13-fevral – Xalqaro radio kuni 

1 861

 
13-fevralda dunyo bo‘yicha  Xalqaro radio kuni nishonlanadi. Bu bayramni o‘tkazishdan  maqsad – radioni aloqa vositasi sifatidagi ahamiyatini, radio eshittirish kompaniyalarning xalqaro hamkorligini mustahkamlash, hamda yirik ommaviy axborot vositalari va mahalliy radiostansiyalardan axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish,  fikr  bildirish erkinligi va radioto‘lqinlarda tender tenglikni rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish.

 Raqamli texnalogiya asrida radio dunyo bo‘yicha eng ko‘p sonli tinglovchilar uchun aloqa va muloqot  vositasi bo‘lib kelmoqda. Radio tender tengligini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha  YuNESKOga ko‘maklashishda xizmat qiladi.

 Tender tengligini kengaytirish bo‘yicha dunyoning barcha burchaklarida Xalqaro radio kuni bayrami YuNESKO tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda  olib boriladi:
  • radio eshittirish kompaniyalarining rahbarlari va egalari, jurnalistlar va hokimiyatning tender siyosatini rivojlantirishga  e’tiborini qaratish;
  • radioda bir xillikdan xalos bo‘lish;
  • radiodasturlar yaratishda yoshlarning, ayniqsa, prodyuser, radioboshlovchi, reportyor bo‘lishga intilayotgan qizlarning bilimini kengaytirish;
  • ayol radiojurnalistlarning xavfsizligini ta’minlashni mustahkamlash.
  Tashkilotchilar mahalliy, milliy, xalqaro radio eshittirish kompaniyalari, turli ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlari va keng xalq ommasi bilan hamkorlikda Xalqaro radio kunini nishonlashga barcha mamlakatlarni ishtirok etishga  chaqiradi.

2001-yil 13-fevralda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan kun.
Aholining ijtimoiy himoyasi bo‘yicha davlat boshqaruvini mukammallashtirish maqsadida Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi birlashtirilib, O‘zbekitson Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etildi. Vazirlik tizimidagi 14 ta – Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari, joylardagi tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limlari ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini pensiyalar va nafaqalar bilan ta’minlash, davlat tomonidan belgilangan yordam, imtiyozlar va kafolatlarning manzilli yetkazilishini tashkillashtirish va nazoratini olib borish vazifalarini bajaradi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.