18-avgust Indoneziya Respublikasida mustaqillik kuni 

2 044

Indoneziya Respublikasi Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat. Dunyodagi eng katta Malayaa arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya orolining g`aarbiy qismida joylashgan. Janubda-Sharqiy Timor, shimoli-g`arbda Malayziya, sharqda Papua-Yangi Gvineya bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi 2830 km. Indoneziya hududining yarmidan ko`prog`i o`rtacha baland va pastqam tog`lardan, Yangi Gvineyada qisman baland tog`lardan, qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orolda 400 dan ortiq vulqon bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulqonlardir. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila bo`lib turadi. Neft, ko`mir, temir, marganes, qalayi rudalari, boksit, mis, qo`rg`oshin, ruh, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor. Iqlimi-Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava orolining sharqiy va Kichik Zond orollarida subekvatorial iqlim. Eng yirik daryolari-Kapaus, Barito, Xarri, Kompar, Musi, Mamberamo, Digul. Indoneziya-agrar-industrial mamlakat. Qishloq xo`jaligi Indoneziya iqtisodining yetakchi tarmog`i hisoblanadi. Mehnatga yaroqli aholining yarmidan ko`prog`i qishloq xo`jaligida band. Tabiiy kauchuk va palma yog`i ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turadi. Tropik daraxt yog`ochidan yasalgan buyumlar, tamaki, choy, qahva, ziravor dorivorlar, shuningdek, baliq va dengiz mahsulotlarini qazib beruvchi katta davlatdir. Asosiy donli ekinlari-sholi, makkajo`xori. Chorvachiligida qoramol, cho`chqa, echki, qo`y, yilqi, parranda boqiladi. Indoneziya hududining 65% o`rmon bilan qoplangan bo`lib, qimmatbaho yog`och tayyorlanadi. Konchilik sanoati byudjet tushumlarining  ancha qismini ta`minlaydi. Yiliga o`rtacha 576 mln barrel neft qazib olinadi. Indoneziya suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda birinchi o`rinda, qalayi qazib olishda ikkinchi o`rinda, nikel qazib olishda to`rtinchi o`rinda turadi. Mahsulot ishlab chiqarish sanoatining asosini iste`mol mollari: gazlama, charm buyumlar, ro`zg`orbop kimyoviy mahsulotlar, oziq-ovqat tashkil etadi. Indoneziya qadimiy madaniyat markazlaridan biridir. Miloddan avvalgi II asrga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya orolarida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayya va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduiylik va buddaviylik tarqala boshladi. VII asrda bir nechta mayda davlatlar birlashib, Shrivijayya imperiyasini tashkil etdi. VIII asrning birinchi yarmida Yavada Mataram davlati paydo bo`ldi. 1025 yili Shrivijayya inqirozga uchradi. XI asrning 40-yillarida Mataram Kediri va Jangola davlatlariga bo`linib ketdi.  XVI asrdan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga bo`linib ketgach, Indoneziya hududiga yevropaliklar kirib kela boshladi. 1602-yilda gollandlar Indoneziyada Ost-Indiya kompaniyasiga asos soldi. 1811-yili Indoneziyani inglizlar bosib oldi. 1814-yilgi  Angliya-Niderlandiya bitimiga ko`ra Indoneziya  Niderlandiya qo`liga o`tdi. 1942-1945-yillarda Indoneziyani Yaponiya bosib oldi. 1949-yilning noyabrida Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan olishga majbur bo`ldi. Biroq Indoneziya 16 hududga bo`lib tashlandi: mamlakat Indoneziya Qoshma Shtatlari nomi bilan yuritila boshlandi. Gollandiya g`arbiy Irianni qo`li ostida saqlab qoldi. 1950-yilning 6-avgustida Indoneziya unitar davlat deb e`lon qilindi. 1953-yilning 1-mayida G`arbiy Irian Indoneziya Respublikasi tarkibiga qo`shib olindi. 2002-yilning 20-mayida Sharqiy Timor Indoneziya tarkibidan ajrab chiqdi.

18-avgust Tailandda Ilm kuni
Janubiy-Sharqiy Osiyoning davlati hisoblangan, Hindixitoy va Malakka yarimorolida joylashgan Tailandda 18-avgust kuni milliy bayram - ilm kuni nishonlanadi. Bayramning sanasi shunchaki o’ylab topilmagan. 1868-yilda Qirol Mongkut quyosh tutilishini kuzatgan va mana shu sanada bashoratlar qilgan. Shundan so’ng davlat boshqaruvi tomonidan har yili 18-avgust ilm olish, o’qish bayrami bo’lib nishonlanadi. Davlatning nomlanishi "Txay” so’zidan olingan bo’lib, "ozodlik” degan ma’noni bildiradi. Bu nom to’liq o’zini oqlay oladi. Chunki Janubiy-Sharqiy Osiyoning yagona davlati hisoblangan Tailandda hech qachon qamoqxonalar bo’lmagan. Tailand xalqi ilmni, olimlarni hamma vaqt qadrlaganlar. Yigirmanchi asrda Tailand madaniyatining mashhur namoyondalaridan biri Damrong Ratchanybab Tailandda zamonaviy ta’lim tizimiga asos solgan. Bundan tashqari u yuqori mavqega ega bo’lgan tarixchi va Tailandning yuqori tabaqali kishilaridan biri bo’lgan.  Tailandda Ta’lim va Ilmga befarq qaralmasligi bejizga emas. Ma’lumki, Monarxiya  avlodining davomchisi, malika  Chulabxorn ham ilmli bo’lgan. U ko’p yillar davomida onkologik kasalliklarning kelib chiqishi va o’sishi, atrof-muhitni xavfga solayotgan savollar bilan shug’ullangan. Malika organik kimyo sohasida doktorlik darajasini olgan, bundan tashqari Tabiatni asrash va himoya qilish fondining a’zolaridan hisoblanadi. Olimlik darajasi- Davlatning asosiy boyligi hamda yutuqlardan biri hisoblanadi.

18-avgust Toshkent metropoliteni birinchi ("Chilonzor”) yo'lining ikkinchi uchastkasi (3 bekat) foydalanishga topshirilgan kun
"Buyuk ipak yo'li”- metro bekati "Chilonzor” yo'lining so'ngi bekati. 1980-yili 18-avgustda ochilgan (me'morlari: S.Odilov, F.Muzaffarova, R.Fayzullaev, A.Tabibov, muhandis G. Oganesov. Bekat gumbazsimon shakilda, yo'l osti o'tish yo'llari bilan qo'shilib ikkita er osti vestibyulidan iborat. Yo'lovchining zalining gumbazsimon shiftida 8 kubba joylashgan. Kubbalar ichiga yoritgich lampalar o'rnatilgan. Zalni bezashda marmar va qizil granitlardan foydalanilgan, sahniga kul rang va pushti granit yotqizilgan. Toqlarining shipi va bekat yon devorlarining karnizlariga ganchdan naqishlar ishlangan (naqosh M. Usmonova). 
"Pushkin” -Chilonzor yo’lidagi metro bekati. Pushkin maydoni yaqinida joylashgan. 1980-yil 18-avgustda ochilgan. (me'morlari: L.Adamov, R.Fayzullayev, A.Tabibov, A.Odilova) Bekat ustunvor qurilgan bo’lib, 2 yer osti vestibuli bor. Marmar qoplangan ustunlarining tepalariga sham marjonlariga o’xshatib ishlangan yonlama qandillar o’rnatilgan (ras. I. Lipene). Platformaga tushaverishdagi zinapoya devorlariquyma cho’yan figurali kronshteynlariga o’rnatilgan sham shakildagi qandillar bilan bezatilgan; platformaga kiraverishda  bronzadan bo’rttirib ishlangan geraldika namoyon o’rnatilgan; ulardan birida A.S.Pushkinning qiyofasi tasvirlangan (haykal I.Lipas). Devorlar, vestibul va platforma ustunlari oq va qora pushti marmar bilan qoplangan; sahniga silliqlangan kulrang granit yotqizilgan.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.