Geografiya fani oyligi: unda nimalarga e`tibor qaratmoq kerak?
Fan oyligi ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining zamonaviy
talablar darajasida bo`lishini ta’minlash, fan o`qituvchilarining pedagogik mahoratini
oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro`yobga chiqarish omilidir.
Shuni aytish loznmki, fan mutaxassislari o`rtasida fanlarning o`ziga xos
xususiyatlari, murakkabligi, o`zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o`rni haqida turli
xil fikr-mulohazalar, bahs-munozaraga aylangan o`rinlar mavjud. Tashkil etilajak
fan oyliklari esa bu yo`nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud
o`ziga xoslikni, yangilikni namoyon etadi.
Geografiya fanini o`qitishning
sifat-samaradorlikni oshirish maqsadida xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik
ta’minlash va fan oyligini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Amalga oshiriladigan vazifalar
1. Geografiya fan oyligi boshlanishi va yakunida umumta’lim
maktablari o`quvchilari bilimining DTS va o`quv dasturlariga moslik darajasini aniqlash maqsadida sinflar kesimida sinov testlari olinadi.
O`quvchilarning mazkur
fandan o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalari monitoringi o`tkazilib, uni metodbirlashmada taxlil qilish
(jadval va diagrammalar asosida).
2. Maktablarning pedagog
kadrlar bilan ta’minlanishi, geografiya xonasining geografik xaritalar, globuslar,
didaktik materiallar, o`quvchilarning darsliklar, o`quv atlaslari bilan ta’minlanganini
nazorat qilish.
3. Maktabda "Mustaqillik kuni"ga va mustaqillikka oid turli mavzularda devoriy gazetalar chiqarish.
Devoriy gazetalarning sahifalarida respublikamizda o`tkan yillar davomida iqtisodiy va
siyosiy sohalarda erishgan yutuqlari, fanga oid qiziqarli ma’lumotlar, internet
sahifalaridan olingan fan yangiliklari, qiziqarli bopqotirmalar va viktorina savollarini
berish.
4. O`zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligining o`quv
yillar davomida umumiy o`rta ta’lim maktablari o`quvchilari bilimlarining Davlat ta’lim standartlarini
o`zlashtirish bo`yicha geografiya fanidan o`tkazilgan bilimlar bellashuvi va olib
borilgan monitoring natijalariga ko`ra, o`quvchilar bilimida aniqlangan bo`shliqlarni
to`ldirish uchun o`qituvchilarga mavzular yuzasidan dars davomida ularning ko`proq
xarita va o`quv atlaslari bilan ishlashlarini yo`lga qo`yish, 5-9-sinflarda olgan
bilimlari, hosil bulgan ko`nikma va malakalari asosida quyidagi mavzular bo`yicha
amaliy mayutulotlarni tashkil etish va ochiq darslar o`tkazish. Jumladan:
- "Yo`nalish azimuti va masofani o`lchash", "Havo harorati va bosimi", "Yoqilg`i-energetika va kimyo majmuasi" mavzulari yuzasidan amaliy mashg`ulotlarni tashkil etishda zamonaviy usullarni qo`llash;
- "Geografik atama va tushunchalarning izohli lug`ati" yuzasidan ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
- dars jarayonida darslik hamda geografiya fanidan yaratilgan elektron darsliklar, o`quv filmlari va qo`llanmalardan oqilona foydalanish;
- hozirgi kunga qadar geografiya faniga oid yangiliklarni o`quvchilarga yetkazish uchun mashg`ulotlarda o`qituvchilarni mazkur yangiliklar bilan tanishtirish.
5. O`quvchilarning fanga
bo`lgan qiziqishini oshirish maqsadida barcha maktablarda «Geografiya maydonchasi»ni
tashkil qilish va o`quvchilar bilan olib borilayotgan amaliy kuzatuv mashg`ulotlari
asosida «Geografiya maydonchasidan olingan ma’lumotlar» mavzusida foto ko`rgazma
tayyorlash.
6. Ta’lim muassasalaridagi
o`quv tarbiya jarayonining sifatini oshirish, fan o`qituvchilarining pedagogik mahoratini
oshirish, ularning qobiliyati va iste’dodlarini ro`yobga chiqarish.
7. Davlat ta’lim standartlari
talablarini bajarishda o`qituvchi va o`quvchilarning ijodiy hamkorligini tashkil
etish.
8. O`quvchilarda mehnat
ko`nikmalarini shakllantirish, o`z iqtidorlari va hosil bo`lgan malakalari asosida
kasb yo`nalishlarini tanlashda, o`z o`lkasining tarixi, tabiiy va iqtisodiy geografiyasi,
arxeologik va madaniy yodgorliklari, tabiat muhofazasi, madaniy va milliy merosimizni
o`rganishlariga erishish, ekologik ta’lim-tarbiya berish,
ularda tabiatga bo`lgan mehr-muhabbatini oshirish bilan birga, o`z ustida ishlashlariga,
bo`sh vaqtlaridan unumli foydalanishlariga qaratilgan, maktablarda tashkil etilgan
"Yosh o`lkashunos", "Yosh sayyoh", "Muzeyshunoslik"
to`garaklarida o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishda
hamkorlik texnologiyasiga amal qilish.
9. Geografiya fan oyligida
o`quvchilar bilan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish orqali sinfda olgan bilim,
ko`nikma va malakalarini mustahkamlash, fanga bo`lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida
sinflar va maktablararo "Mening o`lkam", «Nima, qachon, qayerda?», «Yosh
geograflar bahslashadi" kabi mavzularda fan bilimdonlari o`rtasida bahs-munozalarni,
viktorina va intellektual kechalarni tashkil etish.
10. O`quvchilarni kasbga
yo`naltirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining professor o`qituvchilari bilan
uchrashuvlar tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlariga ekskursiyalarni uyushtirish.
Fan oyligini tashkil etish
- Maktabda fan oyligi boshlanishidan oldin va yakunlanishi arafasida yangi tahrirdagi o`quv dasturi talablari va modernizatsiya qilingan DTS me’yorlarini amaliyotga joriy etish bo`yicha amalga oshirilgan ishlarni o`rganish maqsadida, o`quvchilar ishtirokida geografiya fani bo`yicha sinov o`tkaziladi. Bu bilan o`quvchilarning mazkur fandan o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalari monitoringi o`tkazilib, uni metodbirlashmalarda tahlil qilish tavsiya etiladi.
- Geografiya fan xonalarining jihozlari, didaktik materiallar, o`quvchilarning darsliklar, o`quv-qo`llanmalari bilan ta’minlangani o`rganiladi.
- Maktabda mazkur fandan o`tkazilgan geografik bayramlar va kechalarga doir gazetalar chiqarilishi, gazetada shu fan bo`yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari, o`quvchilarning o`zlashtirishlari bo`yicha samaradorliklari berilishi rejalashtiriladi.
- Maktabdagi shu fan yo`nalishlari bo`yicha tashkil etilgan metodbirlashma rahbarlari, ilg`or o`qituvchilar yordamida o`qitish samaradorligini oshirish uchun dars ishlanmalari, test topshiriqlari va nazorat ishlari to`plamlari tayyorlanishi tavsiya qilinadi.
- Maktablarda, tuman (shahar) miqyosida mustaqillik kuniga bag`ishlangan turli mavzularida tadbir va fan kechalari o`tkaziladi.
- Viloyat, tumanlardagi tayanch maktablar qoshida o`quvchilar ijodiy ishlaridan namunalar asosida ko`rgazmalar tashkil etiladi.
- Maktab, tuman, viloyat va respublika miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashmalar, ilg`or o`qituvchilar, metodistlarning ish tajribalari ommalashtiriladi.
- Fan oyligining o`tkazilishi ommaviy axborot vositalari orqali muntazam ravishda yoritib boriladi.
- Fan oyligi davomida viloyatlardagi oliy o`quv yurtlari professor olimlari bilan mazkur fanga qiziqqan o`quvchilar uchrashuvlari tashkil etiladi.
- Tumanlarda fan oyligining yakunlariga bag`ishlangan seminarlarni o`tkazish tavsiya qilinadi.
- Maktabdagi geografiya uslubiy birlashmalari yillik ish rejasida fan oyligi uchun belgilangan fan yo`nalishi bo`yicha o`tkaziladigan kunlik haftalik tadbirlar belgilanadi. Oylik muddati turt haftadan iborat bo`lib, har bir hafta uchun aniq bir yo`nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga kiritilib, pedagogika kengashi, uslubiy kengash va uslubiy birlashma yig`ilishlarida ko`rib chiqilib, tasdiqlanadi hamda ijrosi muhokama qilinadi.
- Geografiya fanlari bo`yicha darslarni o`tkazishda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib, eng yaxshi dars ishlanmalari, ijodiy ishlar tanlovi o`tkazilib, viloyat, tuman fan oyligi yakunida g`oliblar aniqlanib rag`batlantiriladi.
- Geografiya fan oyligi yakuniga bag`ishlangan tadbir o`tkaziladi. Ushbu tadbir maktab, tuman, viloyat rahbariyatining o`qituvchilar jamoasining yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlari sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi. Fan oyligi davomida (maktab, tuman, viloyat miqyosida) o`tkazilgan turli tadbirlarda faol qatnashgan fan o`qituvchilari va o`quvchilar taqdirlanadilar.
Respublika Ta’lim Markazi,
Tabiiy va aniq fanlar bo`limi
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.