Samarqand shahri nomining kelib chiqishi 

794

"Samarqand” soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari "Samarqand” soʻzining birinchi qismi, yaʼni "Samar” soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlanmagan.
  Soʻzning ikkinchi qismi "kent” (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi. Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha "Samarya”ra yaqin, yaʼni "yigʻilish, yigʻin” soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan . Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Koshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini "Semizkent”, yaʼni "semiz qishloq” soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash