Tabiiy geografiyadan amaliy mashg`ulotlar 

22 614

 Aziz muxlislar! Yaqinda M.Mirakmalov, M.Avezov va E.Nazaraliyevalar hammuallifligida tayyorlangan "Tabiiy geografiyadan amaliy mashg`ulotlar” deb nomlanuvchi o`quv-uslubiy qo`llanma "Fan va texnologiya” nashriyoti tomonidan nashrdan chiqdi.
  Mazkur o`quv-uslubiy qo`llanma geografiya fanining eng asosiy tushuncha va qonuniyatlarini o`z ichiga oluvchi 21 ta mavzuga doir 460 dan ortiq mashq va masalalarni, amaliy topshiriqlarni o`zida jamlagan. Qo`llanma o`quvchilarning geografiya faniga oid bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlaydi hamda ularning fanga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Qo`llanmadan geografiya darslarida, shu bilan birgalikda darsdan tashqari fakultativ kurslar hamda fan to`garaklarini tashkil etishda ham foydalanish mumkin. 
   Qo`llanma maktab geografiya fani o`qituvchilari va o`quvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o`quvchilari, geografiyadan fan olimpiadasi va "Bilimlar bellashuvi” da ishtirok etuvchi o`quvchilarga, oliy o`quv yurtlari talabalari, umuman shu fanga qiziquvchi barchaga mo`ljallangan. 

Respublika Ta`lim Markazi
Murojaat uchun telefon: (97) 739-08-11

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Комментарий - 1