18-fevral Samolyotda pochta aloqasi yo'lga qo'yilgan kun 

2 413

1911-yil 18-fevralda birinchi marta samolyotda pochta aloqasi yo'lga qo'yildi. Aviapochta -havo yo'llari orqali pochtani yetkazib berish. Hozirgi kunda aviapochta ko'p foydali va zamon talabi uchun xizmat qiladigan tarmoqdir. Aviapochta paydo bo'lmasidan avval keng omma uchun xatlarni yetkazib berish katta vaqt talab qilardi. Shu boisdan 1903-yilda aviapochtani tashkil qilish rejasi insonlarni qiziqtirib qo'ydi. Birinchi rasmiy reys 1911-yil 18-fevralda 13 km uzoqlikka Hindistonning Allahobod shahridan Naini shahriga 6.5 ming xat, 250 ta ochiq xatni Anri Pike amalga oshirgan. Allahobod pochtasida xatlarga qizil muhr qo'yilgan va qora rangda ma'lumotlar yozilgan. Pochta ma'lumotiga qaraganda muhrda Osiyodan uchib ketayotgan ustma-ust qanotli samolyot tasviri bo'lgan, va u darrov yo'q qilingan. 1908-yilda uchuvchi va avtomobil firmasining egasi Uolter Uinndhemning tashabbusi bilan aviatsiya klubi rasmi tushirildi. Taqdirlash marosimi"Oksford va Kembrij” mehmonhonasida bo'lgan.


18-20-fevral kunlari dunyo bo‘yicha  Xitoycha Yangi yil bayrami.  
18-20-fevral kunlarida (2015-yil uchun sana)  dunyo bo‘yicha Xitoy xalqi o‘zining eng shovqin bayrami - Yangi yilni nishonlaydilar. Bayram kunlarida mushakbozlik,  paqildoqlarni portlatish  bilan  boshlanadi, qizil fonarlar yoqiladi. Xitoycha Yangi yil xitoy oy taqvimi bo‘yicha yangi oy chiqishining birinchi kunlarida nishonlanadi.Turar joy kvartallari yorqin qizil rangli  fonarchalar bilan, ajdarholar va baxt siymosini  bildiruvchi turli- tuman buyumlar bilan  bezatiladilar. G‘arbiy Malayziyada bu bayram o‘zgacha o‘tkaziladi.Ko‘chalarda tonnalab paqildoqlar portlatiladi, ko‘chalar qizil qog‘ozdan yasalgan fonarchalar bilan bezatiladi. Taylanda yashovchi xitoyliklar paqildoqlarni portlatish, ajdarholar va sherlar raqsi bilan,bong urush  orqali yovuz ruhlarni haydaydilar. Ko‘chalarda raqqoslar sher kostyumlarida raqsga tushadilar, shaharliklar esa  namoyish paytida bahaybat ajdarhoni ko‘tarib yurishadi. Mehnatkash xitoy xalqi ikki hafta davomida bayramni keng nishonlaydilar.

18-fevral Rossiyada transport politsiyasi kuni
18-fevral kuni Rossiya Davlatida transport politsiyasi kuni nishonlanadi. Bu norasmiy bayram IIV tasarrufidagi xodimlar uchundir. Bu bayramning tarixi Rossiyada temir yo'l qurilishi bilan bog`liqdir. XIX asrda yo'lni jandarmlar nazorat qilishgan, 1917 yilga kelib esa nazorat muammosi vujudga keldi. Bu vazifalar militsiya xodimlari zimmasida bo'lgan, xodimlar faqat yo'lni nazorat qilibgina qolmay ular stansiyalarda va shaharlarda tartib o'rnatganlar. Va 18-fevral kuni 1919-yilda hukumatga "Tashkilotga qarashli bo'lgan temir yo'l komissiyasi nazorati” hujjati topshirildi. Bu hujjatni temir yo'lning birinchi hujjati  desa ham bo'ladi. Vaqti bilan bu xizmat federal tizimida hujjatlashtirildi. Shuni ta'kidlash kerakki, bu xizmat turi boshidan boshlab IIVning davlatdagi o'z o'rniga ega bo'lgan, ya'ni quruqlikdagi yo'l, havodagi yo'l va suvdagi yo'lning havfsizligini ta'minlashdan iborat bo'lgan. Bugungi kunda Bosh boshqarmaning asosiy vazifasi passajirlarning va olib ketilayotgan yuklarning xavfsizligini ta'minlashdan, narkotiklarga va portlash vositalariga, terrorizmga qarshi kurashdan iborat. Oxirgi vaqtdagi terrorizm harakatlari sodir etilganligi munosabati bilan, bu vazifa yanayam xavfli tus olmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.