Robinzon oroli 

4 476

«Robinzon  Kruzo» romanini  o‘qimagan bola kam  topiladi. Shu  nomli  kinofilmni ham  ko‘rgandirsiz. 

Ingliz adibi Daniel Defo 400 dan ortiq badiiy asarlar yaratgan  bo‘lsa-da, uning qabr toshiga Daniel Defo, «Robinzon Kruzo» muallifi. 1731-yil 24-aprelda 70 yoshida vafot etgan»  deb yozib  qo‘yilgan. Haqiqatdan ham  shu  asar Defo  shuhratini butun dunyoga tanitdi. Buning  sababi bor, albatta. 

Defo yashagan davrda biror bir gunoh qilgan matrosni kimsasiz orollarga yolg‘iz  qoldiribketish odat bo‘lgan. Ana shunday jazoga Angliyaga qarashli «5-port» nomli kemaning shturmani, 28 yoshli  shotland Aleksandr Selkirk ham mahkum bo`Lgan. U kapitan bilan aytishgani uchun («Kema  eskirgan, suzish xavfli» desa ham kapitan unga quloq solmagan. Selkirk haq bo‘lib chiqdi, ko‘p o‘tmay kema halok bo`ldi)  Mas-a-Terra oroliga tushirib qoldirilgan.  Selkirk xilvat orolda yakka o‘zi echki ovlab, toshbaqa go‘shti yeb, teriga o‘ralib to‘rt yil - u to‘rt oy yashaydi. 1709-yildagina boshqa  bir o‘tkinchi kema uni qutqarib qolgan. Hatto yangi kemada yana matroslik va kapitan yordamchisi vazifasida  ishlagan.

Defo, shubhasiz, o‘z asarining qahramoniga Selkirkning sarguzashtini asos qilib olgan.

Xo‘sh, Selkirk, ya’ni Robinzon Kruzo yashagan orol hozir ham bormi? Bor. U Janubiy Amerikaning Tinch okean tomonida, Chili qirg‘oqlaridan 600 kilometr G‘arbda Xuan-Femandes orollari tarkibida. Mas-a-Terra orolchasini ko'pchilik «Robinzon oroli» ham deb atashadi. Boshqa bir orolchaga Aleksandr Selkirk nomi  berilgan. 0‘sha orolga borib kelgan  sayyohlaming  tasvirlashicha,  orol qarovsiz qolgan, u yerda endi xushmanzara o‘rmon va qimmatbaho daraxtlar yo‘q. Hamma yoq toshloq, jarlik, o‘nqir-cho‘nqir. Ammo bir Qoyatoshga  Selkirk xotirasiga yodgorlik taxtasi  o‘matilgan.

Xuan-Femandes  orolida majburan  qo‘nib  qolgan boshqa  robinzonlar  ham bo`lgan:  1563-yili  bu orolga  birinchi  bo`lib ispan  dengizchisi Xuan-Femandes  kelgan va bir necha yil  shu  yerda hayot kechirgan.  Keyinchalik  uch-to‘rt kishi  birgalashib  yashashgan. Demak,  orolni  «Robinzonlar oroli»  desa  ham bo`lar  ekan.

Markaziy  Amerikadagi Tobago  orolining  aholisi o‘z  mehmonlariga,  Robinzon Kruzo  bizning  orolda yashagan,  deb  maqtanishni xush  ko‘radilar. Hatto, «Tobago  Robinzon  Kruzo» tamg‘asi  tushirilgan  yodgorliklar ham  sotiladi.  Nachora, «Robinzon»  nomi  shuqadar  mashhur bo`lib  ketganki, dunyoning  boshqa joylarida ham unga da’vogarlar bo`laversin.

Manba:  “Qiziqarli geografiya” Vahob Asomovich  Rafiqov
«Sharq»  nashr iyoti-matbaa  aksiyadorlik kompaniyasi  
Bosh tahririyati  Toshkent-2010

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.