"Suv! Sen nafaqat hayot uchun zarursan, balki hayotning o`zisan" 

8 588

   "Suv! Sen nafaqat hayot uchun zarursan, balki hayotning o`zisan"
A.Sent-Ekzyuperi
 Suv sayyoramizning tabiiy boyliklari orasida alohida o‘rin egallaydi. Barcha organizmlaming hayot faoliyati ularning tana a’zosi, to‘qima va hujayralaridagi mavjud suv hamda ulami o’rab turgan suvga bog`liq.
  Suvning о ‘rnini hech narsa bosolmaydi, u jonii va jonsiz tabiatni biriasntiruvchi muhim bo‘g‘imdir.
  Suv nafaqat atrofimizni qamrab olgan, balki tana a’zomizning 70 foizi suvdan iboratdir. Butun koinot bo’yicha ham yer o’zidagi mavjid suvi bilan noyobdir. Yer yuzining 70 foizidan ko'proq qismini suv egallagan. Uning 95 foizi dengiz va okeanlarga to‘g‘ri keladi, 4 foizi esa Arktika va Antarktida muzliklariga va faqat 1 foizi daryo va ко‘llar suvidir. Yer yuzidagi suvning umumiy miqdori o‘rtacha 2 mlrd. km.kubni tashkil qiladi.
  Biz suvni ichamiz, sepamiz va suvga sho’ng’iy turib uning qanchalik tanqisligini tasavvur qilmaymiz, to’g’rirog’i, avval tasavvur qilmas edik. Endi bu sayyoralararo fazoviy uchishlar tufayli aniq isbotlangan. Mars va Zuhroda faqat suvning izlari topilgan.
Inson hayoti uchun, ayniqsa issiq iqlim sharoitida yashovchilar uchun suv katta ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan suv eng katta boylik hisoblangan. Ajdodlarimiz suvni Olloh tomonidan ato etilgan muqaddas narsa deb bilishgan. Suvni hurmat qilishgan va avaylashgan. Suvni ifloslantirish katta gunoh hisoblangan.
  Inson hayoti uchun zarur bo‘lgan chuchuk suv uncha ko‘p emas - u tabiiy suvlar umumiy hajmining faqat 2,5 foizini tashkil etadi. Qolgan 97,5 foizi okean vadengizlar, sho’rko‘llar, yer ostidagi tuzli suvlarga to‘g‘ri keladi. Chuchuk suvning asosiy qismi (24 mln. km.kub) Arktika, Antarktida va Grelandiya muzliklariga to‘g‘ri keladi.
  Inson o‘ylamay suvni isrof qilishi va ifloslantirishi natijasida uning o‘zi, hayvonot vao‘simlik olami uchun zarur bo‘lgan tozaichimlik suvi kamayib ketyapti. Hoziming o‘zida sayyoramizda 2 milliardga yaqin kishi toza ichimlik suvini iste’mol qilishdan mahmmdir.
Hozirgi kunda jamiyat ichimlik suvi yetishmasligi muammosiga duch kelmoqda. Ushbu muammo bizning respublikamizda ham bor.
  Bugungi kunda 0‘zbekiston aholisining faqat 40 foizi toza suv iste’mol qilmoqda. Bu, asosan, katta shaharlar va tog‘ qishloqlari aholisidir. Ichimlik suvi tanqisligini, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston va respublikamizning shimoliy viloyatlari aholisi boshdan kechirmoqda. Ushbu hududlarda suv juda sho‘r. Murakkab va qimmatbaho texnologiyalarni qo‘llabgina suvni turli zararli tuzlardan tozalash mumkin. Respublikamiz olimlari barchamizga toza suv yetkazib berish, toza suvni kelgusi avlodlarga yetarli darajada qoldirish muammosi ustida izlanishlar olib borishmoqda. Biz esa ichimlik suvi manbalari cheklanganligi haqida unutmasligimiz va suvni tejashimiz lozim.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.