13-sentyabr Afrikada dunyodagi eng issiq harorat kuzatilgan kun 

4 013

Dunyodagi eng issiq harorat +58 C daraja 1922-yilning 13-sentyabrida Afrikadagi Liviya cho'lida kuzatilgan. Ammo mazkur ko'rsatgich ro'yhatga olinganidan 9 yil oldin Shimoliy Amerikaning Ajal vodiysi (+56,7 C daraja issiq) dunyodagi eng issiq joy bo'lgan. Chunki vodiydagi Beduoter ("yomon suv”) hududida 1913-yilning 13-iyulida o'sha vaqtdagi dunyodagi eng yuqori havo harorati ro'yxatga olingan. Hozirda mazkur vodiy g'arbiy yarimshardagi eng baland harorat kuzatilgan joy bo'libgina qolmay, balki shimoliy Amerikadagi quruqlikning dengiz sathidan eng past (-85,5 metr) joyi hamdir. Ajal vodiysi – Shimoliy Amerika g'arbidagi Moxave cho'li va Katta havza o'rtasidagi botiq bo'lib, Kaliforniya shtatidagi S’erra Nevada tog' tizmasining janubi-sharqida joylashgan. Vodiyda harorat juda issiq va quruq bo'lgani bois, bu yerga kelgan oltin izlovchilarning ko'pchiligi issiqdan halok bo'lgach, mazkur joyga "Ajal vodiysi” deb nom berilgan. Hududning eng ququr qismi – Beduoter sho'rxoklardan iborat bo'lsa, boshqa qismlarida ulkan qumli dyunalarni uchratish mumkin. 1933-yilda AQSh hukumati Ajal vodiysini milliy obida, deb e'lon qilib, davlat himoyasiga oldi. 1984-yilda vodiy YUNESKO qaramog'idagi biosfera qo'riqxonasiga, 1994-yilda esa Milliy bog'ga aylantirildi.

13-sentyabr Xalqaro birinchi tibbiy yordam ko'rsatish kuni
Xalqaro birinchi tibbiy yordam ko'rsatishda, insonlarni hayotini saqlab qolishda tibbiy yordam hal qiluvchi omillardandir. Hozirda butun dunyoda 13 sentyabrda ushbu bayramni nishonlaydilar.

 2000-yildan boshlab sentyabr oyining ikkinchi shanbasida o'tkaziladi. Bayram tashabbuskorlari Qizil xoch harakati a'zolari va Qizil yarimoy jamiyatilaridir. Birinchi tibbiy yordam ko'rsatishdan maqsad jabrlanuvchiga zarur bo'lgan eng oddiy tibbiy muolajalarni qilish, og'riqni kamaytirish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni oldini olish. Albatta bunday yordamni tibbiyot xodimlari ko'rsatishadi. Ulardan tashqari birinchi tibbiy yordamni ko'rsatishni har bir odam ham bilishi zarur. Ammo hayot shuni ko'rsatadiki birinchi tibbiy yordam zarur bo'lgan holatlar to'satdan vaqt kam bo'lganda va tibbiy ma'lumotli odamlar yo'q bo'lganda yuzaga keladi. Shuning uchun bunday holatlarda tez harakat qilish zarur.

 Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra har yili yo'l harakati hodisalari, kuyish, cho'kish va yiqilish natijasida o'lim hodisalarining 10 % ini va nogironlik hodisalarining 15 % ini tashkil etadi. Shuning uchun ham turli davlatlarda xalqaro Qizil krest va Qizil yarimoy jamiyati va boshqa tibbiyot tashkilotlari tomonidan jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish zarurligi va usullari haqida konsultasiya (maslahatlar) o'tkaziladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.