27-yanvar O‘zbekiston Oliy Majlisi 2 palatali: Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat qilib shakllantirilgan kun 

3 403

2005-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2 palatali: Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi. Qonunchilik palatasi va Senat alohida-alohida majlis o‘tkazadilar.

Palatalar o‘z tarkibidan Qonunchilik palatasi Spikeri va Senat Raisi, ularning o‘rinbosarlarini saylaydi, qo‘mita va komissiyalar tuzadi. Har bir palata o‘z reglamentini qabul qiladi va faoliyatining ichki tartibi masalalarini hal etadi. Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi dahlsizlik huquqidan foydalanadilar.

Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat a’zolarining umumiy soni 100 kishidan iborat.

27-yanvar – Islandiyada Quyoshli kofe kuni.
27-yanvarda Quyoshli kofe kunida qish zulmatidan quyosh arang ko‘rinishi bilan Islandiyada shunday antiqa bayram bor, bu Quyoshli kofe kunidir. Bu mamlakatning ayrim tumanlarida qish paytlarida, hududning qutb aylanasiga yaqin bo‘lgani uchungina emas, balki relefi tog‘li bo‘lganligi sababli zimiston bo‘ladi. Shuning uchun, ko‘pchilik vodiylarida tog‘ ortidan chiqqan har bir quyosh nuri, kelayotgan bahorning kelishidan darak bergan. Yon atrofdagi qishloq dehqonlari belgilangan joyda to‘planishib, quymoqlar pishirishga harakat qilib, qaysar quyosh tog‘lar orqasiga berkinib olmasidan oldin kofe damlab ichishga ulgurishlari kerak. Xursandchilik oqshomdan keyin ham davom etadi, quyosh ko‘rinishi bilan yana davom etadi, quyosh nurlari yana ko‘rinsa, bayram davom etaveradi. Islandiya kofe yetishtiruvchi davlatlardan uzoqda joylashgan bo‘lishiga qaramasdan, 1772-yilda paydo bo‘lgan bunday tetiklantiruvchi qaynoq kofe, xalqning qalbidan chuqur joy egallagan.Bu aynan shunday ichimlikki, holdan toygan dehqonga kuch-quvvat bag‘ishlaydi va atrofidagilar bilan birgalikda intiq bo‘lib kutilgan quyoshning paydo bo‘lishiga xursand bo‘lishgan. Albatta bu kunning nishonlanishi  ayrim olingan hududlarda quyoshning ko‘rinishi bilan bog‘liq, lekin yirik aholi yashaydigan joylarda bu sanani belgilash yo‘lga qo‘yilgan.    

27-yanvar Shotlandiyada Aphelio bayrami
27-yanvar kuni Aphelio bayramida  va odamlar harbiycha kiyim kiyib oladilar va kema modelini quradilar. IX asrda tarixda harbiylar Shotlandiyaning quyi yerlarida  yashay boshladilar va yangi orollar,  Shotland orollarini kashf qildilar. Shu munosabat bilan  Shotlandiyaning asosiy shahri Leruikda nishonlanadigan Aphellio Shotland bayrami bayram sifatida qabul qilingan. Har yili yanvarning oxirgi seshanba kuni nishonlanadigan bu bayram katta bayram hisoblanib, Yevropada  olovli festival tarzida o'tkaziladi va dunyo bo'yicha mashhurdir. Leruik aholisi 30 futli (old tarafida ajdarqo ramzi bor) harbiy kema modelini yasaydilar, harbiycha kiyinadilar, mash'alalar yoqishadi, ko'cha bo'ylab yurishadi, gorn chaladilar va shahar bo'ylab kemani olib yuradilar va dengizga qo'yib yuboradilar. Ulkan kema va 40 ta harbiylar ortidan 900 ta san'atkorona kiyingan odamlar gulxan yoqadilar. Yevropada Aphellio bayrami juda katta olov bayrami hisoblanadi. Kechqurun olovli marosim qadimgi udumga ko'ra dafn qilingan harbiylar uchun yog`ochdan yasalgan ruhni 900 ta mash'ala bilan "qadimgi” kemaga qarab otishadi. Harbiylar bu marosimni dafn qilingan harbiylar uchun va ularning sardorlari uchun o'tkazishadi. Bu marosim Skandinaviya madaniyatida muhrlangan. Bugun shotlandlar Skandinaviya qaroqchilari bilan bo'lgan bunday hodisa bilan g`ururlanadilar. Bu marosim faqat XIX asr boshidagina hisobga kiritilgan, bu kuni erkaklar Napoleon jangidan qaytishgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.