Orzular oroli 

3 720

  Afrika qit’asida joylashgan Vikrotroyia ko’lidagi Mgingo oroli aholi eng zich orol-davlatcha hisoblanadi. Bor yog’i futbol maydoni yarmicha keladigan hududda 131 kishi istiqomat qiladi. Bu orol norasmiy kichik davlatcha ham hisoblanadi. Ularning o’z senati, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organi, o’z qonun va qoidlariga ega. Orol-davlatcha xalq tomindan 5 yilga saylanuvchi 2 senator tomonidan boshqariladi. 
  Dastlab ikki baliqchi Dalmas Tembo va Djore Kibebe 1991-yilda orolda yashay boshladilar. Tez orada ular safiga Uganda, Tanzaniya hamda Keniyadan 60 baliqchi kelib qo’shildi. Shunday qilib orol aholisi kun sayin ko’payib bordi. 2009 yilda aholi soni 131 taga yetgach, boshqalar bu orol-davlatchaga qabul qilinmasligi to’g’risida qonun qabul qildilar. Orolga ularni nafaqat mo’l ko’l baliq, balki yangi hayot hamda yangi davlat qurish orzusi yetaklab kelgan edi. Chunki o’z davlatlarida ular urushlar, korruptsiya, nohaqlik va ochlikdan bezib ketgan edilar.
  Bu orolda ular tinch-totuv va faravonlikda yashab,baliqchilik bilan kun ko’radilar. Ishlab topgan pullari esa o’z mamlakatlaridagi o’rtacha ish haqidan 2-3 barobar yuqori ham. Afsuski bunday shirin hayotlairini Keniya va Uganda o’rtasida orolni talashib kelib chiqqan janjallar zaharladi. Ikki davlat orolga 9 marta qurolli bosqin uyushtirib, kemalar, baliq to’rlarini vayron qildilar va hatto 6 ta baliqchini o’ldirdilar. Ohiri , orol ahli Ugandaga 25%, Keniyaga esa 50% daromad solig’i to’lashga rozi bo’ldilar. Bunday katta soliq to’lashlariga qaramay, ularning hayotlari farovon davom etmoqda.
 Orolda 5 ta bar, apteka, go’zallik saloni va hatto mehmonxonalar ham bor. Shuningdek orolda yashamyadigan baliqchilar uchun ham 4 ta uy ajratilgan bo’lib, ular bir necha kun baliq ovlagach, orolni tark etadilar. Orolda qattiq tartib qoidalar o’rnatilgan bo’lib, juda ham kam jinoyatlar sodir bo’ladi. Ushbu orol-davlatcha tashkil topgandan beri 6 kishi o’girlik uchun jazolanib, oroldan badarg’a qilingan.
  Mgingo orolidan 200 metr narida Usingen oroli joylashgan. Har zamonda ko’lni tadqiq qilish uchun keluvchi biologlarni hisobga olmaganda orol kimsasiz. U yerda hech kim yashamasligining sababi esa bu orolni Tuk nomli yovuz rux makon tutgan deb o’ylaydilar. Aytishlaricha, Mgingo orolini yovuz ruxdan tozalab bergan sehrgarning bunisiga kuchi yetmagan emish. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.