26-yanvar - Avstraliya kuni 

3 304

Avstraliya, Avstraliya Ittifoqi (Commonwealth of Australia) – Janubiy yarimshardagi davlat, Avstraliya materigi, Tasmaniya oroli va boshqa orollarda joylashgan. Maydoni 7,682 mln km2. Poytaxti Kanberra shahri.

Avstraliya hozirgi aholisining asosiy qismi – Britaniya orollaridan ko‘chib kelganlarning avlodlari – inglizlar, irlandlar, shotlandlar bo‘lib, ular avstraliyaliklar millatini tashkil etadi. Bundan tashqari Avstraliyada ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili – ingliz tili. Eng yirik shaharlari Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.

Tarixi. XVIII asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib materikka golland dengiz sayyohlari V.Yanszon (1606) va A.Ya.Tasman (1642) kelganlar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspedisiya, jumladan J.Kuk rahbarligidagi ekspedisiyani yubordi (1770). 1788-yildan Angliya hududi deb e’lon qilindi. Milliy bayrami – Avstraliya kuni 26 yanvar.

Xo‘jaligi. Avstraliya–yuksak darajada rivojlanagan industrial agrar mamlakat. Iqtisodiyotda yirik monopoliyalar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSh va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. Avstraiya temir ruda, boksit, rutil, qo‘rg‘oshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi o‘rinda, ko‘mir, rux, mis, marganes, bug‘doy, go‘sht eksport qilishda oldingi o‘rinlardan birida turadi. Avstraliyada bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha (har bir shtatdahar xil) majburiy ta’lim beriladi.

Tasviriy san’ati. Avstraliya badiiy madaniyati ikki asosga ega. Ularning biri aborigenlar san’ati (o‘ymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, g‘orlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvirlash), ikkinchisi – yevropacha madaniyat. XVIII asrning  oxiri XIX asrninng boshlarida Avstraliya tabiatining aynan aniq tasviri (K.Martens, A.L.Byuvelot) hajviy grafika (S.T.Xill) paydo bo‘ldi. XIX asr oxiri – XX asrning 40-yillarida aborigenlarning yangi san’ati vujudga keldi (Namatjir va Pererulya oilalari). 

1992-yil 26-yanvarda Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi.
1991-yil Yaponiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olib, 1992-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatgach, 1992-yilda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1996-yilda esa O‘zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Ikki mamlakat o‘rtasida teng huquqli aloqalar o‘rnatildi. 1994-yil mayda Toshkentda O‘zbek-yapon iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi, Tokioda esa Yapon-o‘zbek iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi tashkil etildi.

Yaponiya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlaridan biri kadrlar tayyorlashdir. 2001-yil Toshkentda O‘zbekiston–Yaponiya inson resurslarini rivojlantirish markazi tashkil etildi. O‘zbek-yapon ilmiy aloqalari ham kengayib bormoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqa shaharlardagi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv dasturiga yapon tilini o‘rganish ham kiritilgan. Ikki mamlakat o‘rtasida madaniy aloqalar ham keng rivojlanmoqda. Xususan, Tokiodagi milliy nafis san’at va musiqa universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Xalqaro madaniyat karvonsaroyining ishga tushirilishi, "Jahon tinchlik qo‘ng‘irog‘i”ning barpo etilishi, Yaponiyadagi bir qancha ijtimoiy tashkilotlar ko‘magida Osaka, Fukusima, Maebasi shaharlarida doimiy faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston madaniyat uylarining ochilishi bunga yorqin misoldir. Yaponiya va O‘zbekistonda ko‘plab ko‘rgazma, taqdimot, kinofestival, milliy musiqa va raqs guruhlarining konsertlari, shuningdek, 1996-yildan O‘zbekistonda Yaponiya madaniyati kunlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

1950-yil 26-yanvar – Hindiston Respublikasi kuni.
Hindiston, Hindiston Respublikasi – Janubiy Osiyodagi davlat. Hududi shimoldan janubga  3214 km, g‘arbdan sharqqa 2933 km ga cho‘zilgan. Shimolda Himolay tog‘lari, g‘arbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qo‘ltig‘i bilan o‘ralgan. Hindiston tarkibiga Arabiston dengizidagi Lakkavid va Amindiv orollari, Bengaliya qo‘ltig‘idagi Andaman va Nikobar orollari ham kiradi. Maydoni 3,3 mln.km2. poytaxti – Dehli shahri. Ma’muriy jihatdan 28 shtat va 7 ittifoq hududga bo‘linadi.

Hindiston qirg‘oqlari ham parchalangan, past, qumli. Asosan, Hindiston yarim orollari va Hind-Gang tekisligida joylashgan; Himolay va Qoraqum tog‘larining bir qismini o‘z ichiga oladi. Hindiston hududining ¾ qismi tekislik va yassitog‘lik. Hindiston yarim orolining deyarli hammasini Dekan yassitog‘ligi egallagan. Hindiston yarim oroli shimolida allyuvial Hind-Gang tekisligi joylashgan. Yer sharidagi eng baland tog‘ tizmasi – Himolay va Qoraqum tog‘lari Hindistonni shimoldan to‘sib turadi. Hindistonda foydali qazilmalardan toshko‘mir, temir rudasi, titan, oltin, tabiiy gaz, marganes, xromit, boksit, olmos, qimmatbaho toshlar, mis, neft, slyuda, qo‘rg‘oshin konlari bor. Iqlimi, asosan, tropik iqlim, shimolda tropik mussonli iqlim. Iyun – oktyabrda issiq va nam, noyabr – fevralda quruq, salqin, mart – mayda juda issiq va quruq iqlim. Nam mavsumda yillik yog‘inning 70-90% yog‘adi.

26-yanvar – Xalqaro internetsiz kun
Dunyo bo‘yicha internet kuni bayrami nishonlanishini bilamiz, lekin yana shunday antiqa bayram bor, bu bayram - Xalqaro internetsiz kun (International Internet – Free Day). Bu kun har yili dunyo internet jamiyati  tomonidan yanvar oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi. Bayramdan maqsad – insonlarni bir kunga bo‘lsa ham kompyuter va global tarmoqdan butunlay chalg‘itish, bu esa insonlarni hayotda bir-birlari bilan o‘zaro jonli muloqotda bo‘lishlariga va o‘zlarining qiziqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishlari uchun zamin yaratadi. Bu bayram 2000 yildan boshlab nishonlanib kelinmoqda, bu kun "Britaniya ijtimoiy kashfiyotlar instituti” tashabbusi bilan joriy qilingan. Shu aniq ma’lumki, Xalqaro internetsiz kun bayrami tashkilotchilarining ko‘pchiligini aynan faol, salohiyatli internet foydalanuvchilari tashkil etadi. Shundan so‘ng global tarmoq olamida juda ko‘p o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘n yil ichida internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 5 barobarga oshdi, bu esa 3 mlrd. insonlarni tashkil etadi va shu tariqa internet rivojlangan mamlakatlarning hayot tarziga har tomonlama chuqur kirib bordi. Internet aloqaning tezligi 30 barobarga oshdi va internet imkoniyati chegaralari kengaydi. Har kuni insonlar tongni yangiliklar va internet pochtalarini ko‘rish bilan boshlaydilar, ba’zilar ishi internet bilan bog‘liq bo‘lgani sababli sutkalab o‘tirishadi. Kimdir chatda, forumlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda soatlab o‘tirishadi, ba’zilar kino va ko‘rsatuvlar ko‘rishadi, kimdir u yerda nimadir sotib oladi yoki uydan chiqmagan holda buyurtma qiladilar. Bizning hayotimizni qiziqarli va osonlashtiradigan barcha narsalar va internet ham o‘zimizdan mustaqil bo‘lishga majburlaydi. Ko‘pchilik odamlar hech qachon o‘z telefonlaridan, smartfonlaridan, planshetlaridan, noutbuklaridan ajralmaydilar, o‘zlarining yaqin kishilaridan ko‘ra virtual do‘st va tanishlariga katta e’tibor qaratishadi. Albatta, ko‘p insonlar uchun internet bugun – muhim ma’lumotlar va ish manbai hisoblanadi buni, hech kim inkor etolmaydi. Barcha narsada me’yorni bilish juda muhim, axir internet – bu butun hayot emas. Internetdan "o‘z manfaatida foydalanish” shunday oqibatlarga olib kelishini ham inkor etib bo‘lmaydi – vaqtni behuda ketgazish va sog‘liq uchun zarar.Oxirgi 10 yil ichida internet tezligi va undan foydalanuvchilar soni keskin oshdi, hamda "kiberaddiksiya”, "setegolizm”, "infomaniya” kabi turli terminlar paydo bo‘ldi. Afsuski,  virtual muhit ko‘pchilik uchun haqiqiy dunyoga qaraganda, juda  qulay va shinam bo‘ldi.  Ko‘pchilik ota-onalar va mutaxassislarda yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga tobe bo‘lib qolganliklari jiddiy xavf uyg‘otmoqda. Shu sabbali bugun shunday savol tug‘iladi – barcha narsaga qodir internetdan, butunjahon o‘rgimchak to‘rida qattiq o‘ralashib qolgan zamonaviy foydalanuvchi hech bo‘lmaganda bir kun butunlay voz kechishi mumkinmi? Axir, haqiqiy hayotda qiziqarli narsalar juda ko‘p. Umid qilamizki, hali bunchalik yomon emas. Internetsiz kun bayrami  tadbirlari dunyo miqyosida yildan yilga faollashib bormoqda. Axir aksiya tashkilotchilari internetga qarshi kurash olib bormaydilar. Ular yoshlarni haqiqiy hayotdagi qiziqarli va maroqli narsalarga e’tiborli bo‘lishlarini istaydilar.Va hech bo‘lmaganda bir kungina yaqin kishilari bilan uchrashib, suhbatlashishi, muzey yoki ko‘rgazmaga borishi, yoki sayr qilishi mumkin.Hozirgi kunda kutubxonalar shu bayramga bag‘ishlab turli ma’naviy- madaniy tadbirlar uyushtirmoqdalar. "Xalqaro internetsiz kun” bayramini  siz ham tarmoqsiz o‘z xohishingiz  bilan xursandchilik uchun bu bayramni nishonlang. Axir, haqiqiy hayotda juda ko‘p narsalar qiziqarli va idrok qilinmagan, ulgurmagan va unitilgan, yoqimli va sevimli...

26-yanvar – Xalqaro bojxonachilar kuni
Bojxona hamkorligi kengashi (hozirgi Jahon bojxona tashkiloti)ning 1993-yil 25-yanvardagi Qaroriga asosan har yili 26-yanvarda Хalqaro bojxonachilar kuni dunyo bo’ylab keng nishonalanadi.

Ma’lumki, ushbu tashkilotning tarixi 1947-yildan boshlangan. Dastlab Evropaning 13 ta davlatini o’zida birlashtirgan va Ishchi guruh tarzida faoliyatini boshlagan mazkur birlashma 1950-yilda Kengash tarzida faoliyat olib borish uchun o’z Konventsiyasini imzoladi. 1952-yilga kelib, mazkur Konventsiya kuchga kiritildi. 1953-yilning 26-yanvarida esa Kengashning Inauguratsiya sessiyasi bo’lib o’tdi. 1994-yildan esa Kengash Jaxon bojxona tashkiloti nomini oldi va unga hozirda 178 ta davlatlar a’zo hisoblanadi.

Dunyo bo’ylab savdo aylanmasining 98% ulushi Jahon bojxona tashkilotiga a’zo davlatlar ulushiga to’g’ri keladi. JBT rasmiy tillari - ingliz va frantsuz tili, ba’zi qo’mitalarda ispan va rus tilidan ham foydalanadilar. JBTning yuqori organlari sifatida barcha a’zo mamlakatlarning rahbarlaridan iborat Kengash, 24 davlat vakillarini o’z ichiga olgan Siyosiy komissiya va 17 mamlakat vakilaridan iborat Moliya qo’mitasi faoliyat yuritadi. JBTning doimiy ishlaydigan organi - Kotibiyat Bryusselda joylashgan bo’lib, unda 105 ta xodimlar, jumladan 68 davlatning doimiy vakillari faoliyat yuritishadi. JBT qarorgohida narkotiklar va o’ta xatarli tovarlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashishda axborotlar almashinuvini ta’minlashga xizmat qiluvchi huquqni muhofvaza qiluvchi Markaziy tarmoq (CEN) tashkil etilgan bo’lib, u 11 ta mintaqaviy aloqa uzeli (RILO) ni o’z ichiga oladi.

Jahon bojxona tashkiloti faoliyatida sohaga doir xalqaro konventsiyalar va bojxona ishining boshqa huquqiy normalarini ishlab chiqish, o’zgartirishlar kiritish va amaliyotga joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yo’nalishda JBTning Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorligi a’lo darajada yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu orqali mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro tijorat ayirboshlovini uyg’unlashtirishga erishilmoqda. Natijada, bugunga kelib barcha tovarlarni tashishga nisbatan qo’llaniladigan xalqaro qoidalar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi.

O’zbekiston ham 1992-yil 28-iyuldan beri mazkur tashkilotga a’zo hisoblanadi. Mamlakatimiz 21 ta xalqaro bojxona konventsiyasining a’zosi bo’lib, bugunga kelib Jahon bojxona tashkiloti ishida faol ishtirok etyapti. O’zbekistonning 1995-yilda Siyosiy komissiya a’zosi etib, 2001-yilda esa Moliya qo’mitasi tarkibiga saylanishi ham mamlakatimiz xalqaro bojxona hamjamiyati tomonidan munosib e’tirof etilganidan dalolat beradi. Ushbu ko’p yillik hamkorlik respublikamiz huquqiy bazasini xalqaro konventsiyalar va bojxona ishining boshqa xalqaro me’yorlariga yaqinlashtirishga imkon berdi. Bojxona sohasidagi qonunchiligimiz umumqabul qilingan xalqaro standartlar, me’yorlar va amaliyot bilan birxillashtirish hamda uyg’unlashtirish yo’nalishida rivojlanmoqda, bu esa respublika bojxona siyosati yutuqlarini mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim dalili deb e’tirof etishni ta’minlaydi.

Bojxona taomillarini soddalashtirish va uyg’unlashtirish to’g’risida xalqaro konventsiyaning (Kioto konventsiyasi) 1999-yil iyunda ma’qullangan yangi versiyasi JBTning eng kata va muhim yutug’iga aylandi. Kengashning 2005-yildagi sessiyalarida Xavfsizlik va jahonda savdoni engillashtirishning hadli standartlari qabul qilinishi ham xalqaro bojxona hamjamiyati uchun muhim voqea bo’ldi.

Xalqaro bojxonachilar kuni nafaqat dunyo davlatlari bojxona xizmatlarining o’zaro hamkorligini namoyish etish, balki iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga erishishda bojxonaning muhim ishtirokiga yana bir karra keng jamoatchilik e’tiborini jalb qilish imkonini beradi. Mazkur sanani dunyodagi 800 mingdan ziyod bojxonachilar keng nishonlaydi. Ular orasida 4 mingdan ortiq O’zbekiston bojxonasi xodimlari ham bor.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.