Geografiyadan fan bellashuvlariga tayyormisiz? 

1823

  Barchamizga ma`lumki, mustaqil Respublikamizning kelgusi taqdiri, hech shubhasiz har tomonlama kamol topgan iqtidorli yoshlarimizning bilim saviyasiga, hayotning ustuvor yo‘nalishlaridagi faolligiga bog‘liq. Endilikda hukumatimiz tomonidan xalqimizni nurli va istiqbolli yo‘lga boshlaydigan uddaburon, zukko yoshlarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ona Vatanimizga ana shunday zukko va bilimli mutaxassislarni yetkazib berishda geografiya fanining alohida o‘rni, beqiyos ahamiyati bor.
  Mamlakatimiz geograf olimlari tomonidan fanning ijtimoiy nufuzini oshirish maqsadida talay ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, fan bo‘yicha ko‘plab darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’lumotnomalar nashr ettirilmoqda. Mualliflar Muxriddin Avezov va Elbek Safarov tomonidan yangi 2016-yilga tuhfa sifatida «Fan va texnologiya» nashriyotida chop etilgan "Geografiyadan fan bellashuvlariga tayyormisiz?” deb nomlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma ham yuqoridagilarni maqsad qilgan.
 Mazkur qo‘llanma o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida faoliyat yuritayotgan geograf o‘qituvchilar va shu fanga qiziquvchi hamda geografiya fani bo‘yicha fan bellashuvlarida ishtirok etuvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan.
 Qo‘llanma 3 qismdan iborat. Uning birinchi qismi "Geografiyadan fan bellashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun amaliy topshiriqlar (geografik mashq va masalalar) dan namunalar” deb nomlangan bo‘lib, unda 100 dan ortiq mashq va masalalar, amaliy topshiriqlardan namunalar variantlarga ajratilgan holda berilgan.
 Qo‘llanmaning ikkinchi qismi "Geografiyadan fan bellashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun test savollaridan namunalar” deb nomlanib, unda 350 ta test savollari namuna sifatida keltirilgan.
 Qo‘llanmaning uchinchi qismi "Geografiyadan fan bellashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun sinov savollari va ularning javoblaridan namunalar” deb nomlangan bo‘lib, bunda o‘quvchilarning fan bellashuvlariga tayyorgarlik ko‘rishlariga va mavjud bilimlarini mustahkamlashga ko‘maklashish maqsadida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari asosida tuzilgan 1700 dan ortiq savollar va ularning javoblari berilgan.

Murojaat uchun telefon: (+99894) 547-78-18

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash