1994-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Jahon pochta ittifoqiga a’zo bo‘ldi. 

1 927

1990-yillardan O‘zbekistonda pochta aloqasi tashkiloti qayta qurildi, pochta xizmatlarini rivojlantirish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishga katta e’tibor berildi. 1997-yildan kurerlik va elektron pochta xizmatlari, 1999-yildan reklama bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish boshlandi. O‘zbekiston Jahon pochta ittifoqi (JPI) a’zoligiga  qabul qilinganidan keyin (bu ittifoq 1874-yilda tashkil topgan, 189 davlat a’zo, shtab kvartirasi Bern –Shvesariyada) xalqaro pochta ayirboshlashlarda qatnasha boshladi. 1997-yilda "Xalqaro tezkor pochta” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi. 1998-yilda jahondagi 84 ta, 2003-yilda 94 ta davlat bilan pochta ayirboshlash (almashish) yo‘lga qo‘yildi. 2000-yildan "Xalqaro tezkor pochta”  ЕMS kooperativi a’zosi hisoblanadi. 2001-yildan "O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 14 ta xududiy filiallarida internet xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha punktlar ochilgan. "O‘zbekiston pochtasi” kompaniyasining yetakchi filiali "Toshkent pochtamti hisoblanadi.

1991-yil 12-fevral – Qrim Muxtor Respublikasi tashkil etilgan kun
Qrim Muxtor Respublikasi – Rossiya tarkibidagi muxtor respublika. Qrim yarim orolida joylashgan. Maydoni 27 ming km.kv. Poytaxti – Sinferopol shahri. Ma’muriy jihatdan 15 tuman, 10 shahar, 56 shaharchaga bo‘linadi.

Qrim yarim oroli – Ukraina janubidagi yarim orol. G‘arb va janubda Qora dengiz va sharqida Azov dengiziga tutash. Shimolda tor (8 km chamasida) Perikop bo‘yni orqali Sharqiy Yevropa tekisligi bilan tutashgan. Qrim yarim orolining sharqida Qora dengiz va Azov dengizi oralig‘ida Kerch yarim oroli g‘arbida Qrim yarim orolining bir qismi – Tarxankut oroli joylashgan. Qrim yarim orolining shimoliy-sharqiy sohili bo‘ylab Azov dengizining kichik qo‘ltiqchalari cho‘zilgan. Shimoli dashtli tekislik (Dashtli Qrim), janubi Qrim tog‘lari bilan band. Eng baland joyi 1545 metr (Roman-Kosh tog‘i). Janubida Qrimning janubiy sohili bo‘ylab kambar tekislik cho‘zilgan; sohilning u yer- bu yerida lakkolitga o‘xshash magmatik jinslar (Ayudog‘ tog‘i), qadimiy vulkan massivlar (Qora dog‘ tog‘i) uchraydi.
 

Foydali qazilmalari: Kerch temir rudasi, ko‘llarda tuz va shifobaxsh loylar, ohak tosh, gil, mergel. Qrim yarim orolining shimoliy qismining iqlimi mo‘tadil quruq. Qishi iliq (yanvarning o‘rtacha harorati 10, 20); yozi issiq (iyulning o‘rtacha harorati 24). Qrim yarim orolining janubiy sohilida iqlim o‘rta dengiz iqlimi; yozi issiq (iyulning o‘rtacha temperaturasi 24) va qishi iliq (yanvarning o‘rtacha harorati 4 gacha). Yarim orolning daryolari kam suv; muhimlari – Chornaya, Belbek, Kacha, Alma, Salgir. Shimoliy Qrim kanali, Salgir daryosida senferopol suv ombori qurilgan. Bir necha yirik sho‘r ko‘l bor. Tog‘larda ayniqsa, shimoliy yonbag‘rida dub, qoraqayin, qarag‘ay o‘rmonzorlari bor. Qrimning janubiy sohilida o‘rta dengiz atrofiga xos o‘simliklar o‘sadi. Manzarali daraxt va butalardan iborat. Parklar, bog‘lar, tokzorlar, tamaki plantatsiyalari ko‘p. Qrim tog‘larining janubiy etagidan sog‘il qismida dengiz bo‘yi shahar-kurortlari joylashgan. Yarim orolda bir necha qo‘riqxona Nikita botanika bog‘i bor.

12-fevral AQShning 16- Prezidenti Avraam Linkolnning tavallud kuni bayram sifatida nishonlanadigan kun
1970-yilning o‘rtalarigacha 12-fevral kuni Amerika shtatlarining ayrimlarida   AQShning 16-Prezidenti Avraam Linkolnning tavallud kuni nishonlangan. Hozirgi kunda bu bayram  1- Prezident  Jorj Vashington tug‘ilgan kuni bilan  birgalikda nishonlanmoqda. Fevralning uchinchi haftasidagi  dushanba kunida  nishonlanmoqda va  bu kun -"Prezidentlar kuni” deb nomlangan. Biroq,  AQShning ko‘pgina aholisi hozirgacha  12-fevralni unutishmagan va Konnektikut, Illinoys, Missuri, Nyu-Djersi, Nyu-Yorkda shtatning milliy bayrami darajasida nishonlashadi. Avraam Linkoln - uning yuzini dollarlarda ko‘rish mumkin va  avtomobil firmasiga uning nomi berilgan. Buyuk siyosiy arboblar ichida dunyo bo‘yicha u muhim o‘rin egallaydi.  U  har bir Amerika fuqarosi yer maydonini  olish huquqi  va  keyinchalik  o‘z mulkiga  aylanishi to‘g‘risida qonun joriy etgan va  qullikka chek qo‘ygan – bu  uning haqiqiy  shaxs  mustaqilligiga  qo‘shgan buyuk hissasidir. Linkoln  o‘z halqini yaxshi tushungan va sevgan va Amerika fuqarolari uni qo‘llab-quvvatlash bilan javob qaytarishgan. 1864-yil noyabrida u navbatdagi  saylovda  ikkinchi muddatga  Prezident etib  saylangan. Uning hayoti  fojea bilan tugadi – Ford teatrida boshiga o‘q tekkan. Avraam Linkolnning  o‘limidan bir necha yildan keyin Vashington shahrida Prezidentga haykal o‘rnatildi. Har yili  Avraam Linkolning  tavallud kunida bu yerga guldastalar qo‘yiladi. Linkolnni tarixdagi o‘rnini buyuk rus yozuvchisi L.N.Tolstoy shunday ta’riflagan: "U shunday inson, musiqada Betxoven kabi, she’riyatda – Dante , tasviriy san’atda – Rafael, Iso Payg‘ambar kabi – hayot falsafasida”.   

12-fevral Ingliz tabiatshunosi Darvin Charlz Robert tavallud topgan kun
Darvin Charlz Robert (1809.12.2, Shrusberi shahri - 1882.19.4, London yaqinidagi Daun qishlog‘i) – ingliz tabiatshunosi, hayvon va o‘simlik turlarining tabiiy tanlanish yo‘li bilan kelib chiqqanligi haqidagi evolyusion ta’limot asoschisi. "Bigl” kemasida tabiatshunos sifatida dunyo sayohatiga chiqib (1931-36), zoologiya, botanika, geologiya, paleontologiya, antropologiya va etnografiya sohasida kuzatishlar olib bordi. Shu kuzatishlar asosida biologiya va amaliy seleksiyaning zamonaviy yutuqlariga asoslanib organik dunyo evolyusiyasining asosiy omillarini ochib berdi.Darvin "Turlarning kelib chiqishi” asarida hayvon va o‘simlik turlarining kelib chiqish, rivojlanish sabablarini va atrof muhitga moslanishini tahlil qildi. "Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish” asarida (1871) odamning maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqanligining biologik va ijtimoiy shart-sharoitlarini ilgari surdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.