Ishonmaysizmi? Keniyada sigir o'ziga hujum qilgan sherni bo'g'ib o'ldirdi 

2 787

Keniya sharqidagi Meru milliy bog'idan qochib ketgan sher yaqin atrofdagi qishloqlarda ko'plab sigir va echkilarning umriga zomin bo'ldi, ammo ulardan biri oxir-oqibat, yirtqichning sho'rini quritdi, deb yozadi Daryo.uz nashri.

6-sentabr kuni kechqurun sher qishloq uylaridan birining yonidan bo'g'ib o'ldirilgan holatda topilgan. Uning bo'yniga arqon o'rab tashlangan. Voqeani tekshirgan hukumat vakillari taxmin qilishicha, sher hovlidagi sigirga hamla qilmoqchi bo'lgan, ammo u qochib ketishga urinib, o'zi bog'lab qo'yilgan arqon bilan tasodifan sherni bo'ynidan o'rab qo'ygan, u esa bo'g'ilib o'lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.