28-sentyabr - Mashinasozlar kuni 

2 446


28 sentabr - Mashinasozlar kuni. Mashinasozlar kuni odatda sentyabr oyining ohirgi yakshanbasida nishonlanadi. Rasmana ushbu kasb bayrami 1980-yilda ta'sis etilgan. Bu kunda mashinasozlik sohalarida band bo'lgan muhandis (injener) va oddiy ishchi xodimlar tabriklar, mukofatlar olishadi hamda ularning bajarayotgan ishlariga qarab lavozimlari ko'tariladi. Mashinasozlik bu erga ishlov berish, fermada va chorva mollari bilan ishlash uchun mexnat qurollari yaratish xamda turli xil transport yasash sohasidir. Bu kunda bayramona tadbirlar va konsert tashkillashtiriladi, hamda turli xil transport yasash sohasidir. Bu kunda bayramona tadbirlar va konsert tashkillashtiriladi hamda mehnat faxriylari olqishlanadi.

 
28-sentabr Samarqand viloyatidagi Kattaqo’rg’on va Namangan viloyatidagi Pop tumanlari tashkil etilgan kun 
Kattaqo’rg’on tumani Samarqand viloyatning shimoliy qismida joylashgan. 1926-yil 28-sentyabrda tashkil etilgan. Maydoni 1,47 ming km.kv. Aholisi asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 2 shaharcha (Suv hovuzi Payshanba) va 11 qishloq fuqarolari yig’ini bor. Markazi – Payshanba shaharchasi. Rel’efi, asosan, yassi tekislikdan iborat. Iqlimi kontinental, yozi issiq, quruq, qishi mo’’tadil sovuq Shimoliy chegarasi bo’ylab Qoradaryo, janubiy chegarasi bo’ylab Oqdaryo kanali oqib o’tadi. Miyonqol, Shavat, Toss, Narpaу ariqlari asosiy sug’orish manbaidir. Tuman hududida barpo etilgan Kattaqo’rg’on suv ombori («Kattaqo’rg’on dengizi»)ning xo’jalikdagi ahamiyati katta bo’lib, baliq xo’jaligi tashkil etilgan. Sanoat, qurilish, transport, aloqakorxonalari, qo’shma, kichik korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalar mavjud. Hunarmandchilik, qandolatchilik va boshqa rivojlangan.Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i – paxtachilik Shuningdek, g’allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchillk, tokchilik. chorvachilik bilan shug’ullaniladi. Sug’oriladigan yerlarga paxta, g’alla (shu jumladan, sholi), beda, poliz, sabzavot ekiladi. 22 ming ga yer o’rmon xo’jaligi. 100 ga yer terakzor. 343 dehqon- fermer xo’jaligi bor. Tuman jamoa va xususiy xo’jaliklarida qoramol, qo’y va echki, parranda boqiladi. 97 umumiy ta'lim maktabi, kasb-hunar maktabi, litsey va kollejlari, musiqa maktablari, 58 jamoat kutubxonasi, 23 madaniyat uy, 3 muzey mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. Tuman hududi orqali Nukus, Urganch, Buxoro, Navoiy va boshqa shaharlardan Toshkentga qatnovchi avtobuslar o’tadi.

28-sentabr O’zbekiston Milliy bog’i bunyod etilgan kun
O’zbekiston Milliy bog’i, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy bog’i (Olmazor ko’chasi, 183 a-uy) – Toshkentning markaziy qismida joylashgan, O’zbekistondagi eng katta madaniyat va istirohat bog’i. Umumiy maydoni 45 gektar. Bog’ning bir qismi 1938 yilda yoshlar tashabbusi bilan, asosan, hashar usulida qurilgan va yoshlarga bog’liq nomlar bilan atalib kelingan. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi tantanalari munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan bog’ obod qilindi va hozirgi nom bilan atala boshlandi. Keyinchalik kengaytirilib, butunlay yangi qiyofadagi bog’ bunyod etildi. Milliy bog’ Alisher Navoiy memorial majmui, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosi, Madaniyat va san’at ko’rgazmasi saroyi, "Istiqlol” san’at saroyi, Abdulqosim madrasasi, "Navro’z” restorani, favvorali aylana hovuz, aylana shaklidagi sahna va amfiteatr bilan yaxlit uyg’unlik kasb etgan. Bog’dagi tabiiy past-balandliklardan oqilona foydalanib, so’lim maskan, ajoyib manzara yaratilgan. Ko’kalamzor (chinor, qarag’ay, terak, akatsiya, archa, tol, kashtan va boshqalar, maysazor va gulzorlar) xushmanzara ko’rinishga ega. Bog’ hududidan oqib o’tuvchi kanal unga 2 ta charxpalak o’rnatilgan) sun’iy ko’lni (sathi 9 gektar) suv bilan ta’minlaydi. Ko’lda 2 ta orolcha bor, ularga o’tish uchun 2 ta yoysimon ko’prik qurilgan, sohilida cho’milish oromgohi, qayiq bazasi joylashgan (dam oluvchilarga 20 ta katamaran, 10 ta qayiq, 2 ta motorli qayiq xizmat qiladi). Milliy bog’da shahar aholisi va mehmonlari dam olishi, hordiq chiqarishi uchun qulayliklar yatilgan: o’rindiqli 2 ta ochiq tomoshagoh, 10 ta attraksion, shaxmat – shashka pabil’oni, bolalar temir yo’li, kutubxona, ovqatlanish va salqin ichimliklar savdo shoxobchalari bor. Bog’da Navro’z (2000 yildan) va Mustaqillik (2005 yildan bayramlarning bosh tantanalari hamda xalq sayillari o’tkaziladi, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtiriladi.

28-sentabr Xalqaro gunglar kuni
 Xalqaro karlar (qulog'i yaxshi eshitmaydiganlar) kuni 1951-yilda Butunjahon kar va soqovlar federasiyasi yaralishi sharafiga ta'sis etilgan. Statistikaga ko'ra, dunyo bo'yicha har to'qqizinchi odam eshitish qobiliyatining buzilishida aziyat chekadi.

 Eshitish qobiliyati pasayishi jarohat, kasallik natijasida yoki tug'ma bo'lishi mumkin. 

   Dunyoda 2500 ta til bor. Lekin bundan tashqari yana bir muloqat shakli borki, oxirgi paytda yanada ko'proq ilmli insonlarni qiziqtirib kelmoqda, bu imo-ishora tilidir – kongress, simpozium, konferensiya kabi kar va soqovlar tadbirlarida xizmat ko'rsatish uchun Butunjahon karlar federasiyasi 50 – yillarda "jestuno” nomli imo-ishoralar tizimini ishlab chiqdi.

   1960-yilda abbat de L’Epe Fransiyada birinchi Parij karlar institutiga asos soldi. Abbat imo-ishora tilining tarafdori edi. Karlar kam gap va odamovi degan afsonalarga ishonmang. O'nlab ajoyib va buyuk shaxslar kar bo'lishgan. P’er de Ronsar Tiklanish davri shoiri, yaxshi raqqos bo'lgan , uni "fransiya shoirlari shahzodasi” deb atashgan.

  Tarixda kar bo'lgan buyuk shaxslar ; Viktor Gyugo, Lyudving Van Betxoven – buyuk kompozitor, Antonio Sta'oli – italyan rassomi, Klod-Andre Desen – fransuz haykaltaroshi, Jan Jak Russo fransuz faylasufi va yozuvchi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.