Tojikiston Respublikasi
Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Sharqda-Xitoy, shimolda -
Qirg'iziston, g'arbda-O'zbekiston, janubda-Afg'oniston bilan chegaradosh,
dengizga chiqish imkoniyati yo'q. Davlat tuzumi - Respublika. Davlat boshlig'i -
Prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - parlament (Oliy Kengash).
Aholisining soni 2013-yil iyul
oyida 7,9 mln. kishini tashkil etdi. Din nuqtayi nazaridan islomga mansublar 90
%, xristianlar 5 % va boshqalar 5 % ni tashkil etadi.
Davlat tili - tojik va rus
tili, aholini 64 % ini tojiklar, 21 % ini o'zbeklar. 10% ini ruslar tashkil
etadi. Boshqa millat vakillaridan tatarlar, qirg`izlar, nemislar, ukrainlar,
yahudiylar va boshqalar istiqomat qiladilar. 14 yoshgacha bo`lganlar 42 %, 15-64
yoshgacha bo'lgan aholi 55% ni tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km.kv yerga 55 kishidan
to'g'ri keladi. Shahar aholisi 26,4% ga teng. Tabiiy o'sish - har ming
kishiga 22 kishi. O'rtacha umr davomiyligi 68 yoshga teng. Tojikiston - BMT ga
a’zo.
Tojikiston Respublikasi milliy
mustaqilligini 1991-yil 9-sentyabrda e`lon qildi.
Tabiiy resurslardan rangli
metallar va gidroenergetika resurslariga ancha boy.
Mamlakatda qo`rg`oshin, vismut,
rux, molibden, oltin, qo'ng'ir ko'mir va qisman tabiiy gaz qazib olinadi. Yirik
aluminiy zavodi mavjud. Mashinasozlikda qishloq xo'jalik mashinalari, sovutgichlar,
transformatorlar, kabel, turli texnika mahsulotlari, elektr asbob-uskunalar,
ishlab chiqariladi.
Xo'jaligi agrar xarakterga ega. Qishloq xo'jaligida
dehqonchilikning paxtachilik, donchilik, bog'dorchilik tarmoqlari ahamiyatli.
Sanoatida gidroenergetika, alyuminiy, yengil va oziq-ovqat sanoatlari
yetakchilik qiladi.
Asosiy
shaharlari: Dusnanbe, Xo'jand, Qo'rg`ontepa,
O'ratepa.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.