U - harfiga oid izohli lug`atlar 

10 125

Uval- yokbarri siya, bora-bora tevarak-agrofdagi tekislikka qo`shilib ketadigan yassi qir­lar. Uvalning nisbiy balandligi 200 metrdan oshmaydi.

Uzilma- yer po`sti ayrim qismlarining vertikal yoki qiya yoriq bo`ylab yuqoriga ko`tarilib qolishi yoki cho`kishi.

Unguz - qoldiq daryo vodiysi, qoldiq o`zan. Turkmanistonda, xususan, Qoraqumda ko`p uchraydi­gan qoldiq quruq o`zanlar shu atama bilan yuritiladi.

Ungur – g`or, tog` qoyalari orasidagi yoriqlar. Turkiston, Nurota, Chotqol tog`larida keng kalta g`orlar ungur deyiladi.

Undiruvchi sanoat - xilma-xil xom ashyo va yoqilg`i undirish, qazib chiqarish bilan shug`ullanadigan ishlab chiqarish sohasi. Kon sanoati, yog`och tayyorlash, baliq ovlash, ovchilik va boshqalar undiruvchi sanoatning aso­siy tarmoqlaridir.

Unitar davlat (fransuzcha unitayre-yagona) - o`zini-o`zi ido­ra qiladigan qismlarga bo`linmagan, yagona qonunlari va yagona markaziy hokimiyat organlariga ega bo`lgan yaxlit davlat.

Uran rudalari - tarkibida ajratib olish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq miqdorda uran bo`lgan mineral birikmalar. Tabiatda 100 dan ortiq uranli mineral ma’lum, shulardan 12 tasi amaliy ahamiyatga ega. Bulardan eng muhimi - uraninit. Konlari: AQSh, Kanada, JAR, Xitoy, Avstraliya va Fransiya.

Urbanizatsiya (lotincha urbs - shahar)-shaharlarning ko`payishi va o`sishi hamda aksari iqtisodiy hududlar yadrosiga aylanishi. Urbanizatsiya fan-texnika inqilobi davrida keskin avj olgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo`lib, shaharlarning o`sishi, shaharlarda, xususan yirik shaharlarda aholining ko`­payishi, barcha aholi punktlarida shahar turmush tarzining tarqalishi, iqtisodiyotning asosan shaharlarga xizmat qilishida o`z aksini topadi.

Urochishe- tabiiy landshaft­ning morfologik birligi. Urochishe o`z navbatida, eng kichik morfologik birlik bo`lmish fatsiyalardan tash­kil topadi. Urochishelar landshaft fonida biror muhim tabiiy belgisi bilan alohida ajralib tu­radi. Masalan, dasht yoki cho`l landshaftlaridagi botiq, jar, daryo vodiysidagi daraxtzor yoki bo`tazor va h.k.

Ustyurt (ustirt) - qozoq va qoraqalpoqlarda atrofdagi joylardan baland usti tekis yerlar, yassi qirlar. Ustyurt nomi ham shu atamadan olingan.

Uchma– tog` yo`li, jar yoqasi, qulab tushadigan chuqur jarlik.

Ushuk sovuq - kuzda, erta bahorda bo`lib turadigan sovuq. Ushuk sovuq ekinlarga ko`pincha zarar keltiradi. Bunday sovuq urishi ushuk urish deb ham yuritiladi.

Uzboy - qurib qolgan o`zan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.