzi to’g’risida, tutqunlikda ularga qanday og’ir ekanligi haqida hikoya qiladilar. Qo’shma shtatlarda Amerikada bir qancha yil o’tkazilgan ushbu aksiyalar birinchi natijalar berdi. AQSh dagi 20 ga yaqin hayvonot bog’lari fillar saklanadigan pavilonlarni yopdilar yoki yopishga tayyorgarlik ko’rmoqdalar; 11 hayvonot bog’lari 14 filni ataylab ular uchun yaratilgan tabiatqo’riqxonalariga ko’chirdi. Hayvonot  bog’lardagi fillarni himoya qilish butun dunyo kuni rasmiy sanaga kirmaydi. Biroq uni tashabbuskorlari BMTda rasman tan oldirishga tayyorgarlik ko’rmoqdalar. Takidlash kerakki 20-iyunda butun dunyo fillar kuni o’tkaziladi. Bu kun faqat tutqunlikdagi fillar emas, barcha fillar kunidir.

20-iyun Buyuk Britaniya taxtiga Qirolicha Viktoriya o’tirgan kun
Malika Viktoriya ingliz podsholik taxtiga 18 yoshida o’zidan keyin merosxo'r qoldirmagan qirol Georg 4 va Vilgelm 4 yil so’ng o’tirdi. U 20-iyun 1837-yilda taxtga o’tirdi, unga toj kiydirish marosimi esa 28-iyun 1838-yili Vesminster abbatligida o’tkazildi. Uy ishlari va saroyni boshqarishni o’zining sobiq enagasi baronessa Leyzenga ishonib topshirib qo’ygan. Boshqaruv faoliyatida unga baron Shtokmar yordamlashgan. Ichki siyosiy vazifarni bosh vazir Melburnga yukladi. Qirolicha Viktoriya inglizlar tarixida Vilgelm, Genrix 8 va Yelizavetta 1lar qatorida katta iz qoldirdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.