Afg'oniston Islom Respublikasi
Afg'oniston Islom Respublikasi Yevrosiyo
materigi ichkarisida joylashgan bo`lib, Eron, Turkmaniston, O'zbekiston,
Tojikiston va Pokiston davlatlari bilan chegaradosh. Ma’muriy jihatdan 29
viloyatga bo'linadi. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat - Loyya Jirg'a va Milliy
Kengash. Davlat boshlig'i — Prezident.
Relyefi tog'li. Iqlimi shimolda kontinental, janubda tropikdan
subtropikkacha o'zgarib boradi. Tabiiy boyliklari yetarli o'rganilgan emas.
Aholi soni 32,7 mln. kishi, zichligi 1 km.kv ga o'rtacha 48
kishi. Har 1000 kishiga tug'ilish 37 va o'lim 19 kishidan to'g'ri keladi Ahoining
0-15 yoshdagilari 43%, 65 va undan yuqori yoshdagilari 3% ni tashkil qiladi.
O'rtacha umr erkaklarda 43, ayollarda 42 yoshga teng. Aholisining 22,9%i
shaharlarda yashaydi.
Aholisi
ko‘p millatli. Asosiy millat vakillari bo`lgan
pushtunlar bilan bir navbatda tojiklar, o'zbeklar, turkmanlar, xazorliklar va
boshqalar istiqomat qiladilar. O‘zbeklar shimoliy va shimoli-g'arbiy provinsiyalarda,
tojiklar shimoliy va shimoli-sharqiy provinsiyalarda keng tarqalgan. Turkmanlar
Badxiz provinsiyasida, xazorliklar Bomiyon va Hirot provinsiyalarida istiqomat
qiladilar.
Xo‘jaligi. 1979-yildan boshlab deyarli 10 yil davom etgan fuqarolar
urushi tufayli, achinarli ahvolga tushib qolgan. YIMning 36% I qishloq
xo`jaligida, 24% I sanoatda, 39% I xizmat ko`rsatish sohasida ishlab
chiqariladi. YIM 2012-yilda 40,7 mlrd. AQSH dollarni tashkil etdi (sotib olish
paritetini hisobga olganda).
Sanoat tarmoqlaridan neft qazib olish, qurilish materiallari ishlab
chiqarish, yengil va oziq-ovqat tarmoqlariga tegishli korxonalar Kobul,
Mozori-Sharif, Maymana, Qunduz va boshqa shaharlarda faoliyat ko'rsatmoqda.
Hozirgi vaqtda xalqaro hamjamiyat
ajratgan moliyaviy yordamlar asosida zamonaviy sanoat korxonalar qurilmoqda.
Qishloq xo'jaligining asosini
sug'orma dehqonchilik tashkil etadi. Keyingi yillarda yuz bergan siyosiy
beqarorlik ekinlar tarkibiga salbiy ta’sir ko'rsatmoqda. Sug'orma yerlarning
katta maydonlarida norasmiy guruhlar tomonidan ko‘knori o'stirilib, qoradori
va geroin ishlab chiqarish uchun asos tayyorlanmoqda. Afg'onistonning keyingi
yillarda qora dori va geroin yetkazib berish bo'yicha yetakchilikni qo'ldan
bermay kelayotganligi qo'shni davlatlar, shu jumladan O'zbekistonda ham
notinchlik keltirib chiqarmoqda.
Umuman olganda,
dehqonchilikda boshoqli ekinlar va paxta ekish, meva va uzum yetishtirish muhim
rol o'ynaydi. Chorvachilik ekstensiv xususiyatga ega. Qo'ychilik va echkichilik
birmuncha yaxshi rivojlangan.
Transport tarmoqlari ichida
avtomobil transporti muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki tashilgan barcha yuk va yo'lovchilarning
aksariyat qismi aynan avtomobil transportiga to'g'ri keladi. Keyingi yillarda О zbekiston
quruvchilari yordamida kо`plab daryolarda
buzilgan kо`priklar qaytadan tiklandi. Undan tashqari bir qator
yangi ko'priklar ham barpo qilindi. Havo transporti endi-endi
rivojlantirilmoqda. Mamlakatning Kobul, Mozori-Sharf, Qandahor va Hirot shaharlarida
aeroportlar ishlab turibdi.
Afg'oniston O'zbekiston bilan
о`zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga
intilmoqda. Bu o'rinda qator ishlar ham amalga oshirilganligini ta`kidlab
o'tish zarur (shimoliy hududlami yoqilg'i, elektroenergiya va suv bilan
ta’minlash va boshqa tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda).
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.