23-aprel Atlantika okeanining janubiy qismida joylashgan eng chekka hudud tashkil topgan kun 

1 734

 Atlantika okeanining janubiy qismida joylashgan Tristan-da-Kunya arxipelagi Britaniya dengizorti hududi tarkibiga kiradi. Uning poytaxti – Edinburg. Birinchi bor arxipelag haqidagi ma’lumotlar 1506-yil23 aprel kuni portugaliyalik dengizchi Trishtan da Kunya kundaliklarida qayd etilgan edi. Mayda orollardan tarkib topgan arxipelagga oradan 261 yil o‘tgach fransuz dengizchilari qadam qo‘yishgan. Orolda yashay boshlagan eng birinchi inson esa amerikalik Jonatan Lambert bo‘ladi. Biroq, u Tristan-da-Kunya orolida atigi ikki yilgina yashagach, 1810-yili jon taslim qilgan. Arxipelagdagi asosiy orol bundan bir necha asr avval shakllanadi. Bu yerdagi eng baland orollar nuqtasi — Qirolicha Mariya vulqoni cho‘qqisidir (2055 metr). Hozirgi kunga kelib orolda 300 kishi istiqomat qiladi. Iqlimi iliq bo‘lishiga qaramay, orolda bir dona ham kapalak, sudralib yuruvchi yoki sut emizuvchi jonivorlarni uchratish qiyin.

23-aprel Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni. 
(Yuneskoning 28-konferensiyasida 1995-yilda e'lon qilingan)
23-aprel - Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni.O`zbekiston halqi istiqlolga erishdi. Shu davr ichida halqimiz o`z taraqqiyotining mutlaqo yangi, mustaqil xarakat bosqichga kirdi. Yurtimizni istiqlol nurlari yoritayotgan bo`lsa, qalblarimizni bebaho tafakkur yog`dusi  yoritmoqda. Mustaqillik o`z navbatida madaniyat xodimlariga ham ma'suliyatli ishni qo`ydi. Zero, istiqlolga erishgan ekanmiz avvalo madaniy-ma'rifiy muassasalarning moddiy va ma'naviy milliy zaminini mustaxkamlashimiz zarur.Kishilik jamiyati taraqqiyoti davomida turli-tuman moddiy, madaniy va ma'naviy yodgorliklar kplab yaratilgan. Ana shunday yodgorliklardan biri kitobdir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida turli muassasalar - Yevropada cherkov va monastirlarda, Sharqda madrasalar, shohlar saroylarida, zodagonlar xonadonlarida kitoblar saqlanadigan joylar, shuningdek qo’lyozma asarlar to’plamlari bo’lgan. Ilmli kishi bo’lgan har bir xonadonda diniy kitoblar bilan bir qatorda ilmiy kitoblar ham saqlangan. Bu kitoblar avaylab asralgan, nihoyatda qadrlangan. Jumladan, buyuk olim, tibbiyot ilmining dahosi bo’lgan buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino og'ir dardga chalingan podshohni davolaydi. Uni mukofotlamoqchi bo’lgan podshohdan tabib faqat saroy kutubxonasidan foydalanish uchun ruxsat so’raydi. Ko’rdingizmi, ilmli kishilar kitobni barcha boyliklardan yuqori ko’rganlar, ularni nechog'lik qadrlaganlar.O’zbekiston hududida shahar, tuman, viloyat kutubxonalari va maxsus bolalar ku-tubxonalari ishlab turibdi. Bundan tashqari institut, maktablarda, ba'zan sinflarda ham kutubxonalar tashkil etilgan.Kitob to’plash, uni avaylab asrash an'anasi hozirgi kunga qadar saqlangan, ana shu tarixiy an'anani davom ettirib kitob to’plashni boshlang, o’zingizning jajji kutubxonangizni yaratishga kirishing. U yerda kitoblarni tartib bilan saqlang. Biror kishidan kitob olsangiz, uni qaytarib berishni unutmang. O’z kitobingizni ham esdan chiqarmang.

23-aprel Butun jahon kitob va mualliflik huquqi kuni
23-aprel - jahon adabiyoti uchun muhim sana bo’lib, Butun jahon kitoblar va avtorlik xuquqi kuni (World Book and Copyright Day) deb ta'sis etildi. 1661-yilda shu kuni M. Servantes, U. Shekspir, Inka Garsilaso de la Vega vafot etgan. Shu kunda tug’ilgan yoki hayotdan ko’z yumganlar qatorida bir qator  taniqli yozuvchilar Moris Dryuon, Xaldour Laksness, Manuel Mexia Valyexo. Tabiiy-ki, 1995-yil Parijda o’tkazilgan YUNESKOning Bosh konferensiyasida kitoblar va avtorlarga xurmat ko’rsatishni, barcha va  ayniqsa yoshlarga kitob mutolaasidan zavq olishni, insoniyatning ijtimoiy va madaniy ravnaqi uchun xissa qo’shgan kishilarni  hurmat qilishga barchani da'vat etdi. Shunda,  Butun jahon  kitoblar va avtorlar kuni va  bolalar, o’smirlar adabiyotida chidab turishlik namunasini targ’ib qilishda YUNESKOning Mukofoti ta'sis etildi.  Bu  qaror ta'lim, madaniyat an'analarini anglashni  rivojlantirish, kitoblar bilimni  tarqatish vositasi  va uni saqlashni ishonchli usuli maqsadida ta'sis etildi. Rezolyutsiyada takidlanishicha, bu kunda kitob ko’rgazmalari, yarmarkalar o’tkazish samara beradi. Kitob orqali biz nafaqat bilim olamiz, balki, fikrlash, ma'naviy, axloqiy qadriyatlar, go’zallik va insonlarning ijodiy yutuqlarni bilan tanishib boramiz.  Kitob har bir millat, ularning  udumlar va an'analari bilan tanishtiruvchi vositadir. Kitob - turli madaniyatlarni, har xil sivilizatsiyalarni birlashtiruvchi ko’prikdir. Butunjahon kitob va avtorlik xuquqi kunini nishonlaganda, kitobni, hamma davlatni madaniyat merosini asrovchi va boyituvchi ahamiyatiga   alohida e'tibor  berish kerak .Dunyoning barcha chekkalarida an'anaviy kitob taqdimotlari, ko’rgazmalari, uchrashuvlar, turli madaniy - ko’ngil ochar tadbirlar uyushtiriladi. 2001-yildan boshlab, bir shaharga Kitob  Jahon markazi degan unvon beriladi(bir yil mobaynida). Kitob jahon markazi bo’lgan shaharlardan - Madrid (Ispaniya), Aleksandriya (Yegipet), Nyu Deli (Indiya), Monreal (Kanada), Bogota (Kolumbiya), Beyrut (Livan), Lyublyana (Sloveniya), Buenos Ayres (Argentina), Yerevan (Armeniya), Bangkok (Tailand) va boshqalar bo’lgan. 2014 yilda Kitob Jahon markazi bo’lib Port-Xarkort (Nigeriya) shaxri  tayinlandi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.