Yuklanmoqda...

Qor qanday paydo bo'ladi? 

860

  Qor muzlagan suvdan boshqa narsa emas. Unda nega u muzga o’xshamaydi?
Hamma gap shundaki, qor donalari muzning kichik kristallchalaridan tarkib topgan va yorug’lik uning behisob qirralaridan qaytgani uchun ham qor donalari shaffof emas, oq bo’lib ko’rinadi.
  Qor atmosferadagi suv bug’larining muzlashidan hosil bo’ladi. Dastlab mayda toza va shaffof kristallchalar paydo bo’ladi. Havo oqimlari girdobiga tushib qolgan bunday kristallchalar havoda turli tomonga ko’chib yuradi.
  Bunday kristallchalar asta-sekin bir-biriga «yopishadi», shu tariqa yuzlab kristallchalar o’zaro birikadi. Bir-biriga yopishgan muzchalar hajmi kattalashib, ma'lum bir nuqtaga yetgach, yerga tusha boshlaydi. Muzchalarning bunday birikuvi qor donalari deb ataladi.
Ayrim muz kristallchalari ignasimon shaklga ega, boshqalari yassi ko’rinishda, ammo har qanday holatda ham ularning har biri 6 qirralidir. Qizig’i shundaki, qor donalari tuzilishi hamisha bir xil bo’ladi. Shu bilan birgalikda, ikkita aynan bir xil qor donasini topish qiyin.
  Qor hamisha ham oq rangda bo’lavermasligini hech eshitganmisiz? Dunyoning ko’pgina mintaqalarida qizil, yashil, zangori va hatto qora qor yoqqan vaqtlar ham bo’lgan. Qorning bunday turfa rangda bo’lishi sababi shundaki, qor donalari yerga tushayotganda, havoda mavjud mayda bakteriyalar,  zamburuglar va changni yutadi.
Qor o’z donalari orasida ko’plab havo bo’shlig’i bo’lgani uchun ham issiqlikni yomon o’tkazadi. Qor ko’rpasining o’simliklar tomirini sovuq urishidan asrashi sababi ham shunda. Qorning bu xususiyatidan eskimoslar ham ustalik bilan foydalanishadi. Ular qordan o’zlariga boshpana — iglu qurib olishadi.
 
NEGA QOR UCHQUNLARI AYNAN OLTI QIRRALI?
  Qor uchquni tabiatning eng go’zal ijod namunalaridan biridir. Bunday nafis shaklni yasash o’ta mashaqqatli ish. Qor yoqqanda millionlab bunday uchqunlar yerga tushadi, ammo ular orasidan ikkita bir xil uchqunni topib bo’lmaydi.
  Siz qor muzlagan suv ekanini yaxshi bilasiz. Agar u muzlagan suv bo’lsa, nega oppoq? Axir, muzlagan suv rangsiz bo’ladi-ku! Qorning oqligi sababi shuki, muz kristallchalaridan iborat yassi uchqun yorug’likni qaytaradi va ko’zimizga oppoq bo’lib ko’rinadi.
Suv muzlayotganda kristallar hosil bo’ladi. Negaki, bunda suv molekulalari o’ziga xos tartib bilan tiziladi va biz «kristall» deb ataydigan geometrik shakl hosil qiladi.
Suv molekulasi uch zarradan: ikki vodorod atomi va bir kislorod atomidan tarkib topadi.
Shuning uchun ham u kristallashayotgayada, uch yoki olti burchakli shakl hosil qiladi.
Qorga aylanadigan suv suvning atmosferadagi bug’idir. Suv kristallchalari muzlayotganda ko’zga ko’rinmas darajada kichik bo’ladi. Qor hosil bo’layotganda bu kristallchalarni havo oqimlari goh pastga, goh yuqoriga haydab yuradi.
  Bunday ko’chishlar jarayonida ular chang zarralari yoki suv tomchilari atrofida birikadi. Bunday kristallar guruhi tobora kattalashib boradi. Shunday qilib, bir yadroning tevaragida bir necha yuzlab shunday kristallar yig’ilishi mumkin.
  Bu guruh katta va og’ir holga kelgach, yerga inadi. Biz uni «qor uchquni» deb ataymiz. Ayrim qor uchqunlarining diametri 3 sm.gacha yetadi. Uchqunlarning hajmi katta-kichikligi temperaturaga bog’liq.
QOR NIMA FOYDA KELTIRADI?
 Qor ko’p yog’sa, jamiyat hayoti maromini buzishi mumkinligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ammo u, masalan, boshoqli ekinlarga, foyda ham keltirishi mumkin.
G’alla o’sishi uchun, albatta, suv kerak. Ariqlardagi suv qayerdan paydo bo’ladi? Yer osti suvlari borligini ham bilasizmi? Suv (ma'lum bir qismini istisno qilganda) yomg’ir va eriyotgan qordan paydo bo’ladi. U Yerning ustki qatlamidan sizib o’tib, ariq va daryolarga tushadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash