23-may Dunyo miqyosida toshbaqa kuni. 

3 992

Toshbaqa - donishmandlik, boylik va uzoq umr ramzi. 23-may bugun, ko‘p mamlakatlarda dunyo miqyosidagi toshbaqa kuni (World Turtle Day) nishonlanadi. Bu antiqa bayram 2000-yilda amerikaning Toshbaqalarni qutqarish jamiyatnining (American Tortoise Rescue) tashabbusi bo‘yicha tug‘ildi. Jamiyat 1990 yilda Malibu(shtat Kaliforniya, AQSH)da shahar atroflarida yashovchi toshbakalarni saqlab qolish maqsadidagi tashabbuskorlar tomonidan tashkil etilgan edi. Odamlar bilan qo’shnichilik tufayli katta miqdorda toshbaqalar halokati muammosiga jamoatchilik diqqatini jalb qilish bayramning mo‘ljali bo‘ldi. Shu kuni barcha joylarda toshbaqalar makonida aksiya o’tkazilmoqda, ko’ngillilar hayvonlarning yurish yo'llaridan o’tgan asfalt tagidan va boshqa havfli joylarda o’tish joylari qazishyapti shu bilan ularni qutqarishyapti.Yana Aksiya qatnashuvchilari dengiz qirg’oqlarida toshbaqlar tuxum qo’ygan joylarni qonun himoyasidagi hudud huquqiy holatiga erishyaptilar. So’nggi yillarda toshbaqa kuni nafaqat yer sharining bu hayvonlar yashaydigan burchaklarida, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham nishonlanadi. Bayram kuni odamlar taomnomalardan toshbaqadan tayyorlangan ozuqalarni chiqarib tashlashga harakat qilishyapti, ularning sovutidan qilingan narsalar (taroq, quticha va boshqalar) dan foydalanishmayapti. Bayram qilishda toshbaqa kiyimlarida o’yin tushiladi, hayvonlar hayotidan quvnoq lavhalar ko’rsatiladi, toshbaqalar surati tushirilgan otkritkalar jo’natiladi.

 
23-may Kingsbey ko’rfazidan shimoliy qutbga tomon "Italiya” dirijabli uchirilgan kun 
Kigsbey ko’rfazidan mashhur Italyan konstruktori general Unberto Nobile (1885-1978) boshchiligida 12 kishidan iborat ekipaj bilan "Italiya” derejabli shimoliy qutubga uchirildi. Keyingi kun aeronavtlar  Italiya bayrog’i va Rim papasini krestini yerga tashladilar. 25 mayda esa ekspeditsiya bilan radioaloqa uzildi. Voznesen-Voxma qishlog’ida yashovchi radiohavaskor Shmit falokat signalini yeshitib qolishi, shuningdek rus uchuvchilarining reydi va "Krasin” muzyorar kemasining operativ ravishda ish ko’rishi natijasida Nobil va uning 7ta ekipajini saqlab qolishga erishildi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.