Vodoprovod jumragidagi filtr 

2 993

 Xonadonimizdagi vodoprovod jo'mraklaridan oqayotgan suvning tashqi ko‘rinishi, tozaligi bizni qoniqtiradimi?
 Agarda shunday suvni toza stakan yoki shisha idishda tindirsak, idish devorlari va tubida suvdan cho‘kkan kulrang, ayrim hollarda qizg‘ish-jigarrang aralashmalarni kuzatsak bo`ladi.
 Nega bunday? Axir vodoprovod stansiyalarida suvni iste’molchilarga yuborishdan avval yaxshilab tozalashadi-ku, reagentlar bilan ishlov berishadi, tindirishadi, filtrlashadi, xlor qo‘shishadi.
 Gap shundaki, tozalangan suv vodoprovod tarmoqlariga tushib, qayta ifloslanishi mumkin, chunki suv quvurlari hamma vaqt ham soz holda emas.
Suvdagi qum, loy, noxush hidlar unga suv quvurlari orqali tushishi mumkin. Suvdagi zanglar.esa xonadonimizdagi suv quvurlari chiriganidan dalolat. Suvning noxush tashqi ko'rinishi uni xo‘jalikda kir va idish-tovoq yuvish, pol artishda foydalanishga yaroqsiz qiladi.
 Bunday suvni qaynatmasdan turib ichishni umuman tavsiya qilmaymiz.
 Ushbu suvdan qanday foydalanish mumkin? Albatta, avval tindirib, so‘ngra qaynatish kerak. Yana boshqa usullari ham bor.
 Vodoprovod jo‘mraklariga maxsus maishiy filtr o‘rnatib suvning sifatini yaxshilash mumkin. Bunday filtrlar xo‘jalik do ‘konlarida anchadan buyon sotilmoqda va suv muammolariga duch kelingan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanib kelinmoqda.
Maishiy filtrlar suvni begona aralashmalardan tozalashga mo‘ljallangan maxsus moddalar qatlamidan iboratdir.
  Barcha filtrlarda suvning loyqasini tindirish uchun inert qatlami ya’ni, hech qaysi unsur bilan o‘zaro bog‘lanmaydigan qatlai bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, moslamalarda ionitlar bo'lishi kerak. Ularning vazifasi suvga tasodifan tushib qolgan metallar, masalan temir ionlarini chiqarib tashlashdan iborat. Va, nihoyat, har bir filtrda suvdan begona hid va organik moddalami chiqarib tashlash uchun faol ko‘mir qatlami bo'lishi kerak.
Uzoq vaqt ishlatilgan filtr ifloslanganda, uning ichki qismi yangisiga almashtiriladi va undan yana foydalanish mumkin.
  Filtrni o‘zingiz ham yasashingiz mumkin, inert material o‘rniga yuvilgan daryo qumi, faol ko‘mir o'rniga esa - dorixonadan shu nomdagi maydalangan tabletkalarni sotib olish mumkin. Ionitlar masalasi biroz qiyinroq. Ularni topish oson emas, lekin ularsiz ham amal-taqal qilsa bo‘ladi. Filtrning qobig‘i sifatida mineral suvning plastmassa butilkasidan foydalanishingiz mumkin. Bu ishga astoydil kirishmoqchi bo’lsangiz, omad yor bo’lsin!

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.