,,Kasallik nimaligini bilmaydigan xalq” yoki qorinsiz kishilar mamlakati.
…Politsiyasiz,
pulsiz, avtomobilsiz, mehmonxonasiz, kasalxonasiz, gazeta va
radiosiz,turmasiz  bu mamlakat hozirgi
dunyoning shovqin-suronidan va tashvishlaridan holi, 2500 metr balanddagi bu
mamlakatni 7000 metrlik baland tog`lar himoya qilib turadi. Vodiyning uzunligi 150 km, eni esa 5km dan
oshmaydi. Vodiyda 32 mingga yaqin xunza xalqi  yashaydi.
 Xunzaliklar juda uzoq 120 yil umr ko`rishi
ma`lum bo`ldi. Bu yerda  90 yashar  chollar juda bardam, sog`lom va
baquvvat,  ular yoshlar qatori mehnat
qiladi. Hatto   93 yoshli  Rahmat 
Ali ismli inson o`g`il ko`rgan. 130-140 yashar   bardam chollar ham  tez-tez 
uchrab  turadi. Yuz yashar
qariyalarning 10 km
yo`lni "yengilgina"  sayr  qilganini aytmaysizmi!
 Bu yerdagi xotin
qizlar g`oyat go`zal va qaddi-qomati juda kelishgan bo`ladi, ular 50-60 yoshida
ham go`zalligini  deyarli yo`qotmaydi.
Ammo  ularning urf-odati  sur`atga tushishni  man etadi, shu  sababli ular 
hech qachon suratga tushmaydi!
 Shotlandiyalik
shifokor Makkarrison Qoraqurum tog`larida o`n besh yilga yaqin yashagan,
Makkarrison  o`zi ish olib borgan  jamoaga 
tez-tez  tibbiy yordam  ko`rsatgan, ammo  xunzaliklarning hech qachon shifokorga ishi tushmagan. Bu shubhasiz ulardan hech kim, hech qachon kasal
bo`lmaganligidan dalolat beradi.
  Makkarison fikricha, xunzaliklarning sog`lom
bo`lishi va uzoq umr ko`rishiga sabab, turmush kechirish usullarining  batartibligi va ovqatlanish rejimiga qattiq
rioya qilishidir. Bu rejim va parhez go`shtsiz, sabzavotlarni asosan xomligicha
iste`mol qilish, tog` suvi ichish, alkagolli ichimliklar, kofe, tamakini esa
mutlaqo iste`mol qilmaslikdan iborat.
 Vodiyning odamlari
uyqudan soat 4:00 da  quyosh bilan  birga 
turishadi. Ular soat 6:00 da 
nonushta  qilib,  soat 15:00 gacha  dalada ishlashardi. Soat 17:00 gacha  dam olishar va yana  ishlashar ekan, kechki soat 21:00 da uyquga
ketishadi.
 Xunzalar qishlog`i odatda toshdan qurilgan 5-6
ta uydan  iborat bo`ladi. Ular faqat  qishda, yog`ingarchilik  vaqtidagina 
uyda  yashaydi. Yilning
qolgan  vaqtini   butun 
oila, hatto keksalar  va
bolalar  ham hovlida yoki ayvonda  o`tkazadi. Xunzalar qishda -10` sovuqda  ham muzni teshib  cho`miladilar, ular sovuqqa juda chidamlidir.
Pechlarni  isinish  uchun 
emas,  faqat  ovqat tayyorlash  uchun yoqadilar. Xunzalar mamlakatida semiz
erkak yoki ayolni uchratmaysiz, qo`shni
xalqlar ularni ,,qorinsiz  kishilar”  deb 
atashadi.
  Bu
xalqni o`rgangan  tadqiqotchilar,
xunzalarning  o`zlarigagina ma`lum  bo`lgan 
qandaydir  sirli taomlarni  iste`mol qilishi ham  ularning 
uzoq yashashiga sabab bo`lmoqda, deb taxmin qilishmoqda. Masalan, ular "tog` asali" ni sirini bilar ekan. X unzalar pishloq va sutga  qo`shadigan achchiq mazali  bu 
narsa  tog` tepasida  o`sadigan 
 qandaydir  o`tdan tayyorlanadi.  Vodiy aholisi ,,tog` asali” ning  sirini hech kimga aytmaydi. Olimlar, bu sirli
ozuqa xunzalarni kasalliklardan 
saqlovchi qandaydir antiseptik 
xususiyatlarga ega bo`lsa kerak, degan fikrda. 
Shaxnoza Umarova 
Navoiy davlat
pedagogika instituti
Tabiatshunoslik
fakulteti 4-bosqich talabasi 
        
    