Ob-havo xaritalari 

9 281

Meteorologik va aerologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar (sonlar va shartli belgilar) ni geografik xaritalarga ko’chirib tuziladigan sinoptik va aerologik xaritalar. Yer yarim shari, butun Yer yuzasi uchun, shuningdek, kichik rayonlar uchun tuzilishi  mumkin.  Ob-havo xaritalari ob-havo  byurolarida  kuniga  bir  necha  marta  tuzilib,  odatda, kuzatishdan  olingan  ma’lumotlar  asosida  EHM  lar  va  maxsus  moslamalar  yordamida tayyorlanadi.  Ob-havo xaritalarida  konik,  merkator,  stereografik  proyeksiyalardan  foydalaniladi.

Ularda  quruqlik,  dengiz  va  boshqa  orografiyalarning  muhim  xususiyatlari  beriladi.  Ob-havo xaritalari kompleks,  aerologik,  yordamchi  xaritalarga  bo’linadi.  Ular  ob-havo  xizmatida  muttasil, talabga qarab har 3, 6, 12 soatlar orasida tuziladi. Bu xaritalarni tahlil qilib, bo’lib o’tgan, hukm surayotgan va bo’lajak ob-xavo anikdanadi. Meteoro-logik ma’lumotlar asosida tuzilgan  xaritalar  Yer  yaqini  sinoptik  Ob-havo xaritalarilari,  aerologik  kuzatish  natijalari  tushirilgan xaritalar barik topografiya yoki aerologik xaritalar deyiladi. Kompleks xarita sinoptik xarita bo’lib, unda dengiz yuzasiga moslashtirilgan qavo bosimi, harorati va namligi, uzoqni  ko’rish  masofasi,  har  xil  bulutlar,  yog’in  turlari,  atmosfera  hodisalari  va  h.k. ifodalanadi.  Kompleks  xaritalardan  ob-havoni  va  atmosfera  sinoptik  holatini  tahlil qilishda foydalaniladi. Aerologik xaritalar atomosfe-raning ma’lum balandliklari uchun tuziladi. Bu xaritalarda shamol tezligi va yo’nalishi, harorat, namlik va h.k. belgilanadi.

Aerologik xaritalar, asosan, aviasiya xizmatida katta ahamiyatga ega. Yordamchi, kompleks, sinoptik xaritalarga qo’shimcha qilib, ayrim meteorologik elementlar (masalan, tumanlar, chang bo’ronlar, yashin va chaqmoqlar, yaxmalaklar, kuchli yog’inlar, eng yuqori va eng past temperaturalar, tropopauza  balandligi va b. asosida)  tuziladi.  Kichik  rayonlar  uchun  tuziladigan  Ob-havo xaritalari mahalliy axamiyatga ega bo’lgan ko’p sonli me-teorologik st-yalar ma’lumotlaridan foydalanib tuziladi. Aviasiya xizma-ti uchun mo’ljallangan Ob-havo xaritalari ma’lum rayon uchun uni halqa ko’rinishida o’rab  olgan  zich  meteorologiya  stansiyalari  ma’lumotlari  asosida  tuzilgan  ob-havo  xaritasi asosida qisqa vaqt oralig’i uchun tuziladi. Aviameteorologiya markazlarida muntazam ravishda maxsus prognoz xaritalari tayyorlanadi.
Tohir Muxtorov

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.