Mitti shahar 

389

  Shotlandiyaning Orkney orollari qirg‘og‘idagi Skora-Bre deb nomlangan joyda ko‘plab tepaliklar mavjud. Ularning osti bo‘shligi 1850 yilda ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda qattiq bo‘ron bo‘lib, tepalik ustidagi qatlamni ko‘chirib yuborgan, mahalliy aholining ko‘zi oldida yashirin turar joy paydo bo‘lgandi. Tosh devorlar, mitti karavotlar, past shiftlar va eshiklar – bularning bari bo‘yi bir metrdan baland bo‘lmagan odamlar uchun mo‘ljallangan edi!
  Oradan o‘nlab yillar o‘tdi. Olimlar tepalik ostidagi inshootlar tosh davriga mansub deb topishdi. Yer osti uylarini qurganlar faqat tosh ishlatishgan.
 Afsonalarga qaraganda, ular qudratli va xavfli bo‘lganlar. Ular sehr-joduni bilishgan. Bu odamlarning bo‘yi juda past bo‘lgan. Shkaflar, karavotlar ham toshdan yasalgan. Tepaliklarni bir-biriga ulaydigan yerosti yo‘laklari bo‘lgan.
  Arxeologlar bir savolga javob topa olmadilar: bu yerning aholisi qayerga g‘oyib bo‘lgan? Shkaflarda idish-tovoqlar tartib bilan terilgan, polda taqinchoq, tosh qurollar turadi. Go‘yoki bu uylarda yashovchilar bir vaqtning o‘zida bu dunyoni tark etgandek edi.
  Arxeologlar yana bir narsaga e’tibor qildilar: xonalarning poli va yo‘laklarida qum uyumlari yotardi. Ba’zilar bu qumni bo‘ron uchirib kelgan degan bo‘lsa, ba’zilar qadimiy so‘zlarni esladilar: mitti xalqning uyiga kimda-kim beso‘roq kirsa, qumga aylanib qoladi.
Skora-Brening g‘oyib bo‘lgan aholisi siri hali ochilgani yo‘q. Lekin mahalliy aholi elflar, gnomlar deb ataluvchi bu mitti odamlar haqidagi afsonalarni tildan qo‘ymaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash