Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytingi bo'yicha O'zbekistonning o'rni 

18 329

O'zbekiston nechta davlat bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan?  
  • Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini 166 davlat rasman tan oldi. Rasman diplomatik aloqalar jahonning 133 mamlakatlari bilan o'rnatilgan. 
  • Toshkentda 44 mamlakat o'z elchixona va vakolatxonalarini ochgan. 30 dan ortiq mamlakatda O'zbekistonning diplomatik vakolatxonalari ishlamoqda. 
  • Respublikamizda 80 dan ortiq chet el tashkilotlari va 20 dan ortiq hukumatlararo muassasalar faoliyat ko'rsatmoqda. 
  • Mustaqil O'zbekiston diplomatiya sohasida o'z salohiyati va an'analari borasida aniq, asoslangan va uzoqqa mo'ljallangan siyosatni olib bormoqda. 
  • Diplomatiya kadrlarini tayyorlash uchun Toshkentda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti 1993-yildan faoliyat ko'rsatmoqda.

O'zbekiston Respublikasida oliy o'quv yurtlari nechta?  
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi "Respublikada yangi oliy o'quv yurtlari tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni asosida Andijon davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, bir necha institutlar hamda ularning filiallari ochildi. 
  • Respublikada bugun 3 ta Akademiya, 21 ta universitet, 34 ta institut, 1 ta konservatoriya, 2 ta Oliy maktab (yong'in xavfsizligi oliy texnik, milliy raqs) va 7 ta chet el oliygohlar filiallari; Rossiyaning Gubkin nomidagi neft va gaz, Plexanov nomidagi Iqtisodiyot, Lomonosov nomidagi oliygohlari hamda Halqaro Vestminster, Singapur Menedjmentni rivojlantirish, Turin politexnika va Inxa universitetlari filliallari faoliyat ko'rsatmoqda.
  • O'zbekiston oliygohlarining viloyatlaridagi 14 ta filiallari va bir necha maxsus oliy harbiy bilim yurtlari mavjud.

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytingi bo'yicha O'zbekistonning o'rni (2016-yil) 
1. Jahon banki "Biznes yuritish" reytingi bo'yicha - 87- o'rinda. (1996) 
2. "Yangi biznesni qo'llab quvvatlash" mezoni bo'yicha - 42- o'rinda. 
3. Iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qo'llanaladigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo'yicha-75-o'rinda. 
4. "Kichik biznes sub'ektlariga kredit berish" ko'rsatkich bo'yicha (so'nggi 3-yil ichida) 154-o'rindan 42-o'ringa ko'tarildi. 
5. O'zbekiston keyingi yillarda tadbirkorlik uchun ishbilarmonlik muhitini yaxshilash sohasida dunyodagi 10 ta davlat qatoridan joy oldi. 
6. Iqtisodiy o'sish prognozlari bo'yicha dunyodagi engtez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatoridan joy oldi.
7. BMTning tadqiqotiga ko'ra, "Dunyoning eng baxtli mamlakatlari" ichida O'zbekiston 44-o'rinni egalladi. 
8. O'zbekiston fuqarolari himoyalanganligi hissasi bo'yicha MDH davlatlari orasida 1-o`rinni egalladi. 2015-yilda O'zbekistonda: 
- 7 mln. 500 mingtonnadan ziyod g'alla etishtirildi; 
- 3. mln. 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. 
- 12 mln. 592 ming tonna sabzavot va kartoshka; 
- 1 mln. 850 ming tonna poliz mahsulotlari; 
- 1 mln. 556 ming tonna uzum; 
- 2 mln 731 ming tonna meva etishtirildi.

2015-yilda Yalpi ichki mahsulot (YaIM) - 8%, 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi - 8%, 
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari qariyib - 7%, 
Qurilish-montaj ishlari hajmi sal kam 15% ga oshdi. 
- 980 mingdan ortiq ish o'rni tashkil qilindi.
- Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ulushi 52% foizga o'sdi.
 Ulug`bek BADALOV
Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kolleji
amaliy geografiya fani o'qituvchisi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.