Yuklanmoqda...

Sayyoramizdagi ekologik eng sof joylari 

1159

  Olimlar, soha mutaxassislari yer shari aholisini sayyoramizda qo‘riqlanadigan sof tabiiy maskanlar bevosita insonning xatti-harakatlari va ta’siri tufayli yildan yilga kamayayotganligi haqida muntazam ravishda xabardor qilib borayotgan bo‘lsalarda, bu jarayonga uzil-kesil chek qo‘yilmayapdi. Qo‘riqlanadigan tabiiy maskanlar hududi-yu soni kundan-kunga kamayishda davom etayapdi.
 Bugun e’tiboringizga sayyoramizdagi ekologik jihatdan eng sof maskanlar reytingini taqdim etamiz. O‘nligimiz tarkibiga kirgan maskanlar o‘zining huzurbaxsh iqlimi va insonning emin-erkin yashashi uchun barcha qulay sharoitga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Biz tilga olayotgan maskanlar ilk tabiiy holatini bugungi kunga qadar ko‘z-ko‘z qilib kelayotganligi, albatta, kishini quvontiradi.

10. Oltoy-Rossiya
 Oltoy – Rossiyadagi eng sof maskanlardan biri hisoblanadi. Mazkur maskan o‘zining shifobaxsh tog‘ havosi, tiniq va shaffof ko‘li hamda mahalliy o‘rmonlaridagi boy o‘simliklari bilan kishini maftun qiladi. YUNESKO xalqaro tashkiloti ushbu mintaqaning qulay tabiiy sharoitini saqlashga katta e’tibor berib kelmoqda. Oltoyning qo‘lda teriladigan shifobaxsh giyohlari butun dunyoda mashhur.
 
9. Chili milliy qo‘riqxonasi
 Chili milliy qo‘riqxonasi– bu ming kvadrat kilometr joyni egallagan, kishi qo‘li tegmagan, bokira o‘rmon va nihoyatda musaffo havo dunyosidir. Biroq afsuski, ushbu "Janubiy Amerikaning o‘pkasi” muntazam ravishda yong‘inlardan aziyat chekadi, natijada ming yoshli butazorlar bilan qoplangan gektarlar ko‘lami kamayadi, kuli ko‘kka sovuriladi.

8. Baykal ko‘li-Rossiya
 Baykal ko‘li— garchi mintaqa ekologiyasi inson faoliyati tufayli muntazam ravishda aziyat chekib kelayotgan bo‘lsa-da, Rossiya va dunyoda eng musaffo maskanlardan biri sifatida qolmoqda. Bahorda Baykal suvi shu darajada tiniqlashadiki, buning natijasida kishi ko‘lning 40 metr chuqurlikdagi tubini bemalol ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ladi. Yuzlab tadqiqotchilarning ilmiy ishlari uchun manba vazifasini o‘tayotgan dunyodagi eng chuqur ko‘l o‘zining tiniq suv qatlami bilan noyob ekotizimga faraxbaxshlik ato qilmoqda.
7. Osa yarimoroli-Kosta-Rika
 Kishi qo‘li tegmagan o‘rmonlar mahalliy hokimiyatning jiddiy nazorati ostidadir. Tabiatning eng qadimiy go‘zalligi oshuftalarini bu yerda yovvoyi tabiat milliy qo‘riqxonasi tarkibiga kiradigan ajoyib, xushmanzara Playya Matapalo qumlog‘i ham o‘ziga maftun aylaydi.

6. Namibiya – dunyodagi eng kam aholiga ega davlat
 Mamlakatning asosiy qismini Namib sahrosi egallaydi. Namibiyaga inson qo‘li tegmagan vulqon og‘zi, sharsharalar va bahaybat qumtepalar sifatida qarash mumkin. Namibiya konstitutsiyasida mintaqaning sog‘lom ekotizimini saqlashga oid mas’uliyat alohida qayd qilingan. 

5. Galapagos oroli
 Galapagos oroli - iguan, toshbaqa, dengiz arsloni, pingvin, kit va yuzlagan har xil baliqlarning yashash maskani. Ushbu jannatmonand go‘sha biologik qo‘riqxona hisoblanadi. Arxipelagda jami 23 000 aholi istiqomat qiladi.

4. Atakama sahrosi-Chili
 Atakama sahrosi – yomg‘ir nimaligini bilmaydi, hududining katta qismini tuzli havzalar, lava va qumlar egallaydi. Garchi bu yerning qumlari jonsiz bo‘lsa-da, havosi quruqlikni yengish qudratiga ega. Atakamada radiatsiya mavjud emas, yorug‘likni ifloslovchi manbalar hamda shovqin yo‘q. Shundan kelib chiqqan holda ushbu maskanni ekologik xavfsiz mintaqa deb faxr bilan tilga olish mumkin.

3. Fordlend-Yangi Zelandiya
 Fordlend – Yangi Zelandiyaning janubi-g‘arbiy sohilida joylashgan viloyat bo‘lib, aslida inson tomonidan hali o‘rganilmagan. Qoya atrofidagi yovvoyi tabiat va tog‘ ko‘lining musaffoligini hatto sivilizatsiya (tamaddun) ham zabt eta olmagan. Bu yerda sayyoramizdagi eng toza havo hukmronligini ishonch bilan aytish mumkin. Fordlendga Antarktida tomondan havo oqimi oqib keladi. Yaqin sanoat korxonalari esa ming kilometr olislikda joylashgan.

2. Papua-Yangi Gvineya
 Papua-Yangi Gvineya - ehtimol Yer sharidagi mutlaqo o‘rganilmagan maskandir. Olimlar bu yerda hali o‘rganilmagan o‘simliklar va hayvonlar turlarini uchratish mumkinligini ilgari surmoqdalar. Mintaqa tabiiy resurslariga ular chiqish qiyin bo‘lgan joylarda joylashganligi, o‘zlashtirish uchun infratuzilmani rivojlantirishning qimmatliligi hamda huquqiy qarama-qarshiliklar tufayli qo‘l tekkazilmagan. Ana shunday muammolar sharofati tufayli Papua-Yangi Gvineya aholisi ilk ekotizim bag‘rida yashamoqda.

1. Antarktida
 Antarktida – Yer sharidagi eng sof qit’a. U yerda insonning faoliyat yuritishiga, aralashuviga hududining 96%ini egallagan muz qatlami to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu mintaqada qish o‘rtalarida taxminan 1000 nafar kishi, yozda esa 5000 nafardan ko‘p bo‘lmagan kishi yashaydi. Amerikalik astronomlar Antarktidaning sharqiy qismidagi Ridj-A tumanini Yer sharidagi eng osuda joy deb topdilar. Bu yerda sayyoramizdagi shamolning eng sust tezligi va shovqinning eng past darajasi hukmron.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash