Osiyo hayvonlari 

5 864

Osiyo - dunyoning eng ulkan qismi hisoblanib (uning umumiy hududi 43,4 mln. kv. km.ni tashkll etadi) Yevropa bllan birgalikda Yevroosiyo qit’asini hosil qiladi. Osiyo Afrika va Suvaysh kanali bilan tutashgan bo'lib, Shimoliy Amerikadan uni Bering bo‘g‘ozi ajratib turadi. Ushbu qit’a bir yo‘la to'rtta okean suvlaridan bahramanddir. Uning bag'rida ko'plab ulkan orollar mavjud. Osiyoning hayvonot olaml yer yuzidagi deyarli barcha hayvon turlariga egaligi bilan ajralib turadi. Bizning jonajon 0‘zbekistonimiz ham hayvonot olamlga nihoyatda boy o`lkadir. Tabiatga mehr-muhabbat bllan munosabatda bolish, uni asrab-avaylash, zarur ekologik shart-sharoitlarni yaratish orqali jannatmonand yurtimizdagi noyob hayvon turlarini saqlab qolishning keng imkoniyatlari yaratilmoqda.

Masalan, tundrada shimol bug'usi, shimol tulkisi, oqsichqon, latcha(ariq sichqoni) yashasa, dengizlar sohilida tyulenlar va dengiz mushuklari - morjlar, oq ayiqlar yashaydi, o‘rmonlar hududida esa bug'usimonlarning ko'pgina turlari, xususan, kiyik, kosulya kabi hayvonlar, rosomaxa, silovsin, kamchatka suvsari kabi yirtqichiar umr kechiradi. Dasht va cho'llarda hamda tog‘ hududlarida antilopalar, yovvoyi echkilar, qo'ylar, shuningdek, qoplonlar, gepard - ya’ni chitalar, shoqollar uchraydi. 0‘rmonlarda esa karkidon, yovvoyi buqalarni, Hindiston fillarini, qisqa xartumll sutemizuvchi hayvon-tapirlarni, shu bilan birga, yo'lbarslarni uchratish mumkin. Shuningdek, bu qit’ada qushlar, sudralib yuruvchi va hasharotlarning ham yuzlab turlari bor.
 
Osiyo fili 
Osiyo fili, yoki Hindistonfili-xartumlilar oilasiga kiruvchi sutemizuvchidir. Osiyo fili gavdasining kattaliglga ko‘ra yer yuzida savanna filidan keyin ikkinchi o'rinda turadigan hayvondir. Uning gavdasi ham nihoyatda haybatli - keksa yoshdagi erkak fiilarning tana vazni 5,4 tonnagacha, yelkasi balandligi esa 2,5 -3,5 metrgacha yetadi.
Ikki o`rkachli tuya
Ikki o‘rkachli tuya, yoki baqtriyanlar - tuyasimonlar oilasining eng yirik vakilidir. Ularning yag'rin balandligi 2 metrdan oshadi, ba’zilarida esa bu ko'rsatkich 210 va hatto 230 sm gacha yetishi mumkin. Katta yoshdagi erkaktuyaning o'rtacha vazni 500 kg atrofida bo'ladi.
Prjevalskiy oti
Prjevalskiy oti - Markaziy Osiyoda yashaydigan yovvoyi ot turlaridan biridir. Prjevalskiy otining tana uzunligi 200 sm, o'rtacha yag'rin balandligi esa 130 sm ga yetadi. Bu turdagi otlarning tana vazni 300-350 kg ni tashkil qiiadi.
Bengaliya yo‘lbarsi 
Bengaliya yo`lbarsi - yo'lbarslar kichik oilasiga mansub yirtqich hayvon. Uning umumiy tana uzunligi 270 sm.dan to 310 sm.gacha yetishi mumkin. Yag'rinining balandligi 90 sm dan 110 sm gacha bo'lishi mumkin. 0‘rtacha vazni 221,2 kg ni tashkil qiladi.
Kulrang leopard
Kulrang leopard - mushuksimonlar oilasining vakili. Bu yirtqichnmg tana uzunligi 80-100 sm, dumimng uzunligi esa - 75-92 sm bo’ladi. Vazni 16 kg dan 21 kg gacha yetishi mumkin. Yag'rinining balandligi 50-55 smni tashkil etadi.
Karakal
Karakal, yoki cho‘l (dasht) silovsini - mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi. Tanasining uzunligi 65-82 sm. Dumining uzunligi - 25-30 sm. Yag‘rinlarining balandligi 45 sm; vazni esa 11-19 kgni tashkil qiladi.
Qizil bo‘ri
Qizil bo‘ri, yoki tog‘ bo‘risi - itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvon turidir. Tana uzunligi 76-110 sm. Vazni esa 17-21 kg gacha yetishi mumkin. Uning tashqi qiyofasida bir paytning o'zida bo'rining, tulkining hamda chiyabo‘rining alomatlari mujassamdir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.