Avgust shuba yig`ilishi: unda nimalarga e`tibor bermoq kerak?
Geografiya fanini zamon talablari darajasida o`qitish, dars sifati va samaradorligini
oshirish, o`quvchilar qalbida fanga bo`lgan qiziqishni o`yg`otish har bir o`qituvchi
oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Hozirgi kun talablaridan biri amalga oshirilayotgan
ishlarni o`quvchilarga yetkazish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o`quvchilarda
nazariy bilimlar asosida ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir. Buning uchun
Avgust kengashlari shu’ba yigilishlarida o`qituvchilar bilan quyidagi vazifalarni
muhokama qilish tavsiya etiladi:
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o`zining «Yuksak ma’naviyat
— yengilmas kuch» asarida ta’kidlaganidek "Mustaqillik — biz uchun nafaqat
iqtisodiy, balki beqiyos ma’naviy imkoniyatlar manbai ekanini anglab, mamlakatimizning
ichki va tashqi siyosatini, iqtisodiy - ijtimoiy yangilanish jarayonlarini aynan
shu asosda tashkil etishga ustuvor ahamiyat berilganligi, shuningdeq mamlakatimizda
bozor iqtisodiyoti munosabatlarining joriy etilishi tufayli xalqimizning ongu tafakkuri
va dunyoqarashi qanchalik o`zgarib ketganligini ko`rishimiz mumkinligini, ko`pchilikka
yaxshi ayonki, 90-yillarning boshlarida bizda ham kimningdir xususiy zavodi yoki
fermasi u yoqda tursin, kichkina do`koni bo`lishi mumkinligini tasavvur eta olmasligini,
bugungi kunda esa xususiy mulk tushunchasiga nisbatan qarashlar o`zgarib, u hayotimizdan
qanchalar chuqur joy olib borayotgani" haqida sho’ba yigilishlarida yana bir
karra fikr almashish zarur.
O`zbekistonning mustaqillikka erishishi xorijiy mamlakatlar bilan bog`laydigan
yo`llarga ehtiyojini kuchaytirgani, bunda yangi «Termiz-Hayraton-Mozori Sharif»
temiryo`lini qurish ishlari boshlanganligi, bu jabhada mamlakatimizning ham katta
ulushi borligi, shuningdeq mustaqillik yillarida jahon mamlakatlari bilan xalqaro
iqtisodiy va siyosiy sohada olib borgan ishlarimiz, bu sohada erishilgan yutuqlarimizni
o`quvchilarga yetkazib berish maqsadida, sho’ba yigilishlarida "O`zbekiston
jahonga yuz tutdi" mavzusida davra suhbatlari o`tkazish tavsiya etiladi.
Georafiya fanini o`qitishda qo`llaniladigan metodlar, usullar va vositalarni
dars mavzulariga mos ravishda tanlay olish, har bir fanning xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr-mulohaza yuritish, tavsiyalar
ishlab chirsh, o`qituvchilarning ijodkorligi asosida jarayonga yondashishlari uchun
yo`nalishlar berish lozim.
O`quvchilar bilimlarining Davlat ta’lim standartlarini o`zlashtirish sifat
darajasini aniqlash bo`yicha o`tkazilgan monitoring natijalariga ko`ra 5, 6, 7-
sinflarda amaliy topshiriqlarni bajarishda yo`nalish azimutini, havo harorati va
bosimini aniqlab topishda, materiklarning tabiat zonalarini tavsiflashda, yer yuzining
iqlim mintaqalarini ajratib berishda, okean oqimlarini ajratib yozishda, shuningdeq
8, 9-sinflarda ham havo bosimini aniqlab topish, respublikamizning iqtisodiy geografik
rayonlariga qiyosiy tavsif berish, mamlakatimizda tashkil etilgan qo`shma korxonalarning
nomlanishi va ushbu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida, siklon,
energetika tizimi, ekologik siyosat, megalopolis kabi geografik atamalarga javob
yozishda bo`shliqlar hosil bo`lgani aniqlandi. Shuning uchun avgust sho’ba yig'ilishlarida
ushbu mavzularni o`qitishda nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida fikr- mulohaza
yuritilishi kerak.
Geografiya fani bo`yicha avgust kengashlari sho’ba yigilishlarida muhokama
qilish uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. "Yo`nalish azimuti
va masofani o`lchash", "Havo harorati va bosimi", "Yoqilg`i-energetika
va kimyo majmuasi" mavzularini o`tishda, amaliy mashg`ulotlarni tashkil etishda
zamonaviy usullarni qo`llash orqali samaradorlikka erishish.
2. "Geografik atama
va tushunchalarning izohli lug`ati" yuzasidan ilg`or pedagogik texnologiyalardan
foydalanish.
3. "Geografik xaritalar
bilan ishlash", "Materiklarning tabiat zonalari", "Okean oqimlari",
"Energetika tizimi" "Xalqaro iqtisodiy aloqalar" mavzulari yuzasidan
xaritalar va o`quv atlasi bilan ishlashni tashkil etish usullari.
4. Geografiya fanidan yaratilgan
o`quv filmlardan o`quv jarayonida foydalanish yo`llari.
5. "Yosh o`lkashunos",
"Yosh sayyoh", "Muzeyshunoslik" to`garaklariga o`quvchilarni
jalb etish orqali ularning fanga qiziqishlarini oshirib borish.
6. Dars jarayonida o`quvchilarga
yetkazilishi lozim bo`lgan fanga oid yangiliklar.
7. O`quvchilarning bilim,
ko`nikma va malakalarini oshirishda elektron darsliklardan foydalanish yo`llari.
Respublika ta’lim markazi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.