1-aprel Butunjahon qushlar kuni 

5 192

  Butun dunyo aholisi 1-aprelni Xalqaro qushlar kuni sifatida nishonlaydi. 1894-yildan ilk bora Amerika Qo'shma Shtatlarda, keyinchalik ommabop bo'lib boshqa shtatlarda va ommaviy axborot vositalari sababli Yevropada ham o'tkazila boshlandi. O'zbekiston faunasida qushlarning 19 turkumga oid 440 dan ko'proq turi ma'lum. Yashash joyiga binoan qushlarni bir necha yirik ekologik guruhlar, o'rmon qushlari, cho'l va dasht qushlari, suv havzalari (suvda suzuvchi) qushlar, botqoq va sohil qushlariga; ular hayotining yil fasllari bo'yicha o'zgarishiga binoan uchib ketuvchi, ko'chib yuruvchi va o'troq qushlarga bo'linadi. Qushlarning ko'payishi siklik tarzda jinsiy bezlarning fasliy rivojlanishiga muvofiq ichki (gormonal) va tashqi (kun uzunligi va boshqa) omillar ta'siriga bog'liq. Qushlarning uya qurish joyi va uya qurish usuli xilma-xil. Qushlar 1 tadan 20-25 tagacha tuxum qo'yib, ularni 12 kundan 80 kungacha bosib yotadi. Tuxumdan chiqqan jo'jalarning holatiga binoan Qushlar jish jo'ja ochuvchi qushlar va jo'ja ochuvchi qushlarga ajratiladi. Jish jo'ja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan bolasining ko'zi yumuq, patlari siyrak, jo'ja ochuvchi qushlarning tuxumdan chiqqan jo'jasi onasi orqasidan ergashadigan va mustaqil oziqlana oladigan bo'ladi. Qushlarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati xilma-xil bo'lib, o'simliklarni changlantirish, ular urug'larini tarqatish, zararkunanda hasharotlar va kemiruvchilarni qirish (ular sonini boshqarish)dan iborat. Qushlar bog'lar va donli ekinlarga ziyon etkazadi, yuqumli kasalliklar tarqatadi. Qushlar ovlanadi, bir qancha turlari xonakilashtirilgan. Qushlarning tabiatdagi estetik ahamiyati ayniqsa katta, ularning sayrashi bog' va xiyobonlarni jonlantiradi, insonda zavqlanish hissini uyg'otadi. Qushlarning turlari soni tobora kamayib bormoqda. 17-asr boshlaridan buyon 100 ga yaqin Qushlar turi qirilib ketgan, bir qancha turlari yo'q bo'lib ketish arafasida turibdi. Qushlarni muhofaza qilishga qadimdan harakat qilib kelinadi. Qadimgi Hindistonda miloddan 200 yil avval qushlar muhofazasi to'g'risida qonun mavjud bo'lgan. Hozirgi hamma mamlakatlarda qushlar muhofazasi bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Noyob va qirilib ketish xavfi ostidagi turlarni saqlab qolish maqsadida xalqaro mamlakatlar va regional Qizil kitoblar yaratilgan. Xalqaro konvensiya, bitim, memorandumlar tuzilgan. Maxsus fondlar tashkil etilgan. 1885-yil birinchi bo'lib Qushlarni muhofaza qilish Odyubonov jamiyati tuzilgan. 1872-yil Yellouston milliy bog'i (Amerika Qo'shma Shtatalari), 1910-yil Shveysariyada tabiatni muhofaza qilish jamiyati ish boshlagan. 1913-yil tabiatni muhofaza qilish bo'yicha birinchi xalqaro anjuman o'tkazilgan. XX asrning 2-yarmidan boshlab Qushlarning yashash joylarini saqlab qolishga e'tibor kuchaytirildi. Muhofaza qilish hududlari (milliy bog'lar, qo'riqxonalar) tashkil etila boshlandi. 1971-yil suv va botqoqlik hududlari muhofazasi bo'yicha xalqaro konvensiya ishlab chiqildi. Qushlar muhofazasi bo'yicha xalqaro hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi 1995-yilda «Biologik xilma-xillik to'g'risida» gi, 1997-yilda «Yo'q bo'lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to'g'risida»gi, 1998-yilda «Ko'chib yuruvchi xayvonlar turlarini muhofaza qilish to'g'risida»gi, 2001-yilda «Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa, suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo'lgan suv botqoqlik joylar to'g'risida»gi konvensiyalarga qo'shildi. «Ingichka tumshuqli balchiqchi, Sibir turnasi (oq turna), Afrika — Evrosiyoning suvda suzuvchi ko'chmanchi qushlarini muhofaza qilish tadbirlari yuzasidagi hamfikrlik meleorandumlari» kabi xalqaro bitimlar O'zbekistan Respublikasi tomonidan imzolangan.   Qushlar bozori - dengiz qushlarining koloniya bo'lib uya qurgan va yashaydigan makonlari. Qushlar bozorini, asosan, baliqchilar, chistiklar, qayralar, olushalar, qoravoylar, ba'zan pingvinlar va boshqa dengiz qirg'og'idagi tik qoyalarda hosil qilishadi. Qushlar Evropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika, Janubiy Afrika, Yangi Zelandiya va Janubiy yarim shardagi okeanlar, orollarda ko'proq uchraydi. Ba'zan qushlar bozori bir necha o'n klametrni egallaydi va unda yuz minglab qushlar bo'ladi. Qushlar bozoridagi qushlar tuxum va bolalarini yirtqichlardan birgalikda himoya qiladi. Qushlar bozori dengiz biologik balansini saqlashda katta ahamiyatga ega. Qushlardan qush tuxumi (ayniqsa, qayraniki) yig'ib olinadi, qushlar esa ovlanadi. Peru va Chilida guano (qush axlati)dan o'g'it sifatida foydalaniladi. Ko'p mamlakatlarda qushlar bozori muhofazaga olingan.


1-aprel Dollarning tug’ilgan kuni
Nyu - Orleanlik biznesmen Oliver Pollok dollar belgisini ixtiro etdi. Milliy valyuta sifatida AQShda 1785-yildan qo’llana boshlandi. Pollok  namuna sifatida ispan pesetini (ispan pul birligi) oldi.   Pesetadagi S belgisidagi  ikkita chiziq Ispaniya davlat gerbi suyangan  Gerkules stolplarni ishora etadi.  Tasma  bilan  o’ralgan ikki ustun  yer cheti, tugalishi, boshi berk ko’cha belgisi  bo’lgan. Tasmadagi yozuv «nec plus ultra» -"yo’l yo’q” ma'nosini beradi. Yana bir taxminiy fikrga ko’ra, S harfi "dollar”, va "peso” so’zlarning ko’plikdagi tugallanmasidan kelib chiqqan. Ispan tilida 1 dollar  - 2 dolares va 1 peso - 2 pesos bo’ladi, S belgisi ham shundan. Shunday taklif ham bor, dollar ramzi ispan pesosidagi 8 realga teng  8 sondan olingan, 2 chiziqchasi adashish bo’lmasligi uchun qo’shilgan. Xar hil  fikrlar, Talqin qilinishlar bo’lgan, ammo amerikaliklar  davlat nomidagi  U i S (United States), xarflarni biriktirilganini, ustma-ust qo’yilganligi, vaqtlar o’tib, U harfdan pastki belgisi tushib qolganligini  ta'kidlashadi. Yana ancha vaqt o’tib, vaqtni tejash maqsadida S ni bir chiziq bilan chizish , va xozirgi kunda,hammaga ma'lum bo’lgan $ belgi paydo bo’lgan. "Dollar” so’zi nemis taleri, qisqartirilgan  Ioaximstaler myunse, so’zidan paydo bo’lgan. Italiyada - tallero, dalero - Ispaniyada, Skandinaviya davlatlarida - daler, Angliyada - dollar - nomi  variantlari qo’llanib kelingan. 

1-aprel "Xazil va mutoyiba” kuni
 1-aprel - "Xazil va mutoyiba” kuni. Eng oliy baxt-inson salomatligi. Inson  salomatligining tayanchlaridan biri-samimiy kulgidir. Boshqa mavjudotlarning hammasidan odam o’zining kulish fazilati bilangina ajralib turadi.  Yaxshi, beg’ubor kulgidan ruhiy sog’liq, tetiklik paydo bo’ladi. Shunisi ham borki, xushchaqchaq odamning buguni ham, ertasi ham quvnoqlik bilan o’taveradi. Shifokorlar ko’pincha kulgu umr uzaytirish doirasi, deya tariflaydi. Haqiqatdan, kulib, quvnab yurgan odam uzoq umr ko’radi, bu fikr hayotda o’z isbotini topgan.Kulgi kirgan har bir xonadondan g’am-tashvish, urish-janjal, g’iybat-bo’xton, dardu alam qochadi. Chehralar yorishib, xushmuomalalik va ahillik kuchayadi. Ammo faqat, kulgi bilan hayot kechirib bo’lmaydi. Kulishning ham vaqti-soati, meyori bor. Shuningdek, kulgi odobi ham mavjud. Anu shularga amal qilib kulgan kishigina kulgini qadriga yetadi."Kulgi darg’alari” deb nomlangan to’plamni tayyorlashda qadimiy kulgi darg’alari hayoti va ular yaratgan ashyolarning og’izdan og’izga yurganlaridan foydalangan. Chunki yozma adabiyotda ular to’g’risida ma’lumot juda kam uchraydi. 1960-yili nashr etilgan To’lqin Obidovning "Yusufjon qiziq”, Rasul Muhammadiyning 1970-yili to’plab, nashrga tayyorlangan "Askiya” kitoblaridan  bo’lak adabiyotlar yo’q hisobi. Kulgimiz xazinasining kichik bir bo’lagi bo’lgan bu kitobchada asosan, Yusufjon qiziqning ustozlari, o’zi va shogirdlari, shunga o’xshash  Qo’qon hamda Marg’ilondan bo’lak yurtimizdagi ayrim shaharu qishloqlarda yashagan qiziqchilar, askiyachilar to’g’risida ma’lumot to’plagan. Kitobda qiziqchilardan: Zokir eshon, Sa’di mahsum Jo’ra qiziq, Abdulla fonuschi Saidahmad askiya, Erka qori, Aka Buxor, Yusufjon qiziq, Oxunjon qiziq, Huzurjonov, Jo’raxon Sultonov, Tesha qiziq, Mirshohid Miroqilov, G’anijon Toshmatov, Soyib qiziq, Mamaroziq Ishoqov, aka-uka Zaynobiddin va Madaminjon Yusupovlar, Ayniddin Zayniddinov, Ibrohim Jo’raev, Muhammad qiziq Darvishev, Rustam Hamroqulov, Hojiboy Tojiboyev, qiziqchi yozuvchi – Adham Hamdam, Hotam Teshaboev, Yo’ldoshxon Nosirov, Jo’raxon Po’latov, Shomurod O’tamurodov, Abdullajon Akbarov, Yo’ldosh Mirqurbonov, Mirzabek Xolmedov, Obid Asomov, Odamboy Abdullaev, Murtazo Yusupov, Shukurillo Isroilov, Valijon Shamsiyev, "Handalak" qiziqchilari, Abdurahmon Siddiqov, Botir Muhammadxo’jaev, Sohib Mamasoliev, Boltaboy Toshmatov hayoti va ijodi to’g’risida ma’lumotlar mavjud.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.