Eron Islom Respublikasi 

11 289

  Eron Janubi-g‘arbiy Osiyoda joylashgan davlat. Arabiston dengizi, Kaspiy dengizi va Fors ko`rfazi suvlari qirg`oqlarini yuvib turadi. Iroq, Afg`oniston, Pokiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Armeniya bilan chegaradosh. 
 Ma’muriy jihatdan 23 provinsiya (ostonaga) bo'linadi Davlat tuzumi - Islom Respublikasi. Davlat boshlig`i – Prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – 2 palatali parlament.
  Aholisining soni 80 mln. kishini (2013-yil iyul oyi), o`rtacha yillik o`sish sur`ati 0,9% ni tashkil etadi. Islom diniga mansublar 89% (asosan shialar), qolganlari boshqa dinlarga mansublar. Davlat tili – fors tili. Etnik tarkibi: forslar – 60%, ozarbayjonlar – 16%, kurdlar – 9%ni tashkil etadi, yana 600 ming armanlar, 100 ming yahudiylar, 80 ming lo`lilar, ko`plab arab, turkman, grizin va boshqalar istiqomat qiladi. Aholi zichligi har km.kv ga salkam 50 kishi. Shahar aholisi 71,3 %, tug'ilish har ming kishiga 20,6 kishi. O'lim darajasi har ming kishiga 8,4 kishidan to‘g‘ri kelib, tabiiy o‘sish 1,2 % ga teng. O'rtacha umr davri erkaklarda 69 yosh, ayollarda 73 yoshga teng. Aholining tarkibida 14 yoshgacha bo'lganlar 38 %, 15-64 yoshgacha bo‘lganlar 55 %, 65 yoshdan kattalar 7 % ni tashkil qiladi.
  Eron - BMT, XVF, OPEK ga a’zo. 1979-yil 1-aprel kuni mamlakat mustaqil Islom Respublikasi deb e’lon qilindi.
  Mamlakat iqlimi subtropik va kontinental iqlim. Mamlakat hududining yarmini tog'liklar tashkil etadi. Eng baland joyi Demavend vulkanida – (5604 metr). Mamlakat hududining shimoli-sharqiy qismida pasttekisliklar bor.
  Asosiy daryosi Karun. Yer maydonining 11 % ini o'rmon egallagan bo'lib, unda eman, shamshod, temir daraxti, akatsiya, kashtan, zarang o’sadi. Mamlakat janubida past butalar o'sadi.
  Hayvonlardan tog' echkisi, qo'y, bo'ri, tulki, sirtlon, qoplon, ayiq, olmaxon, bug'u, to'ng'izlar bor. Qushlardan flamingo, kaklik kabilar yashaydi. Eron - industrial-agrar mamlakat. Qishloq xo'jdligida bug'doy ko'p yetishtiriladi. Haydaladigan yerlar 10 %, doimiy donli ekinlar 1 %, yaylovlar 27 %, o'rmonlar 11 %, bo'shqa yerlar 51 %ni egallaydi.
  Sug'oriladigan yerlar maydoni 94 ming km.kv. Arpa, sholi, sabzavot ekinlari, sitrus o'simliklari, shafloli, anjir, anor, xurmo kabilar yetishtiriladi. Qandlavlagi, choy, shakarqamish, tamaki yetishtirish ham rivojlangan. Chorvachilik eksportbop xususiyatga ega. Qo'ychilik, echkichilik, qoramolchilik, tuyachilik rivojlangan. Mamlakat qora ikra eksporti bo'yicha jahonda Jahonda 1-o'rinda turadi. 
   Eron jahonda neft va tabiiy gaz bilan eng yaxshi ta`minlangan. Shuningdek, temir rudasi, ayrim rangli metal konlariga ham ega. Metallurgiya sanoati shakllangan. Sanoatning platmassa va soda, oltingugurt va ammiak, sun`iy gaz, ishqorlar ishlab chiqarish tarmoqlari rivojllangan. To'qimachilik, oziq-ovqat, tamaki fabrikalari bor. Sement va qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Mamlakatda yig'ma avtomobillar, traktorlar, sovitgichlar, konditsionerlar, televizorlar, magnitofonlar, radiopriyomniklar, uy-ro‘zg‘or va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqariladi.
  Turizm ancha taraqqiy etgan. Yirik shaharlari: Tehron, Mashhad, Isfaxon, Tabriz Sheroz, Abadan.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.