Kalendar tarixi 

39 595

Kalendar- vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo'lib hisoblanishidir. Kalendarga yil, oy va kunlarning nomlaii yozib qo‘yilganbo‘ladi. Buesa kalendardan foydalanishda katta qulaylik tug‘diradi.

Yil- Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqt o'lchov birligi. Bir yil 365 kundan iborat, har to‘rt yilda esa bir marta 366 kunga teng bo'ladi.

Kalendar asosida odamlar kundalik ish faoliyatlaiini rejalashtirib oladilar. Davlat ishlari ham kalendar asosida rejalashtiriladi. Masalan, mamlakat Prezidentining chet davlatlarga borishi yoki chet davlatlar rahbarlarini qabul qilish muddatlari belgilab olinadi.

Kalendarning vatani. Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratilgan. Misrliklar o‘z hayotini Nil daryosisiz tasavvur etisha olmaganlar. Nil daryosining suvi ular uchun hayot-mamot masalasi edi. Ayni paytda ular uchun Nil daryosi suvining qachon toshishi vaqtini bilish ham nihoyatda muhimahamiyatga egabo‘lgan.

Misrliklar Nil daryosining keyingi toshqiniga qadar kanallarni tozalab, to‘g‘onlarni tuzatib qo‘yishlari kerak edi. Kundalik kuzatuv daryoning yanagi toshqiniga qadar oradan 365 kun o‘tishini ko‘rsatgan. Shu tufayli misrliklar 365 kunni 30 kunlik qilib, 12 oyga bo‘lganlar. Qolgan besh kunni yil oxiiiga qo'shimcha sifatida joylashtirganlar. Shu tariqa ilk kalendar vujudga kelgan.

Yuliy kalendari. Miloddan avvalgi 46-yilda Rim davlati hukmdori Yuliy Sezaro‘z nomi bilan ataluvchi Yuliy kalendarini joriy etgan. Bu kalendarda ham yil 12 oyga bo‘lingan. Ayni paytda toq sonli oylar 31 kunlik, juft sonli oylar 30 kunlik qilib belgilangan. Fevral oyi esa 28 kunlik etib tasdiqlangan. Bundan tashqari, misrliklar kalendarida har 4 yilda to'planib qoladigan bir kunni yo'qotish uchun fevral oyi to‘rt yilda bir marta 29 kun davom etadigan qilib belgilangan. Shu tariqa kalendarning ilgarilab ketishining oldi olingan. Fevral oyi 29 kunlik bo'ladigan yilda bir yil 366 kunni tashkil etgan.  
  
Biroq Yuliy kalendari bo‘yicha olib boriladigan yil hisobida ham xatolik bor edi. Bu xatolik tufayli dunyoda yil hisobi har400yilda 3 kunga orqada qola borgan. Bu orqada qolish milodning 1582-yiligakelib 10 kunni tashkil etgan. Bu 1583-yilda bahorgi tengkunlikning  21-martga emas, 11-martga to‘g‘ri kelib qolishi xavfini tug'dirgan.

Grigoriy kalendari. Yuliy kalen­daridagi bu xatolik italiyalik Grigoriy boshchiligida tuzatilgan va yangi kalendar Grigoriy kalendari deb atala boshlangan.

Bu kalendarga ko‘ra 1582-yilning 4-oktabridan keyin o'rtada 10 kun tashlab yuborilib birdaniga 15-oktabrga o‘tilgan. Natijada, Yuliy kalendari bo'yicha yil hisobida vujudga kelgan 10 kunlik farq barham topgan. Bahorgi tengkunlik yana 21-martga qaytgan.

Grigoriy kalendarida avvalgi xatolik yana takrorlanmasligi uchun 28 kundan iborat fevral oyi har to'it yilda bir marta 29 kun davom etadi. Milodiy yil hisobi Grigoriy kalendari asosida olib boriladi. Bu kalendarga ko‘ra bir yil 365 kunga, fevral 29 kun bo‘lib kelganida esa 366 kunga tengdir.

Hozir Yer yuzining ko‘p davlatlarida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ham yil hisobi Grigoriy kalendari bo'yicha olib borilmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.