Yuklanmoqda...

X - harfiga oid bo`lgan ma`lumotlar to`plami 

1206

Xalq xo`jaligi - biron mam­lakatning ishlab chiqarish va mehnatining barcha sohalarini qamrab oladigan xo`jalik. Xalq xo`jaligi mam­lakatning sanoati, qishloq xo`jaligi va transportinigina emas, aloqa, bank, savdo-sotiq korxonalarini ham o`z ichiga oladi.

Xalqaro geofizik yil – 1957-yil 1-iyuldan 1958-yil 31-dekabrga­cha o`tgan davr; ana shu davr davo­mida kelishilgan dasturlar asosida turli mamlakatlarning olimlari Yerni tadqiq etishgan. Bu «yil»- ikki marta o`tkazilgan Xalqaro qutbiy yillar (1882-1883 va 1932-1933) davomidir. Yer sharini tadqiq qilishda 65 mamlakat, jumladan Antarktidani o`rganishda 12 mamlakat olim­lari ishtirok etdilar. Maxsus ekspeditsiyalar okean va dengizlarni o`rganib, yangi suv osti tiz­malari, o`ta chuqur botiqlarni, fanga noma’lum bo`lgan 200 dan ortiq hayvon turini kashf etdi­lar. 3-Xalqaro geofizik yilda yangi tadqiqot usullari joriy qilindi; aviatsiya, raketa, sun’iy yuldoshlar, suv osti fotografiyasi va boshqalardan foydalanildi. 3-Xalqaro geofizik yil davrida barcha ekspeditsiyalarning materiallari ikki markazda - Moskva bilan Vashingtonda yig`ildi va saqlandi. 3-Xalqaro geofizik yil tugagandan so`ng xalqaro ilmiy kuchlar yordamida yer bilan kosmik fazoni o`rganish davom etmoqda.

Xalqaro mehnat taqsimoti - ijtimoiy hududiy mehnat taqsimotining oliy formasi, ayrim mamlakatlarning almashish (sotish) uchun muayyan turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashishi.

Xobub (arabcha xobub - chang) - Sudanda ko`pincha yoz vaqtida tez-tez bo`lib turadigan qum, chang bo`roni.

Xom ashyo - ishlab chiqarish uchun mehnat sarf bo`lgan, lekin hali ishlov berilmagan yoki qayta ishlanmagan material yoki mahsulotlar. Xom ashyo ishlov beruvchi sa­noat uchun dastlabki materialdir. Energetika yoqilg`isi xom ashyosi (neft, tabiiy gaz, ko`mir, yonuvchi slanets, uran), metallurgiya xom ashyosi (turli metall rudalari, barit, plavik shpat, oltingugurt), tex­nik xom ashyo (olmos, grafit, slyuda) va sun’iy xom ashyolar bo`ladi. Qishloq xo`jaligi, o`rmon, baliq sanoati xom ashyolari – g`alla va texnika ekinlari, yog`och-taxta, g`usht, baliq, sut, xom teri, jun va b. Ishlov berilgan, lekin hali tayyor mahsulot hisoblanmagan (tayyor mahsulotga aylanishi uchun yanada ishlanadigan) Xom ashyo yarim fabrikat deb ataladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash