Yangi yil boshqa davlatlarda qanday kutib olinishini bilasizmi?


Yangi yilni butun dunyo xalqlari o’zgacha shukuh bilan qarshilaydi. Ushbu bayramning e’tiborli jihati shundaki, u har bir mamlakatda turlicha nishonlanadi va asrlar davomida yashab kelayotgan urf-odat va udumlarga boy.

Yangi yil kuni Kolumbiya ko’chalarida eski yilning ramzi sifatida uzun yog’och oyoqli qo’g’irchoq-odamlarni uchratish mumkin. Shotlandlar «Xonadon o’chog’idagi olov hech qachon o’chmasin, dasturxoni esa to’kin bo’lsin» degan niyatda mezbonnikiga ko’mir bo’lagini olib borishadi. Angliya, Italiya, Xitoy, Vyetnam kabi davlatlarda Yangi yilni kutib olish bilan bog’liq qadimiy an’analar haqida esa maqolamiz davomida bilib olasiz.

Tuz – boylik ramzi
Angliyada 1752 yilda Yangi yil rasmiy bayram maqomini olgan. 1843 yilda esa ushbu sana munosabati bilan yoru do’stlarga tabrik xati yuborish an’anasi paydo bo’lgan. Shu kuni London ko’chalarida katta sayl uyushtirilib, Berkli maydoniga kelgan har bir kishi karnaval ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

Inglizlar Yangi yildagi birinchi mehmon xonadon a’zolariga albatta omad keltirishiga ishonishadi. Shu bois ko’pincha yosh, kelishgan va sog’lom yigitni kutishadi. Malla, sariq sochli erkaklar, shuningdek, ayollar iloji boricha uyga qo’yilmaydi. Mamlakatning ba’zi joylarida sochning rangiga e’tibor qilishmaydi. Odamlar mehmondorchilikka non, pirog, tuz va bir bo’lak ko’mir olib borishadi. Chunki non va pirog mo’l-ko’llik, ko’mir issiqlik, tuz esa boylik ramzi hisoblanadi.

Londondagi mashhur «Big Ben» soati 24 ga bong urganda mushakbozlik boshlanadi va hamma bayram madhiyasini kuylaydi. Qadimiy taomilga ko’ra shu onlarda eski yilni kuzatish va Yangi yilni kutib olish uchun uy eshiklari ochib qo’yiladi.

Qarz eski yilda qolishi kerak
Italiyada Yangi yil Capodanno deb nomlanadi. Asosiy tantanalar 6 yanvar kuni Rimdagi Pyasa del Popolo maydonida bo’lib o’tadi. Haqiqiy italiyaliklar Yangi yilgacha qarzlaridan qutulishlari, siniq idish, eski kiyim va mebellarni derazadan ko’chaga uloqtirishlari kerak. Vaqt o’tgan sari aho­lining katta qismi bu odatdan voz kechayotgan bo’l­sa-da, bayram arafasida Rim ko’chalarida sayr qi­lish baribir xavf­li.­­ Shun­ga o’xshash odat Ne­palda ham bor, ushbu mamla­katda oy­ to’lishgan tunda kat­ta gul­­xan yoqiladi va unga ke­­raksiz buyumlar tash­la­nadi.­

Odatda italiyaliklar Yan­gi yil arafasida qizil rangli kiyim va jihozlarni xarid qilishadi. Shu bois do’konlarning peshtaxtalari qirmizi rangdagi buyumlar bilan to’ldiriladi. Bayram dasturxonida albatta yong’oq, uzum va yasmiq donidan tayyorlangan taom bo’lishi shart. Chunki Italiyada yong’oq – uzoq umr, uzum – tinchlik-xotirjamlik, yasmiq doni – sog’liq ramzi sanaladi. Mamlakatning ayrim hududlarida Yangi yil kirib kelishidan oldin boy-badavlat bo’lish niyatida 12 dona uzum iste’mol qilinadi. Shuningdek, salbiy oqibatlardan qutulish uchun idish-tovoqlar sindiriladi. Farzand ko’rish orzusidagi er-xotinlar birgalikda anor yeyishadi, turmushlari farovon bo’lishini xohlaganlar esa 1-yanvar kuni cho’ntaklarini­ to’ldirib ko’chaga chiqishadi.

Italiyada Qorboboni Bab­­bo Natale deb atashadi va u amerikaliklarning Santa Klausiga judayam o’xshaydi. Biroq bayram sovg’alarini bolalarga u emas, balki oli­janob Feya Befana ulashadi­. Afsonalarga ko’ra u yarim tunda uchib kelib, yil bo’yi o’zining yaxshi xulqi va odobi bilan boshqalarga o’rnak bo’lganlarga turli shirinliklar, to’polonchilarga esa ko’mir bo’lagini qoldirib ketadi.

Yangi yilning ertasiga ko’chada keksa yoki bukri odamni uchratish, bundan tashqari, erta tongda, ya’ni quyosh chiqqunga qadar uyga buloqdan suv olib kelish xayrlidir.

Bayram ikki marta nishonlanadi
Xitoyda Yangi yil ikki marta: 1-yanvar kuni va yangi oy chiqqan paytda nishonlanadi. Ushbu mamlakatda Yangi yil Chunsze (Bahor bayrami) deb nomlanib, ko’p asrlik tarixga ega. Xitoylar qadimdan yangi oy chiqqan kundan boshlab, 15 kun davomida bayram qilishgan. Odatda bu yanvar-fevral oylariga to’g’ri kelgan.­

Bu yurt odamlari uylarini chinnidek tozalab, ostonadagi eshikka qordek oppoq qog’ozlarni yopishtirishadi. Shu orqali qora kuchlar quviladi. Bu kuni oila a’zolari yorqin qizil rangdagi kiyimlarni kiyishadi. Qizil rang esa yovuz ruhlarni haydarkan. Xitoyliklar ham xuddi italiyaliklar kabi qarzdan qutulishga harakat qilishadi.

Bayramona kechki ovqatdan so’ng, odatda, bolalarga qi­zil konvertda «baxt pu­li» tarqatiladi. Ularning fikricha, bu yil davomida omad keltirarkan. Ilgari yuz yil umr ko’rishga ishora sifatida 100 ta chaqa sovg’a tariqasida berilgan.

Xitoyliklarda yana bir qiziq an’ana bor: bayramni kutib olishg%0 ѺeldD0an mehmon xonadon sohiblariga 2 ta mandarin sovg’a qiladi. O’z navbatida, u qaytayotganda uy egalaridan 2 ta boshqa mandarin oladi. Bu odat taxminan miloddan 1000 yil avval paydo bo’lgan va bir juft mandarin «oltin» ma’nosini ang­latadi.

Umuman olganda, sovg’ani juft berish odati azaldan saqlanib kelayotgan bo’­lib, oilaviy juftlik ma’nosini anglatgan. Mehmon sovg’ani mezbonga ketishdan oldin topshirgan yoki uyning bir chekkasiga yashirib qo’ygan. Keksa odamlarga so­at, o’yinchoq, bolalar kiyim­lari sovg’a qilinmaydi.

Xitoyda oila a’zolaridan biri bayramda qatnasha olmasa ham unga dasturxon atrofida joy qoldiriladi. Yangi yil kirib kelayotgan paytda pichoq ishlatilmaydi. Chunki u g’oyibdan keladigan baxt yoki omadni bexosdan kesib qo’yishi mum­kin ekan.

Shimolda dasturxonga chuchvara, janubda esa ugradan tayyorlangan taom tortiladi. Har ikkala taom ham uzoq umr belgisi hisoblanadi. Shu kuni hech kim uxlamaydi. Chunki uyqudagi odam kelgan baxtni qo’l­dan chiqarib yuborar ekan.

Archa o’rniga shaftoli yoki o’rik daraxti
Vyetnamda Yangi yil oy kalendari bo’yicha 20 yanvar va 20 fevral oralig’ida nishonlanadi va Tet deb­ nomlanadi. Mamlakat shi­molidagi xonadonlarda bay­ram arafasida gullayotgan­ shaftoli shoxchasi o’rnatiladi yoki kichkina mandarin daraxti yasatiladi. Ko’chalar esa gullayotgan novda va gul­dastalar bilan bezatiladi. Janubdagi uylarda besh dona o’rik guli bor bo’lgan shoxchalar «archa» vazifasini o’taydi. Bundan tashqa­ri, uy mehrobiga tarvuz qo’­yishadi. Uning qip-qizil shi­rin bo’laklari omad keltirarkan.

Tet oilaviy bayram bo’­lib­,­ farzand va nabiralar bobo, buvi va ota-onalarini­ tabriklashadi. Kattalar­ ham oilaning kichik a’zolarini­ qutlab, ularga qizil xalta­chalarda pul sov­g’a qilishadi.

Shu kuni ayollar qizil va sariq, erkaklar esa qora rangli kiyimlar kiyi­shadi. Ibodatxonalardagi ruhoniylar ham tashrif buyuruvchilarga qizil xaltachada­ pul hadya etishadi. Vyetnam­liklar zog’o­rabaliq sotib olib, Yangi yil­dan kutayotgan niyatlarini aytgan holda ariq yoki ho­vuzga qo’yib yuboradi.

Mamlakat aholisi an’ana va odatlarini ming yillardan beri saqlab kelayotgani uchun ham bu yerga Tet bayrami ara­fasida sayyohlar oqimi ko’­paymoqda.
Manba: uz24.uz

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar

kodni yangilash


To Top