Ehtiyot bo`ling! Lyuminessent chiroqlar! 

3 427

 Sizlarni oldindan ogohlantirib qo'ymoqchimiz, eski va singan lyuminessent chiroqlar, ya’ni kunduzgi yoritish chiroqlari eng xavfli chiqindilarga kiradi. Bunday chiroqlami siz ishxonalar, maktablar, kasalxonalar, do'konlar vaba’zi xonadonlarda ham uchratgansiz.
Har bir lyuminessent chiroqda 150 mg.gacha simob bo'ladi. Yaroqsiz boiib qolgan chiroqlar axlatga tashlanadi va sinadi, ularning ichidagi simob havo va tuproqni ifloslantiradi, yog’in-sochin suvi bilan ochiq suv havzalariga tushadi.
 Faqat bitta singan lyuminessent chiroq 500 ming m.kub havodagi yo‘l qo‘yilishi mumkin bo’lgan simob zichligini buzadi.
 Ishlab chiqarilayotgan chiroqlar soni oshar ekan, buzilayotgan chiroqlar soni ham ko"paymoqda, agar singan chiroqlami axlatga tashlashni davom ettiraversak, atrof-muhitimizdagi simob zichligi me’yoridan oshib ketadi.
  Ammo bunga chek qo‘yish mumkin. Lyuminessent chiroqlarni axlatga tashlamay ulardan simob oladigan manba sifatida foydalansak bo‘ladi.
  Buning uchun buzilgan chiroqlami shahar axlatxonasiga tashlamasdan, ulami qayta ishlovchi maxsus korxonalarga topshirish lozim. Respublikamizning ayrim viloyatlarida bunday korxonalar bor va ularda turli sanoat ob'yektlaridan keltiriladigan chiroqlar qayta ishlanmoqda. Xonadoningizdagi eski chiroqlar mazkur korxonalarga yetib borishi uchun ularni axlatga tashlamay, maishiy chiqindilarni yig‘ish shoxobchasi xodimiga topshiring.
Singan chiroqni ehtiyotkorlik bilan em xaltaga o‘rang va qo‘lingizni yaxshilab yuving. Yodingizda bo‘lsin, chiroq ichidagi simob kuchli zaharli modda hisoblanadi!

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.