Qizil va ko‘kish yoqutli bulutlarga ega sayyora aniqlandi 

2 989

Britaniyalik astronomlar aniqlagan HAT-P-7 b ekzosayyorasi atmosferasida bulutlar korunddan hosil bo‘lishi ma’lum qilindi. Korund mineralining boshqa ko‘rinishlari qizil va ko‘kish yoqutlar hisoblanadi. Nature Astronomy jurnalida chop etilgan tadqiqotning qisqacha mazmunini EurekAlert xabar qildi.
 

"HAT-P-7 b suv ko‘tarilishi fazasidagi sayyoradir — u o‘z yulduziga har doim bir tarafi bilan qarab turadi. Bizningcha, bulutlar sayyoraning sovuq tungi tomonida hosil bo‘lib, qaynoq kunduzgi tomonida bug‘lanadi”, — ta’kidladi yetakchi muallif Devid Armstrong.

HAT-P-7 b samoviy jismi Quyosh tizimidan chetdagi kuchli shamollar kuzatilgan birinchi gaz giganti bo‘lib chiqdi. Kashfiyot Kepler kosmik teleskopi yordamida amalga oshirildi.


Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.