Yuklanmoqda...

19-iyun AQShda mansipasi kuni (ozodlik kuni)


 19-iyun AQShda mansipasi kuni (ozodlik kuni)
  19-iyun  AQShda  mansipasi  kuni, ozodlik kuni ham deb atashadi.  Umuman, xalqaro ayollarning  mansipasi  kuni 30 mayda nishonlanadi. Tahminlarga ko’ra, bayramning  paydo  bo’lishiga  tarixiy voqea sababchi: 1431-yil 30-mayda an'anaviy "erkak" mashg’ulotlarda-urushda va diplomatiyada  kuchli jins  ko’plab vakillaridan o’zib ketgan qiz-Janna dArk  qatl qilingan. Bundan tashqari, 1932-yili 30-mayda Germani da "ayol-amaldorlar   yuridik holati  to’g’risidagi" qonun qabul qilingan  edi. Biroq Texasda — AQShning  eng yirik shtatlaridan birida - odatdagidek  "o’z yo’li bilan borishga"  qaror qilindi, va 19-iyunda nishonlanadigan amerikaning  emansipasiya kuni tayinlandi.  Emansipasya  kuni o’rnatilishi  uchun tarixiy turtki bo’lib 1862-yilda Texasdagi  afro-amerikalik aholini  qullikdan ozod qilinishiga  xizmat qiladi.  Chetdan qaraganda, ayniqsa hozirgi  vaqtda, bu shtatda  hech nima ayollarning huquqlari o’ziga xos himoyaga muhtojligini ko’rsatmayapti. Bundan tashqari, aholini ruyxatlashga ko’ra, shu yerda  yashayotgan  erkaklar sonidan ko’ra  ayollar soni hatto kattaroq.  Emansipasiya  kuni bayrogi bu AQSh davlat bayrog’idir. Qanday bo’lmasin  19-iyunda  shtatda  yashovchi ayollar  o’zining mustaqillik  va  erkaklar bilan  ijtimoiy, mehnat va oilaviy hayotida  teng huquqlilik  bayramini  nishonlashadi. Bundan tashqari, bu ibora   ayollarning  bilim olish, har qanday  lavozimda ishlash, munosib ish haqi olish, hamda  davlat yoki hokimiyat munisipal  organlariga saylash va saylanish huquqlarini ifodalaydi. 19-iyun bayramimini ozodlik kuni ham deb ataydilar yoki Juneteenth (angl. dan  June —iyun va nineteenth — o’n to’qqizinchi ). Ayni vaqtda  AQSh  41 shtatida 19-iyun  davlat bayrami yoki  milliy bayram deb nishonlaydi. Texasda  mansipasi  kuni  1890-yildan beri rasmiy davlat bayrami hisoblanadi. Va albatta, ozodlik  kunini afro amerikaliklar hammadan ko’ra yuqori darajada nishollashadi. Ular shu kuni raqslar va qo’shiqlar bilan an'anaviy madaniyatlariga xos tomoshalar  uyushtirishadi. Umuman bayram kuni  har xil ijtimoiy- ma'rifiy va sport chora-tadbirlari utkazish qabul qilingan,  kimdir ushbu kuni do’stlar davrasida yoki oilasi bilan tabiat qo’ynida dam oladi.

19-iyun Buyuk grek olimi Eratosfen Kirenskiy (eramizdan oldingi 276-194-yillar) nomi bilan bog‘liq esda qolarli geografik kun
  Yozgi eng uzun kunlar vaqtida turli shaharlardagi quduqlar tubini kuzatgan olim shuni aniqladiki: bir shaharda (Siyene) quduq tubiga quyosh nuri tushayapti, Aleksandriyada esa xuddi shu vaqtda - yo‘q. Eratosfen Kirenskiy bu faktni Yerning radiusi va aylanasini o‘lchashda ishlatishga qaror qildi. Eramizdan avvlgi 240-yil 19-iyunda quyosh tikkaga kelgan vaqtda Siyen va Aleksandriya shaharlarida uzun ninasifat tayoqchali skafislar (kosaga o‘xshash quyosh soati) o‘rnatib u Quyosh osmonda qanday burchak ostida turganini o‘lchadi. Burchakni o‘lchagandan keyin shaharlar orasidagi masofani bilgan holda oddiy formula bilan radiusni hisobladi. Burchak kattaligi  7 gradus 12 minut, ya'ni  Yer aylanasiga 1/50 teng bo‘ldi. Demak, Siyen Aleksandriyadan Yer aylanasining 1/50 qismi masofasida ekan. U vaqtda bu shaharlar orasidagi masofa  5,000 stadiyaga teng hisoblanardi,bundan kelib chiqadiki Yer aylanasi 250,000 stadiyaga teng, radiusi bo‘lsa 39,790 stadiyani tashkil etadi. Eratosfen qaysi stadiyani ishlatgani noma'lum.Agar greklarniki bo‘lsa (178 metr), Yer radiusi 7,082 km, agar misrliklarniki bo‘lsa unda  6,287 km. Zamonaviy o‘lchashlar Yer radiusining o‘rtacha kattaligini 6,371 km deb berishadi. Har qalay eramizdan oldingi vaqtlar uchun bu aniqlik xayratga loyiq!

19-iyun Amerikalik sayohatchi Stiv Fosset dunyoda birinchi havo sharida bir o'zi hech qayerda qo'nmaydigan yer sharini aylanib chiqish sayohatini boshlagan kun
  Amerikalik millioner-ekstremal Stiv Fosset (1944-2007) La-Manshni suzib kesib o'tgach mashhur bo'ldi. Undan keyin ko'p kunlik bir o'zi changida yurishlar, AQShda aylana avtopoygalar, hamda Afrikada ralli bo'lgan edi. 2002 yil yozda u dunyoda birinchi bo'lib havo sharida bir uzi hech qaerda kunmasdan er sharini aylanib chiqish sayohatini amalga oshirdi. Sayohat 19-iyunda boshlandi va 2002-yili 4-iyulda tugallandi. Shunga o'xshash urinishlarga Fosset olti marta kirishdi, biroq ular muvaffaqiyatsiz bo'ldi. 2005 yili 3 martda Fosset 36 ming 898 kilometr masofani 67 soatda uchib o'tdi va tarixda birinchi bo'lib qo'shimcha yoqilg'i quymasdan dunyo bo'ylab samolyotda uchishni muvoffaqiyat bilan yakunladi. Sayohatchi 1962-yilda amerikaning bombardimon B-52 ekipaji o'rnatgan kunmasdan uzoq masofaga uchish bo'yicha eng yuqori natija (rekord)ni yangiladi. Muxbir bilan suhbatlarning birida Fosset doimo sayohatga o'zi bilan kitoblar olishini aytgan: taniqli sayohatchilarning tarjimai hollari va xotiralari. Biroq 2007-yili 3-sentyabrda u bitta motorlik samolyotda halok bo'ldi. Bir yildan oshiq vaqt davomida uning halokat joyi topilmadi. Faqat 2008-yili oktyabrda turistlar o'tish qiyin bo'lgan Minarets (shtat Kaliforniya, AQSh) tog'larida tasodifan halokat joyiga duch kelishdi.

19-iyun Prezident Avraam Linkoln butun AQSh hududida qullikni bekor qilish haqidagi qonunni qabul qilgan kun
  AQShda 1861-1865-yillardagi fuqarolik urushida Shimolning qullik ruhsat berilgan Janub ustidan g'alaba qozonishi mamlakat hududiga qullarni olib kelishga chek qo'ydi. 1862-yili 19-iyunda Prezident Avraam Linkoln qullikni bekor qilish haqidagi qonunni qabul qildi, 1863-yili 1-yanvarda esa Mustaqillik Deklarasiyasini e'lon qildi, unda ittifoq harbiylarini yer egalarining qul ostidagi hamma qullarini ozod qilishga chaqirdi. Biroq deklarasiya urush oxirigacha ta'sir kuchiga ega bo'lmadi, axir uning qonuniyligi haqida Shimol va Janub qurol bilan bahslashmoqda edi. 1865-yili dekabrda davlat hamma hududida qullikni bekor qiluvchi AQSh Konstitusiyasiga 13-tuzatish qabul qilindi. Bu voqea mamlakatda qul sotishga eng so'nggi zarba bo'ldi. Bu tuzatishni AQSh shtatlarning turtdan uch qismi ratifikasiya qildi, AQShda kelgusida qullik va boshqa majburiy ishlar shakllari ruhsat etilmasligini bildirdi. Lekin qulfurushlik Amerika kontinentida XIX asr oxirgacha yana davom etdi. Qulchilik 1886-yilda Kubada va 1888 yilda Braziliyada ta'qiqlangandan so'ng tamomila tugadi. Qulchilik va qul sotishni to'liq ta'qiqlash to'g'risidagi Konvensiya Millatlar Ligasida faqat 1926-yilda qabul qilindi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar