4-dekabr Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kun 

12 863

1993-yil 4-dekabr Qoraqalpog`iston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlangan kun. Qoraqalpog`iston Respublikasi - O`zbekiston Respublikasi tarkibidagi Respublika. O`zbekiston respublikasi Konstitusiyasi bilan bir vaqtda  Qoraqalpog`iston Oliy kengashining 1993-yil 9-apreldagi 12-chaqiriq 12-sessiyasida qabul qilingan Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitusiyasiga amal qilinadi. Qoraqalpog`iston o`z Davlat ramzlari: Gerb, Madhiya va Bayrog`iga ega. Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat madhiyasining so`zi: Ibroyim Yusupov, musiqasi: Nojimiddin Muhameddinov tegishli.

 Jayxun jag’asinda o’sken bay terek,
 Tubi bir shaqasi min bolar demek,
 Sen sonday sayali, quyashli elsen,
 Tinishlik ham ig’bal sendegi tilek.

Naqarot:
 Diyxan baba napesi bar jerinde,
 Juwsan anqip, kiyik qashar sho’linde,
 «Qaraqalpaqstan» degen atindi,
 Awladlar adiwler jurek to’rinde.

 Aydin keleshekke shakirar zaman,
 Martlik miynet, bilim jetkizer og’an,
 Xalqin bar azamat, dos ha’m mexriban,
 Erkin jaynap–jasna, ma’ngi bol aman.

Naqarot:
 Diyxan baba napesi bar jerinde,
 Juwsan anqip, kiyik qashar sho’linde,
 «Qaraqalpaqstan» degen atindi,
 Awladlar adiwler jurek to’rinde.


 4-dekabr Inson haq-huquqini himoya qilish kuni
1950-yil 4-dekabr kuni BMTning Bosh assambleyasi yalpi majlisida 10-dekabrni Inson haq-huquqlarini himoya qilish kuni deb nishonlash rasmiy ravishda belgilangan. Ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlagan korxona va davlatlar bu tadbirni har yili o‘tkazish taklifi ham kiritilgan. 10-dekabr sanasi BMT bosh assambleyasining 1948-yil 10-dekabr kuni kiritilgan Insonning umumiy haq-huquqlari deklaratsiyasi sharafiga belgilangan. Ushbu deklaratsiya, Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlari natijasida o‘z haq-huquqlari, shuningdek, yashashga bo‘lgan huquqlari yo‘qotgan millionlab insonning huquqlarini shakllantirishga qaratilgan.

4-dekabr Jizzax viloyatidagi Zarbdor tumani tashkil etilgan kun
Zarbdor tumani - Jizzax viloyatidagi tuman 1979-yil 4-dekabrda tashkil etilgan. Shimoliy sharqda Sirdaryo viloyati, garbda Jizzax tumani, sharqda Yangiobod tumani, janubda  Zomin tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,51 ming km.kv. 5 qishloq fuqarolari yig’ini (Adirobod, Andijon, Lalmikor, Sharq Yulduzi, Yangikent) va 2 ta shaharcha (Bo’ston, Zarbdor) bor. Markazi — Zarbdor shaharchasi. Tabiati Tuman hududi  Mirzacho’lning janubida joylashgan Relyefi asosan tekislikdan iborat Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtasi  (4°, 6°), iyulniki (28°, 30°). Yiliga 300—350 mm yog’in tushadi. Vegetatsiya davri 205—210 kun. Tuprog’i bo’z, qo’ng’ir tuproq. Yer osti suvlari yuza, sho’r. Tuman hududida kanallari bor. Oqova sho’r suvlarni qochirish uchun ariq va zovurlar qazilgan. Yovvoyi o’simliklardan yantoq, sho’ra, shuvoq, qo’ng’irbosh, qiyoq, qamish, yulg’un, oqbosh, ituzum, tol, jiyda o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo’ri, kalamush, toshbaqa, ilon, kaltakesak, yovvoyi parrandalardan o’rdak, tustovuq, qirg’ovul, kalxat, chug’urchiq, qarg’a, so’fito’rg’ay, mayna yashaydi. Aholisi, asosan o’zbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, rus, ukrain, qirg’iz, turkman, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1km2ga 89 kishi to’g’ri keladi. Qishloq aholisi 27,8 ming kishi, shaharliklar 17,9 ming kishi. Xo’jaligi. Qishloq xo’jaligida paxtachilik, g’allachilik asosiy o’rinni egallaydi. Jami qishloq xo’jalik yerlari 34,5 ming ga, shu jumladan sug’oriladigan yerlar 32,8 ming ga, lalmi yerlar 430 ga. Tumandagi barcha toifadagi xo’jaliklarda 12 mingdan ziyod qoramol, 14 mingdan ortiq qo’yechki, 370 tacha ot bor. 325 dehqon xo’jaligi bo’lib, 13,7 ming ga yer ajratilgan. Tumanda Zarbdor un kombinati, 20 ta xususiy korxona, 4 ta savdo tashkiloti, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. Tumanda 12 ta umumiy ta’lim maktabi (12,4 ming o’quvchi), "Oqbuloq" folklor etnik guruhi, 230 o’rinli kasalxona, 8 ta qishloq vrachlik ambulatoriyasi, qishloq vrachlik punkti, 8 ta feldsher akusherlik punkti, 2 ta poliklinika, 8 ta dorixona bor. Zarbdor—Guliston, Zarbdor—Toshkent, Zarbdor—Samarqand va boshqa yo’nalishlar bo’yicha shaharlararo avtobus va taksi qatnovi yo’lga qo’yilgan. 

4-dekabr Quchoqlashish kuni, ya'ni mehr bilan ko'rishish kuni
Bu xalqaro  bayram bir yilda  ikki marotaba nishonlanadi  (21-yanvarda va 4-dekabrda). Bu bayram yoshlarga judamaqul bo‘lganidan Arbatda boshqa kunlari ham "Nug me” (Obnimi menya) o‘tgan asirlarning 70 yillarida AQSH va Yevropada xiplarida ham bayram ananalari ko‘zga tashlangan.

4-dekabr Xalqaro qorboboga sovg‘alar buyurtirish kuni
Bu xalqaro kun  nafaqat oddiy kun emas balki, bayram kunidir. Yangi yil kechasida bezatilgan archa tagidan  o‘zimiz istagan sovg‘ani topib olishimiz uchun Qorboboga maktub yozishga ulgurish kerak. Butun dunyo bolalari Qorboboga yoki Santa-Klausga afsonaviy Laplandiyaga xat yo‘llaydilar. Qorbobo nafaqat bolalarni balki kattalarni xatlarini xam qabul qilaveradi.

4-dekabr Xalqaro Informatiklar kuni
Dekabrning boshlarida axborot sohasi fanini sevadiganlar maxsus bayramlarni nishonlaydilar. Axborotni olish usullari, ularni saqlash, to’plash, uzatish va himoya qilish hozirgi kunda juda muhim ahamiyatga ega. Bu kunga 1948-yilda asos solingan bo’lib dasturchilar bayram qiladilar. Fanlar Akademiyasing muxbir a'zosi I.S.Bruk 40-yillarda hisoblash texnikasini avtomatlashtirish muhokama qilingan ilmiy seminarda qatnashadi. Bu seminarda B.I.Rameyev ham qatnashgan edi. U keyinchalik «Ural» seriyasidagi hisoblash texnikasi konstruksiyasi ustida ishlagan. 1948-yil avgustida Bruk dunyoga o’zining birinchi hisoblash mashinasi loyihasini e'lon qilgan. Akademiya qoshida hisoblash texnika mashinasi ko’rishni yo’lga qo’yuvchi lobaratoriya tashkil etish taklifi bilan chiqqan.  1948-yil 4-dekabrda Bruk va Rameyevlarning raqamli elektron hisoblash mashinalari 10475 raqami bilan ro’yxatga olinib  patent berilgan. Shu kuni informatika termini 1957-yilda nemis olimi Karl Shteynbux tomonidan fanga olib kirilgan. 1985-yildan shu nomli fan maktablar dasturga kiritilgan. A.P.Yershovning «Hisoblash texnikasi va informatika asoslari» darsligi 1985-yilda nashr etilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.